{"id":98968,"date":"2023-08-13T13:11:09","date_gmt":"2023-08-13T10:11:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98968"},"modified":"2023-08-13T13:11:13","modified_gmt":"2023-08-13T10:11:13","slug":"vegetativ-nerv-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vegetativ-nerv-sistemasi\/","title":{"rendered":"Vegetativ nerv sistemasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Vegetativ nerv sistemasi (lotincha vegetatio \u2014 o&#8217;sish, rivojlanish, qo&#8217;zg&#8217;alish) \u2014 odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; Vegetativ nerv sistemasining tolalari barcha ichki a&#8217;zolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi Animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari po&#8217;stlog&#8217;i boshqaruvida faoliyat ko&#8217;rsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta frantsuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) Vegetativ nerv sistemasini &#171;avtonom nerv sistemasi&#187; deb atadi, chunki Vegetativ nerv sistemasining faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli &#171;avtonom&#187; yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi. Vegetativ nerv sistemasi moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha a&#8217;zolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, ko&#8217;payish) to&#8217;qima va muskullar trofikasini (trophe \u2014 ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yo&#8217;l bilan idora etadi. Vegetativ nerv sistemasi joylanishi va faoliyatiga ko&#8217;ra Animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat ko&#8217;ndalang-targ&#8217;il (skelet) muskullarni idora qilsa, Vegetativ nerv sistemasi hujayralar, to&#8217;qimalar va silliq muskullarni nerv bilan ta&#8217;minlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa Markaziy nerv sistemasining ma&#8217;lum qismlaridan (o&#8217;rta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha ko&#8217;krak va uchta bel segmentlarida o&#8217;ziga tegishli umurtqalar oralig&#8217;idan, shuningdek dumg&#8217;aza sohasidan, ikkinchi \u2014 to&#8217;rtinchi dumg&#8217;aza umurtqalari oralig&#8217;idan) tarqaladi. Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi a&#8217;zolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan so&#8217;ng yo&#8217;l-yo&#8217;lakay vegetativ tugunlarda to&#8217;xtab, keyin ishchi a&#8217;zolarga tarqaladi. Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri tugundan keyingi bir qancha tolalarga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazadi. Animal nervlar mielin (yog&#8217;) pardaga o&#8217;ralgan va yo&#8217;g&#8217;onroq, vegetativ nervlar esa mielinsiz va ingichka bo&#8217;ladi. Vegetativ nervlar asosan Animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (ta&#8217;sir)lar sekundiga 10 metr tezlikka etadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa alohida, mielin pardali bo&#8217;lgani uchun ularda impuls sekundiga 100 metr tezlikka etadi. Vegetativ nerv sistemasi faoliyatiga ko&#8217;ra simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga ajratiladi. Simpatik nerv sistemasi adrenalinga o&#8217;xshaydigan simpatii, parasimpatik nerv sistemasi esa atsetilxolin vositasi ta&#8217;sirida qo&#8217;zg&#8217;aladi. Bu moddalar qonga va limfa suyuqligiga shimilib, ular orqali nervlar qo&#8217;zg&#8217;aladi. Markaziy nerv sistemasi tashqi va ichki muhit ta&#8217;sirlariga Vegetativ nerv sistemasi orqali javob beradi va organizmni doim o&#8217;zgarib turadigan muhitga moslashtiradi. Odatda simpatik nervlar funktsiyasi jihatidan parasimpatik nervlarga qarama-qarshi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Simpatik nervlar ko&#8217;z qorachig&#8217;ini kengaytiradi, so&#8217;lak va boshqa ajralishini kamaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, me&#8217;da va ichak harakati (peristaltika)ni susaytirib, ularning shira chiqarish faoliyatini pasaytiradi, o&#8217;pka, bronxlarni kengaytiradi. Parasimpatik nervlar esa aksincha ko&#8217;z qorachig&#8217;ini siqib toraytiradi, sulak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak faoliyatini pasaytiradi, ichak harakatini tezlashtiradi, o&#8217;pka, bronxlarni toraytiradi. Vegetativ nerv sistemasi somatik nerv sistemasi bilan bir butun hamjihat bo&#8217;lib ishlaydi, uni Markaziy nerv sistemasining oliy bo&#8217;limlari, asosan bosh miya katta yarim sharlari po&#8217;stlog&#8217;i nazorat qilib turadi. Masalan, organizmga sovuq ta&#8217;sir qilganda simpatik nervlar qo&#8217;zg&#8217;alib, qon tomirlar torayadi. Gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi, natijada bir talay adrenalin ajralib, organizmda issiqlik saqlanishini ta&#8217;minlaydi. Aksincha, organizmda issiqlik ko&#8217;payishi tufayli parasimpatik nervlar qo&#8217;zg&#8217;aladi. Vegetativ nerv sistemasining faoliyati turli kasalliklar davrida, ob-havoning o&#8217;zgarishi, tashqi va ichki ta&#8217;sirlar orqali o&#8217;zgaradi. Nosir Axmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vegetativ nerv sistemasi (lotincha vegetatio \u2014 o&#8217;sish, rivojlanish, qo&#8217;zg&#8217;alish) \u2014 odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; Vegetativ nerv sistemasining tolalari barcha ichki a&#8217;zolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vegetativ-nerv-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98968","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98968","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98968"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98968\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98969,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98968\/revisions\/98969"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98968"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98968"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98968"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}