{"id":98453,"date":"2023-08-11T13:51:50","date_gmt":"2023-08-11T10:51:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98453"},"modified":"2023-08-11T13:51:54","modified_gmt":"2023-08-11T10:51:54","slug":"linza","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/linza\/","title":{"rendered":"Linza"},"content":{"rendered":"\n<p>Linza (nemischa Linse, lotincha lens \u2014 yosmiq; ikki tomoni qavariq shisha) \u2014 1) optikada \u2014 ikkala tomoni sferik (yoki boshka shakldagi) sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism; yorug&#8217;lik oqimi shaklini o&#8217;zgartirib beradi. Asosan, optik sistemalarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Linza, ko&#8217;pincha, shishadan tayyorlanadi; infraqizil nurlar yoki ultrabinafsha nurlar uchun shaffof moddalar (kvars, flyuorit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Linza sirtining ko&#8217;rinishi ko&#8217;pincha sferik, maxsus Linzalarda esa sferik bo&#8217;lmasligi ham (masalan, tsilindrik) mumkin. Odatda, sferik sirtlar bilan yoki bitta sferik sirt va bitta yassi sirt bilan chegaralangan Linzalar keng qo&#8217;llanadi. Shakliga ko&#8217;ra, Linzalar qavariq va botiq xillarga bo&#8217;linadi. Sferik sirtlarning S, va S2 markazlari orqali o&#8217;tgan mm, to&#8217;g&#8217;ri chiziq Linzaning bosh optik o&#8217;qi, o nuqta optik markazi deb ataladi. Linzaning optik markazi orqali burchak ostida o&#8217;tuvchi har qanday to&#8217;g&#8217;ri chiziqlar Linzaning qo&#8217;shimcha optik o&#8217;qlari deyiladi. Linzani ko&#8217;plab prizmalarning yig&#8217;indisi deb tasavvur qilish mumkin. Qavariq Linzalar parallel nurlar dastasini yig&#8217;ib beradi [ularni yig&#8217;uvchi (musbat) Linzalar deyiladi]; botik Linzalar yorug&#8217;likni har tomonga tarqatib yuboradi [ularni tarqatuvchi (manfiy) Linzalar deb ataladi]. Parallel nurlarni musbat Linzalarda bir nuqtada \u2014 Linzaning bosh fokusida, manfiy Linzalarda esa (tarqalayotgan nurlarni) Linzaning mavhum bosh fokusida yig&#8217;ish mumkin. Manfiy Linzalarda buyumning mavhum tasviri, musbat Linzalarda haqiqiy, ammo teskari tasviri olinadi. Linzaning optik markazidan fokusigacha bo&#8217;lgan masofa Linzaning fokus masofasi deyiladi. Optik asboblarda, Linzalarning optik aberrasiyasi tufayli, bir necha Linzalar ishlatiladi; 2) akustikada\u2014 tovush yo&#8217;nalishini o&#8217;zgartira oladigan (tovushni fokuslaydigan) qurilma. Optik Linza kabi akustik Linza ham ikki ish sirti bilan chegaralanadi. Bu ikki sirtning sindirish ko&#8217;rsatkichi asosiy tavsifi bo&#8217;ladi. Shu sababli Linza materiali shaffof bo&#8217;lganida uning to&#8217;lqin qarshiligi muhitning to&#8217;lqin qarshiligiga yaqin bo&#8217;lishi shart. Akustik Linza qattiq, suyuq, gazsimon moddadan iborat bo&#8217;lishi mumkin. Havoli Linzalar radioapparaturalarda, qattiq va suyuq Linzalar defektoskopiyada, tibbiyot diagnostikasida qo&#8217;llanadi, shuningdek, Ultratovushdan foydalanish (texnika va biologiya)da uni kontsentrasiyalash (yig&#8217;ish) uchun ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Linza (nemischa Linse, lotincha lens \u2014 yosmiq; ikki tomoni qavariq shisha) \u2014 1) optikada \u2014 ikkala tomoni sferik (yoki boshka shakldagi) sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism; yorug&#8217;lik oqimi shaklini o&#8217;zgartirib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/linza\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98453","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98453","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98453"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98453\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98470,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98453\/revisions\/98470"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98453"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98453"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98453"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}