{"id":98283,"date":"2023-08-09T08:30:33","date_gmt":"2023-08-09T05:30:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98283"},"modified":"2023-08-09T08:30:37","modified_gmt":"2023-08-09T05:30:37","slug":"leksika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/leksika\/","title":{"rendered":"Leksika"},"content":{"rendered":"\n<p>Leksika (Yunoncha lexis \u2014 so&#8217;zga oid, lug&#8217;aviy) \u2014 tildagi barcha so&#8217;zlar va iboralar yig&#8217;indisi, tilning lug&#8217;at tarkibi. Leksika ma&#8217;lum qonun-qoidaga bo&#8217;ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til Leksikasi to&#8217;xtovsiz o&#8217;zgarib turadi. Bu narsa lug&#8217;at tarkibida yangi so&#8217;zlarning paydo bo&#8217;lishi, mavjud so&#8217;zlardan ayrimlarining eskirib, iste&#8217;moldan chiqishi, leksik ma&#8217;nosini o\u2019zgartirib, yangi ma&#8217;no kasb etishi kabi jarayonlarda ko&#8217;rinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o&#8217;zgarishi bilan uzviy bog&#8217;langan holda Leksika boyib boradi. 20-asrda barcha xalqlar qatori o&#8217;zbek xalqi Leksikasi ham tezlik bilan o&#8217;sib, taraqqiy etdi. O&#8217;zbek tili Leksikasiga baynalmilal so&#8217;zlar keng ko&#8217;lamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham to&#8217;xtovsiz o&#8217;sib bormoqda. O&#8217;zbek tili Leksikasida o&#8217;z va o&#8217;zlashgan qatlam, shuningdek, o&#8217;z qatlam tarkibida umumturkiy so\u2019zlar va ulardan yasalgan O&#8217;zbekcha so\u2019zlar mavjud. O&#8217;zlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal so&#8217;zlar bor. O&#8217;zbek tili Leksikasi zamonaviyligi jihatdan 3 asosiy qatlamga bulinadi: 1) zamonaviy qatlam \u2014 eskilik va yangilik bo&#8217;yog\u2019iga ega bo&#8217;lmagan so&#8217;zlar. Shu qatlamga oid so&#8217;zlar o&#8217;zbek tili Leksikasining asosini tashkil qiladi; 2) eski qatlam \u2014 hozirda ham iste&#8217;molda bo&#8217;lgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi; 3) yangi qatlam \u2014 yangi Leksika deb ham yuritiladi. Lug&#8217;aviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan 2 qatlamga ajratiladi: 1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan so&#8217;zlar. Ma&#8217;nosi shu tilda so&#8217;zlovchilar uchun tushunarli va umumqo&#8217;llanish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan so\u2019zlar umumiste&#8217;moldagi chegaralanmagan Leksika sanaladi; 2) ishlatilish doirasi chegaralangan so&#8217;zlar \u2014 til lug&#8217;at tarkibining ajralmas qismi bo&#8217;lib, uning tarkibiga dialektal, terminologiya kasb-hunar Leksikasi, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Lug&#8217;aviy birliklar nutq ko&#8217;rinishlari jihatdan adabiy va so&#8217;zlashuv nutqiga xoslangan bo&#8217;ladi. Leksika termini biror muallif yoki asar Leksikasi kabi tor ma&#8217;noda ham qo&#8217;llanadi: Navoiy Leksikasi, &#171;o&#8217;tgan kunlar&#187; romani Leksikasi. Ad.: Tursunov U., Muxtorov J,, Rahmatullaev Sh., Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, T., 1965. Bozorboy O&#8217;rinboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Leksika (Yunoncha lexis \u2014 so&#8217;zga oid, lug&#8217;aviy) \u2014 tildagi barcha so&#8217;zlar va iboralar yig&#8217;indisi, tilning lug&#8217;at tarkibi. Leksika ma&#8217;lum qonun-qoidaga bo&#8217;ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til Leksikasi to&#8217;xtovsiz o&#8217;zgarib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/leksika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98283","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98283","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98283"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98283\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98287,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98283\/revisions\/98287"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98283"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98283"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98283"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}