{"id":98118,"date":"2023-08-08T12:50:20","date_gmt":"2023-08-08T09:50:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98118"},"modified":"2023-08-08T12:50:23","modified_gmt":"2023-08-08T09:50:23","slug":"lermontov-mixail-yurevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lermontov-mixail-yurevich\/","title":{"rendered":"Lermontov Mixail Yurevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Lermontov Mixail Yurevich [1814.3(15).10, Moskva \u2014 1841.15(27).7, Pyatigorsk] \u2014 rus shoiri. Bolalik chog&#8217;lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog&#8217;ida kechgan. 1827 yilda buvisi E.A.Arseneva bilan birga Moskvaga ko&#8217;chib borgan va 1828 yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o&#8217;qishga kirgan. Dastlabki she&#8217;rlari, &#171;Cherkeslar&#187; (1828) va &#171;Kavkaz asiri&#187; (1929) dostonlari shu yerda yozilgan. Lermontov pansiondagi 2 yillik tahsilidan so&#8217;ng 1830 yilda universitetning ma&#8217;naviy-siyosiy bo&#8217;limiga o&#8217;qishga kiradi. Lermontov talabalik yillarida qator lirik she&#8217;rlar, doston va dramalar yozgan (&#171;odamlar va ehtiroslar&#187;, 1930 va boshqalar). 1832 yilda universitetni tark etadi va Peterburgga borib, gvardiya podpraporshchiklari va kavaleriya yunkerlari maktabiga o&#8217;qishga kiradi. Mazkur maktabni tugatgach, Lermontov Tsarskoe Seloda joylashgan gusarlar Polkiga yuboriladi (1834). Navqiron gusar ko&#8217;p vaqtini aslzodalarning ko&#8217;ngilochar davralarida o&#8217;tkazib, shu davralardan olgan taassurotlari asosida &#171;Maskarad&#187; dramasi, &#171;Hoji Abrek&#187; romantik dostoni (1835) va boshqa asarlarini yozadi. Lermontov 1837 yilda A.S.Pushkinning fojiali o&#8217;limiga bag&#8217;ishlab &#171;shoirning o&#8217;limiga&#187; she&#8217;rini yozadi. Lermontov bu she&#8217;rda shoirning o&#8217;limida aybdor sanalgan hukmron kuchlarni keskin qoralagani uchun Kavkazga surgun qilingan. Lermontovning Kavkazda bo&#8217;lishi uning shoir va rassom sifatidagi ijodiga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Kavkaz tabiati va tomi elatlar folkloriga mexr qo&#8217;ygan shoir shu yerda &#171;oshiq g&#8217;arib&#187; (1837) Sharq ertagi, &#171;Zamonamiz qahramoni&#187; (1840) romani va ko&#8217;plab rangtasvir asarlarini yaratdi. E.A.Arseneva va shoir V.A.Jukovskiyning sa&#8217;y-harakatlari bilan afv etilgan Lermontov 1838 yil yanvarda Peterburgga va aprel oyida esa Tsarskoe Seloda joylashgan gusar polkiga qaytib keladi. Peturburgdagi qizg&#8217;in adabiy hayot 30-yillar oxirida Lermontov ijodida erksevarlik yo&#8217;nalishining keng qanot yozishiga imkoniyat tug&#8217;diradi. &#171;O&#8217;ylar&#187;, &#171;Shoir&#187;, &#171;O&#8217;zingga ishonma&#8230;&#187;, &#171;Payg&#8217;ambar&#187;, &#171;Alvido, Rusiya, ey nopok makon&#187; kabi she&#8217;rlari, &#171;Mtsiri&#187;, &#171;Demon&#187; (&#171;Iblis&#187;) kabi dostonlari, &#171;Bela&#187; qissasi (hammasi 1839) Lermontov ijodining Kamolot bosqichiga ko&#8217;tarilganidan shahodat beradi. Shu kezlarda Frantsiya elchisining o&#8217;g&#8217;li E.Barant bilan bo&#8217;lib o&#8217;tgan duel Lermontovning ikkinchi marta Kavkazga surgun qilinishiga sababchi bo&#8217;ladi. U Kavkazdagi piyodalar polki tarkibida bir necha harbiy yurishlarda ishtirok etadi. Uning shu vaqtda (1840, oktabr) &#171;Otechestvennie Zapiski&#187; jurnalida e&#8217;lon qilgan she&#8217;r va dostonlari Peterburgda katta aks-sado beradi. Bundan foydalangan E.A.Arseneva nabirasining Peterburgga ta&#8217;tilga kelishiga erishadi (1841, Fevral). Ammo rasmiy doiralardagi o&#8217;ziga bo&#8217;lgan sovuq munosabatni ko&#8217;rgan Lermontov 1841 yil 13 mayda Pyatigorskka qaytib keladi. Shu vaqtda bu yerlarda istirohat qilayotgan bir guruh yoshlar Lermontov bilan zobit N.S.Martinov o&#8217;rtasida janjal chiqishiga erishadilar. 13 iyul kuni shoir duelda vafot etadi. Lermontovning xoki Tarxan qishlog&#8217;iga olib kelinib, Arsenevlar xilxonasida dafn etilgan (1842 yil 23 aprel). Lermontov shoir, Nosir va rassom sifatida rus madaniyati tarixida faxriy o&#8217;rinlardan birini egallaydi. U o&#8217;zining eng yaxshi asarlarida erksevarlik va vatanparvarlik g&#8217;oyalarini baland pardalarda kuyladi, mustamlakachilik siyosati ulug&#8217;rus shovinizmining avj olishiga sabab bo&#8217;lishi haqida rus jamiyatini ogohlantirdi, yuksak fuqarolik ideallarini tasdiqladi. Lermontov ijodi O&#8217;zbekistonda katta e&#8217;tibor qozongan. Shoir hayotining yirik sanalari (1941, 1954, 1964, 1989) munosabati bilan o&#8217;zbek matbuoti, teatri va jamoat tashkilotlari Lermontov ijodiga ko&#8217;p bor murojaat etdilar. Asarlari Oybek, Shayxzoda, Mirtemir, Usmon Nosir, Asqad Muxtor va boshqalar tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Lermontovning &#171;Maskarad&#187; dramasi O&#8217;zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Toshkent va boshqa shaharlarda Lermontov nomi bilan atalgan maktab va ko&#8217;chalar bor. As: Asarlar, 1-2 j.lar, T., 1955; Sobranie sochineniy, t. 1-4. M., 1964-65. Ad.: Gershteyn E.G., Sudba Lermontova, M, 1964; M.Yu.Lermontov v vospominaniyax sovremennikov, M., 1964; Umarbekova 3., Lermontov i Uzbekskaya poeziya, T., 1973. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lermontov Mixail Yurevich [1814.3(15).10, Moskva \u2014 1841.15(27).7, Pyatigorsk] \u2014 rus shoiri. Bolalik chog&#8217;lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog&#8217;ida kechgan. 1827 yilda buvisi E.A.Arseneva bilan birga Moskvaga ko&#8217;chib borgan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lermontov-mixail-yurevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98118","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98118","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98118"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98118\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98122,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98118\/revisions\/98122"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98118"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98118"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98118"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}