{"id":98920,"date":"2023-08-12T20:35:46","date_gmt":"2023-08-12T17:35:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98920"},"modified":"2023-08-12T20:35:49","modified_gmt":"2023-08-12T17:35:49","slug":"vohidov-erkin-vohidovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vohidov-erkin-vohidovich\/","title":{"rendered":"Vohidov Erkin Vohidovich"},"content":{"rendered":"\n<p>Vohidov Erkin Vohidovich (1936.28.12, Farg&#8217;ona viloyati Oltiariq tumani) \u2014 shoir, dramaturg, jamoat arbobi. O&#8217;zbekistan xalq shoiri (1987), O&#8217;zbekiston Qahramoni (1999). ToshDu Filologiya fakultetini tugatgan (I960). &#171;Yosh gvardiya&#187; nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960-63; 1975-82), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963-70), direktor (1985\u2014 87), &#171;yoshlik&#187; jurnal bosh muharriri (1982-85). Ilk, she&#8217;riy to&#8217;plami \u2014 &#171;tong nafasi&#187; 1961 yilda nashr etilgan. &#171;Qo&#8217;shiqlarim sizga&#187; (1962), &#171;yurak va aql&#187; (1963), &#171;Mening yulduzim&#187; (1964), &#171;muhabbat&#187; (1976), &#171;kelajakka maktub&#187; (1983), ikki jildli Saylanma (&#171;Muhabbatnoma&#187; va &#171;Sadoqatnoma&#187;, 1986), &#171;kuy avjida uzilmasin tor&#187; (1991), &#171;yaxshidir achchiq haqiqat&#187; (1992) asarlariga kirgan doston va she&#8217;rlarida zamondoshlarimiz hayoti, quvonch-iztiroblari to&#8217;g&#8217;risidagi haqiqat yuksak samimiyat va mahorat bilan tarannum etilgan. Toshkent zilzilasi voqealari bilan bog&#8217;liq &#171;Palatkada yozilgan Doston&#187; (1966)da xalqning sabot-matonati, ruhiy olamining go&#8217;zalligi, xalqlar do&#8217;stligi ifodalangan. &#171;Yoshlik devoni&#187; (1969) da mumtoz adabiyotining eng yaxshi an&#8217;analarini davom ettirdi, ko&#8217;hna g&#8217;azalga yangi, zamonaviy ruh bag&#8217;ishladi. 70-yillarning oxiri \u2014 80-yillarning boshida hayotda ro&#8217;y bergan o&#8217;zgarishlar, yangilanishlar shoirning &#171;tirik sayyoralar&#187; (1978), &#171;Sharqiy qirg&#8217;oq&#187; (1982), &#171;bedorlik&#187; (1985) kabi to&#8217;plamlariga kirgan she&#8217;rlarida o&#8217;z ifodasini topgan. Vohidov she&#8217;riyatida 20-asrning 2-yarmining ma&#8217;naviy muhiti badiiy tahlil etiladi. Uning she&#8217;ri hayot go&#8217;zalligi ma&#8217;rifatini kashf qilib boradi. Ziddiyatli, murakkab dunyoda insonning asil o&#8217;rni va yashamoqning asil ma&#8217;no-mazmunini aniqlaydi. Vohidov she&#8217;riyatida inson shunisi bilan qimmatliki, u hayotning achchiq haqiqatlaridan, qarama-qarshiliklaridan, hayot dialektikasidan aslo ko&#8217;z yummaydi, yuz o&#8217;girmaydi, balki shu tinimsiz harakatdagi dialektika ichida hayot oqimiga, atrof muhitga, o&#8217;zini qurshagan borliqqa dadil, matonat bilan faol ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishga intiladi. Shoirning she&#8217;riyatida davrning bezovta, izlovchan ruhi o&#8217;ziga xos, takrorlanmas obrazlarda aks etadi. Iztirobli o&#8217;ylar, o&#8217;tkir publisistik ruh, keskin kinoyali ohang bilan to&#8217;liq yetuk asarlarida o&#8217;z davrining adolatsiz tuzumidan norozilik, ijtimoiy turg&#8217;unlik, egasizlik, qulchilik, mash&#8217;um yakka hukmronlik va makkorona ko&#8217;rinishdagi istibdod nayranglariga qarshi isyonkor va tug&#8217;yonli so&#8217;zini aytadi. Millatning uyg&#8217;onishi, o&#8217;zini tanishi, ma&#8217;rifatli olamda boshqa ilg&#8217;or xalqlar qatoridan o&#8217;z tarixiy o&#8217;rnini topishi uchun qayg&#8217;uradi. Ozodlik, ziyolilik va haqiqat Vohidov ijodining yetakchi g&#8217;oyalaridir. Bu jihatdan Vohidov Behbudiy, Cho&#8217;lpon, Avloniy, Qodiriy singari ma&#8217;rifatparvarlarning 60-yillardagi ijodiy davomchisi sifatida maydonga chiqdi. Vohidovning &#171;orzu chashmasi&#187;, &#171;nido&#187; (1964), &#171;Quyosh maskani&#187; (1970), &#171;Baxmal&#187; (1974), &#171;ruxlar isyoni&#187; (1978\u2014 79), &#171;Toshkent sadosi&#187; (1983) kabi asarlari o&#8217;zbek dostonchiligining yetuk namunalaridandir. &#171;Ruhlar