{"id":98951,"date":"2023-08-13T12:30:59","date_gmt":"2023-08-13T09:30:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98951"},"modified":"2023-08-13T12:31:02","modified_gmt":"2023-08-13T09:31:02","slug":"varaxsha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/varaxsha\/","title":{"rendered":"Varaxsha"},"content":{"rendered":"\n<p>Varaxsha \u2014 qadimgi shahar xarobasi. Buxorodan 40 kilometr shimoli-g&#8217;arbda, Dashti Urganji ko&#8217;lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 gektar va balandligi 10\u2014 20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida V. A. Shishkin (1937-39, 1947-54) keng ko&#8217;lamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov (1975-77), O. V. Obelchenko (1977-79), G. V. Shishkina (1987-90) ham Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar olib borishgan. Arxeologik qazishmalardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, Varaxsha miloddan avvalgi 2-asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko&#8217;targan. Varaxsha xarobalarining shimoli- g&#8217;arbida qadimgi qo&#8217;rg&#8217;onlardan birining tashqi devori hamda yarim doira shakldagi burji (ichki sahni 4,5&#215;5 metr) kavlab o&#8217;rganilgan. Devor (qalinligi 1,8\u20141,9 metr) xom g&#8217;ishtdan (hajmi 37x41x10 santimetr) qurilgan. Devor va burjlarida paykonsimon nishon tuynuklari (ichki tomoni 38-40 santimetr, tashqarisi 75-80 santimetr, kengligi 20-22 santimetr) ochilgan. Miloddan avvalgi 2\u2014 1-asrlarda va milodiy 1\u2014 2-asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. 3-4-asrlarda Varaxsha tanazzulga uchragan. 5-asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimgi hukmdorlari \u2014 buxorxudotlarning qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan o&#8217;ralgan, uning Janubiy qismida Ark qurilgan. 8-10-asrlarda ayniqsa obod bo&#8217;lgan. Varaxsha va uning atroflari 12 kanal bilan sug&#8217;orilib, Rajfandun vohasidagi eng yirik va Markaziy qal&#8217;alardan biriga aylangan. Buxoro va Xorazm oralig&#8217;idagi karvon yo&#8217;li Varaxsha orqali o&#8217;tgan (Istaxriy va Ibn Havqal ma&#8217;lumotlari). Har o&#8217;n besh kunda Varaxshada bir kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (Navro&#8217;zi kasho varzon, ya&#8217;ni dehqonlar yangi yili) o&#8217;tkazilgan (Narshaxiy). Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. 11-12-asrlarda uning hududi eniga 6 kilometrdan ziyod bo&#8217;lgan. 12-asrda Varaxsha vohasidagi hayot to&#8217;satdan noma&#8217;lum sabablarga ko&#8217;ra to&#8217;xtab qolgan. Me&#8217;morligi va san&#8217;ati. 1949\u2014 54 yillarda Varaxsha tarixi va me&#8217;morligi o&#8217;rganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom g&#8217;ishtlardan qo&#8217;shminora tarzida o&#8217;rab chiqilgan tagkursi (balandigi 15 metr)larning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning Sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo&#8217;laksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud bo&#8217;lgan. Arkning markazida Janubiy tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5&#215;17 metr) va G&#8217;arbiy (6,6&#215;7,25 metr) mehmonxona hamda qizil xona (zal) (8,5&#215;12 metr) lardan iborat bo&#8217;lgan. Saroy G&#8217;arb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar o&#8217;rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o&#8217;ralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girixlar bilan bezatilgan. Saroyning Qizil xona va Sharqiy mehmonxonalari to&#8217;la kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang bo&#8217;yoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan Shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan o&#8217;q uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda o&#8217;tirgan hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mehmonxona devorida tiz cho&#8217;kib, qo&#8217;lida qadah tutgan Malika, belida shamshir, bir qo&#8217;lida qisqich ushlagan podshoh, o&#8217;rtada vazasimom otashgoxda yonib turgan muqaddas olov-Azarxurro, otashgoxdan o&#8217;ngda beliga xanjar taqilgan Shahzodaning tiz cho&#8217;kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulg&#8217;a kiygan, qo&#8217;llarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazor, to&#8217;qay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, Janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Ko&#8217;plab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar, yelkasidan o&#8217;q egan arxar, yelib borayotgan Jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi \u2014 Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bog&#8217;lagan suvoriy hamda ko&#8217;pdan-ko&#8217;p ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi. Ad.: Shishkin V. A., Varaxsha, M., 1963; Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966. Abdulahad Muhammadjanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Varaxsha \u2014 qadimgi shahar xarobasi. Buxorodan 40 kilometr shimoli-g&#8217;arbda, Dashti Urganji ko&#8217;lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 gektar va balandligi 10\u2014 20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/varaxsha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98951","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98951","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98951"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98951\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98957,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98951\/revisions\/98957"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98951"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98951"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98951"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}