{"id":9895,"date":"2021-11-12T12:32:26","date_gmt":"2021-11-12T09:32:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9895"},"modified":"2021-11-12T12:32:30","modified_gmt":"2021-11-12T09:32:30","slug":"arabiston-yarim-oroli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arabiston-yarim-oroli\/","title":{"rendered":"ARABISTON YARIM OROLI"},"content":{"rendered":"\n<p>ARABISTON YARIM OROLI \u2014 Osiyodagi eng yirik yarim Orol; maydoni qariyb 3 million kilometr kvadrat, g&#8217;arbda qizil dengiz, Janubda Adan qo&#8217;ltig&#8217;i va Arabiston dengizi, Sharqda Ummon va Fors qo&#8217;ltiqlari bilan o&#8217;ralgan. Arabiston yarim oroli Afrika qalqonining bir qismi bo&#8217;lgan; paleogen davri oxiri va neogen davrida chuqur qizil dengiz botig&#8217;i orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim Orol asosan arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib topgan. Bu jinslar Arabiston yarim orolining butun g&#8217;arbiy qismida va qisman Janubda yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jinslarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Neogen oxiri va to&#8217;rtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazsimon ko&#8217;tarilish natijasida Arabiston yarim orolida g&#8217;arbiy va janubiy qirg&#8217;oq hamda chekkadagi qirlar paydo bo&#8217;lgan. Yoriqlardan vulkanlar otilib chiqib, katta maydonni lava (&#171;Xarra&#187;) qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy balandligi 1000 metrgacha bo&#8217;lgan pastak vulkan qoldiqlari ko&#8217;tarilib turadi. Shunday vulkan kraterlaridan birida Adan shahri joylashgan. Arabiston yarim orolining yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va Sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon tog&#8217;lar bor. Ularning o&#8217;rtacha balandligi 1000 \u2014 2000 metr, Janubdagi eng baland asir va Yaman tog&#8217;lari 3600 metrga yetadi. Janub-sharqida Alp bosqichida burmalangan Ummon tog&#8217;li o&#8217;lkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 metr. Arabiston yarim orolining g&#8217;arbiy va Janub qirg&#8217;oqlari bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan kambar pastlik \u2014 Tixoma, shimol \u2014 Shimoliy Arabiston platosi va katta Nefud cho&#8217;li, markazining kristall jinslardan iborat g&#8217;arbiy qismi O&#8217;rta Arabiston platosi deb ataladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat Sharqiy qismi kuesta gryadalaridir, katta maydonni band qilgan pastroq Janub qismi esa Rub ul-xoliy qum cho&#8217;li deyiladi. Arabiston yarim oroli, ayniqsa uning Sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolida yana temir, rux, fosforit-apatit rudalari, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim oroli iqlimi quruq tropik iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi shimolda 7\u00b0 bo&#8217;lsa, Janubda 24\u00b0, iyunning o&#8217;rtacha temperaturasi hamma qismida 30\u00b0 dan yuqori, maksimal temperatura 50\u00b0, 55\u00b0, minimal temperatura shimolda 11\u00b0, Adanda 16\u00b0. Yog&#8217;in kam (100 millimetr), faqat Yamanda (750 millimetr) va Ummon tog&#8217;larida (500 millimetr) ko&#8217;proq. Oqar suvlar tog&#8217;li yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq o&#8217;zan \u2014 vodiylar uchraydi. Ba&#8217;zi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va Toshloq cho&#8217;llarda butunlay yo&#8217;q yoxud hali ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolining shimol qismi bo&#8217;z tuproq bilan, Janub va Janub-sharqidagi tog&#8217;li o&#8217;lkalar qizil va qizil-qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217; tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolida asosan Afrika florasiga xos o&#8217;simliklar o&#8217;sadi, Hindiston va O&#8217;rta dengiz atrofiga xos o&#8217;simlik turlari ham uchraydi. Cho&#8217;llarda o&#8217;simlik siyrak, ular shuvoq, sho&#8217;ra, astragal, kermak, yulg&#8217;un kabi ildizlari uzun, dag&#8217;al o&#8217;t yoki buta, yoxud daraxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib o&#8217;sadi. Tog&#8217;larning sernam yon bag&#8217;irlarida barg to&#8217;kadigan o&#8217;rmonlar uchraydi. Janub-G&#8217;arb va Janub-Sharqda savanna tipidagi o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa ko&#8217;p. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qo&#8217;shoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, tulki, cho&#8217;l parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolida BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARABISTON YARIM OROLI \u2014 Osiyodagi eng yirik yarim Orol; maydoni qariyb 3 million kilometr kvadrat, g&#8217;arbda qizil dengiz, Janubda Adan qo&#8217;ltig&#8217;i va Arabiston dengizi, Sharqda Ummon va Fors qo&#8217;ltiqlari bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arabiston-yarim-oroli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9895","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9895","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9895"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9895\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9900,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9895\/revisions\/9900"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9895"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9895"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9895"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}