isyoni&#187;da otashin Bengal shoiri Nazrul Islom siymosi orqali Vatan ozodligi va milliy istiqlol g&#8217;oyalari tarannum etilgan. &#171;O&#8217;zbegim&#187; qasidasi (1968) kommunistik mustabid tuzum davrida milliy uyg&#8217;onishimizga barakali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. &#171;Donishqishloq latifalari&#187; turkum she&#8217;riy asarlari sosial satiraning yorqin namunasi bo&#8217;lib, ularda xalqchil Matmusa siymosi orqali davr va hayotning ma&#8217;lum bir hodisalariga o&#8217;tkir kulgili, hajviy munosabat bildirilgan. O&#8217;zbekiston milliy mustaqillikni qo&#8217;lga kiritganidan so&#8217;ng mamlakatda boshlangan ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy yuksalish davrida Vohidov she&#8217;riyatining ahamiyati yanada ortib, yorug&#8217; kelajakka ishonch, milliy qadriyatlarga hurmat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma&#8217;naviy omil bo&#8217;lib xizmat qilmoqda. Vohidov dramaturg sifatida ham elga tanilgan (&#171;Oltin devor&#187;, 1969; &#171;Istanbul fojiasi&#187;, 1985; va boshqalar). &#171;Oltin devor&#187; komediyasida turli komik holatlar tasvirlanadi, inson ruhiyatining turfa xil tovlanishlari yengil kulgi qilinadi, &#171;Istanbul fojiasi&#187;da asar qahramonlarining qismati davrning eng muhim voqealari \u2014 2-jahon urushi, urushdan keyingi ijtimoiy-ma&#8217;naviy hayotdagi o&#8217;zgarishlar, muammolar bilan bog&#8217;liqlikda yorqin va ta&#8217;sirli ifodalangan. Vohidovning &#171;shoiru she&#8217;ru shuur&#187; (1987), &#171;Iztirob&#187; (1992) kitoblariga kirgan maqolalari, suhbatlari, mumtoz va hoz. adabiyotimiz namoyandalari ijodini tahlil etuvchi tadqiqotlari o&#8217;zbek Publitsistikasi va adabiyotshunosligi rivojiga munosib hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. U I. Gyotening &#171;Faust&#187; asarini, S. Yeseninning she&#8217;rlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashr ettirgan. Bundan tashqari F. Shiller, Iqbol, Ulfat, R. Hamzatov, L. Ukrainka, A. Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Vohidov asarlari chet el (nemis, frantsuz, rus, ingliz, urdu, hind, Arab va boshqalar) hamda qardosh turkiy xalqlar tillarida (&#171;Oltin devor&#187;, &#171;Saylanma&#187;, &#171;nido&#187; va boshqalar) nashr etilgan. Asarlari (&#171;Oltin devor&#187;, &#171;istanbul fojiasi&#187;) Hamza teatri, viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan, &#171;Oltin devor&#187; komediyasi Pokistonning Laxor shahri teatrida qo&#8217;yilgan. Vohidov O&#8217;zbekiston Oliy Kengashi deputati (oshkoralik masalalari qo&#8217;mitasi raisi; 1990-95); 1995 yildan O&#8217;zbekistan Oliy Majlisi deputati va xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo&#8217;mitasi raisi. Vohidov &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). As: Saylanma asarlar [4 jildli]. 1-j. (Ishq savdosi], T., 2000. Ad.: Inog&#8217;omov R., Shoirlik qismati, T., 1999; Sodiqova T., El \u2014 ustozim, T., 1997. Rahmatulla Inog&#8217;omov, Ibrohim G&#8217;afurov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vohidov Erkin Vohidovich (1936.28.12, Farg&#8217;ona viloyati Oltiariq tumani) \u2014 shoir, dramaturg, jamoat arbobi. O&#8217;zbekistan xalq shoiri (1987), O&#8217;zbekiston Qahramoni (1999). ToshDu Filologiya fakultetini tugatgan (I960). &#171;Yosh gvardiya&#187; nashriyotida muharrir, bosh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vohidov-erkin-vohidovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98920","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98920","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98920"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98920\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98920\/revisions\/98921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98920"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98920"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98920"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}