{"id":98240,"date":"2023-08-08T15:47:11","date_gmt":"2023-08-08T12:47:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98240"},"modified":"2023-08-08T15:47:14","modified_gmt":"2023-08-08T12:47:14","slug":"list-liszt-ferents","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/list-liszt-ferents\/","title":{"rendered":"List (Liszt) Ferents"},"content":{"rendered":"\n<p>List (Liszt) Ferents (1811.22.10, Vengriya, Shopron shahri yaqinidagi Doboryan qishlog&#8217;i &#8212; 1886.31.7, Bayreyt, Bavariya) \u2014 Venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, pedagog, musiqa-jamoat arbobi. Budapesht musiqa akademiyasining asoschisi (1875 yildan prezidenti). 6 yoshidan otasidan pianino chalishni o&#8217;rganib, 9 yoshidan kontsert bera boshlagan. Virtuoz pianinochi sifatida 1847 yilgacha jadal kontsert faoliyati bilan shug&#8217;ullanib, butun Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo&#8217;lgan. Fortepiano ijrochiligining buyuk islohotchisi List o&#8217;zining artistik jo&#8217;shqinligi, tabiiy kuch va betakror mahorati bilan tinglovchilarni rom qilgan. 1847-61 yillarda Veymar saroyi kapelmeysteri bo&#8217;lib, ko&#8217;proq kompozitorlik ijodi bilan shug&#8217;ullangan. List ijodida romantizm g&#8217;oyalari aks etgan. Teran musiqiy obrazlarni muayyan adabiyot, tasviriy va hatto haykaltaroshlik san&#8217;ati mavzulari bilan o&#8217;zaro uzviy bog&#8217;liqligi, asar mazmunini falsafiy umumlashtirish List ijodiga xosdir. U bir qismli dasturli simfonik poyema janrini hamda monotematizm (butun asar davomida bitta, rivojlanish jarayonida tobora o&#8217;zgarib boruvchi kuyga asoslanish) printsipini kashf etib, mavzuli-dasturli cholg&#8217;u musiqasi asoslarini yaratgan. Jami 1200 ga yaqin asar muallifi. Ulardan &#171;Faust \u2014 simfoniya&#187; (Gyote asari asosida, 1857), &#171;Dantening &#171;ilohiy komediya&#187;siga simfoniya&#187; (1857), &#171;Tasso&#187; (1854), &#171;Prelyudlar&#187; (1854), &#171;Mazepa&#187; (1851), &#171;Prometey&#187; (1855) kabi simfonik poemalari, 2 ta fortepiano kontserti (1849-56, 1839-61), 3 to&#8217;plamdan iborat &#171;ziyorat yillari&#187; nomli fortepiano asarlari, romanslari, Venger xalq ohanglari (verbunkosh uslubi, Chardash raqsi usullari) zaminida yaratilgan 19 ta Vengercha rapsodiyasi (1847-85), &#171;Vengriya&#187; (1854) simfonik poemasi, fortepiano uchun &#171;Venger tarixiy manzaralari&#187; (1886) va boshqa mashhur. Budapesht Oliy musiqa maktabi List nomida.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>List (Liszt) Ferents (1811.22.10, Vengriya, Shopron shahri yaqinidagi Doboryan qishlog&#8217;i &#8212; 1886.31.7, Bayreyt, Bavariya) \u2014 Venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, pedagog, musiqa-jamoat arbobi. Budapesht musiqa akademiyasining asoschisi (1875 yildan prezidenti). 6 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/list-liszt-ferents\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98240","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98240","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98240"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98240\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98241,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98240\/revisions\/98241"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98240"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98240"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98240"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}