{"id":98233,"date":"2023-08-08T16:02:32","date_gmt":"2023-08-08T13:02:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98233"},"modified":"2023-08-08T16:02:36","modified_gmt":"2023-08-08T13:02:36","slug":"loyqa-balchiq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/loyqa-balchiq\/","title":{"rendered":"Loyqa, balchiq"},"content":{"rendered":"\n<p>Loyqa, balchiq \u2014 1) suv havzalaridagi juda mayda dispers zarralardan iborat loysimon cho&#8217;kindi. U suvning sekin oqishi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va boshqa suv havzalari tubida hamda qishloq xo\u2019jalik ekinlari sug&#8217;orilgandan so&#8217;ng dalaning etak qismida yig&#8217;ilib qoladi. Paydo bo&#8217;lish joyiga ko&#8217;ra, ko\u2019l, daryo va boshqa suv havzasi Loyqalari, tarkibiga ko&#8217;ra esa, diatomli, radiolyariyali, ohakli va boshqa Loyqalar farqlanadi; 2) (tuproqshunoslikda) tuproq qattiq fazasi mexanik elementlarining diametrik 0,001 \u2014 0,002 mm dan yirik bo&#8217;lmagan qismi. Loyqa tog&#8217; jinslari va ular tarkibiga kiruvchi minerallarning nurashi, shuningdek, tuproq paydo bo&#8217;lish jarayonida vujudga keladi. Yotqiziqlarning tarkibi va rangiga ko\u2019ra, Loyqa qizg&#8217;ish, yashilroq va boshqa tusda bo&#8217;ladi. Loyqa amalda o&#8217;zidan suvni deyarli o\u2019tkazmaydi, lekin unda kapillyar naylar orqali suv ko&#8217;tara olish xususiyati yuqori, shuningdek, ko\u2019p miqdorda nam tutib qolish, bo&#8217;kish, qovushqoklik va yopishqoqlik xossalariga ega. Quriganda esa o\u2019tirib, hajmi kichrayadi. Loyqada chirindi, oziq moddalar, makro va mikroelementlar, ayniqsa, azot ko\u2019p. Tuproqda Loyqa qancha ko&#8217;p bo\u2019lsa, unga ishlov berish shuncha qiyinlashadi. Loyqa zarrachalari tuproqning fizik va fizik-kimyoviy xossalari \u2014 singdirish, ilashuvchanlik, suv o&#8217;tkazuvchanlik, yopishqoqlik va boshqalarga katta ta&#8217;sir kursatadi. O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;oriladigan dehqonchilik mintaqalari tuproqlaridagi Loyqa miqdori turlicha: yengil (qumli, qumloqi) mexanik tarkibli tuproqlarda 5-8%, yengil qumoqli yerlarda 10-12%, o\u2019rtacha va og&#8217;ir qumoqli yerlarda 14-22%, ishlov berish og&#8217;ir bo&#8217;lgan soz mexanik tarkibli tuproqlarda esa 20-25% dan 30-40% gacha. Qishloq xo\u2019jalik ekinlari yetishtiriladigan o&#8217;tloqi, botqoqi-o&#8217;tloqi, ayniqsa, botkoqi, taqirli, taqir-o&#8217;tloqi tuproqlarda hamda taqirlarda Loyqaning miqdori yuqori (20-30%). Shuning uchun bu tuproqlar sug&#8217;orish va ishlov berish ta&#8217;sirida zichlanish hamda qatqaloq hosil qilishga juda moyil. Ba&#8217;zi ko&#8217;l va boshqa suv havzasining Loyqalari qishloq xo\u2019jalik ekinlariga o&#8217;g&#8217;it va mineral ozuqa sifatida ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Loyqa, balchiq \u2014 1) suv havzalaridagi juda mayda dispers zarralardan iborat loysimon cho&#8217;kindi. U suvning sekin oqishi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va boshqa suv havzalari tubida hamda qishloq xo\u2019jalik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/loyqa-balchiq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98233","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98233","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98233"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98233\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98249,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98233\/revisions\/98249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98233"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98233"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98233"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}