{"id":99908,"date":"2023-08-21T13:27:59","date_gmt":"2023-08-21T10:27:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99908"},"modified":"2023-08-21T13:28:02","modified_gmt":"2023-08-21T10:28:02","slug":"volter-voltaire","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/volter-voltaire\/","title":{"rendered":"Volter (Voltaire)"},"content":{"rendered":"\n<p>Volter (Voltaire) 1-taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet) j (1694. 21.11 &#8212; Parij &#8212; 1778. 30. 5) -frantsuz&#8217; yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi (1746), Rossiya Fanlar Akademiyasi faxriy (1746) a&#8217;zosi. Erkin fikrlilikda ayblanib qamalgan (1717, 1725). Birinchi fojia asari &#171;Edip&#187; qamoqda yozilgan; sahnalashtirilgan (1718). 1726 yilda Angliyaga surgun qilingan. Umrining ko&#8217;p qismi muhojirlikda kechgan (1726\u2014 78). Didro boshchiligidagi &#171;Entsiklopediya&#187;ni nashr etishda faol ishtirok etgan (1751-78). Volter o&#8217;z estetik qarashlari va dramatik asarlarida klassisizm an&#8217;anasi yo&#8217;lidan borgan, cherkov mutaassibligiga qarshi kurashgan (&#171;Zaira&#187;, 1732; &#171;Alzira&#187;, 1736). Frantsuz ijtimoiy va davlat tuzumini o&#8217;zgartirish g&#8217;oyasini ilgari surgan. U hokimiyatni ozodlik, tenglik va birodarlik qonunlariga qat&#8217;iy amal qiluvchi Odil gyudshoh boshqarishini orzu qilgan. Uningcha, konstitusiyali monarxiya eng oqilona davlat tuzumidir. Volter falsafada deist J. Lokk, I. Nyutonning nazariyalari tarafdori. U moddiy dunyo mavjudligini, jamiyat taraqqiyotini tan olsa-da, &#171;uni harakatga keltiruvchi kuch&#187; \u2014 Xudo, deb bilgan (&#171;falsafiy maktublar&#187;, 1733; &#171;Metafizika to&#8217;g&#8217;risidagi risola&#187;, 1734; &#171;Nyuton falsafasining asoslari&#187;, 1738 va boshqalar). Volter lirikasi Epikur falsafasi ruhida (&#171;Lisabon halokati haqida doston&#187;, 1756 va boshqalar). Dostonlarida teskarichi guruhlar, absolyutizm tizimi tanqid qilingan (&#171;Genriada&#187;, 1728; &#171;Orlean qizi&#187;, 1735 va b.). Falsafiy qissalari (&#171;Zadig&#187;, 1748; &#171;Kandid&#187;, 1759; &#171;Soddadil&#187;, 1767 v boshqalar)da hamma narsa yaxshi deya da&#8217;vo qiluvchi mutlaq ishonchni ham, hamma narsa yomon deguvchi mutlaq tushkunlikni ham rad etadi, qirol saroyi, sud ma&#8217;muriyati va harbiy amaldorlarni fosh qiladi. Dostonlarida Sharq mavzuidan keng foydalandi. Volter Amir Temur va Ulug&#8217;bek davri tarixini yaxshi bilgan. Ulug&#8217;bekning &#171;Ziji Ko&#8217;ragoniy&#187;, D. Erbeloning &#171;Sharq kutubxonasi&#187; qomusi, Klavixoning &#171;1403 \u2014 1406 yillarda Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi&#187; (1582) kabi asarlar bilan tanishgan. Tarixiy mavzudagi &#171;millatlarning holatlari va odatlari haqida&#187; (1753-58) kitobida yer yuzidagi qator davlatlar, monarx hukmdorlar haqida ma&#8217;lumot beradi. Asarning 3-jiddi Amir Temur va Temuriylar hukmdorligiga bag&#8217;ishlangan. Bunda Amir Temurning o&#8217;z davlatini kengaytirish yo&#8217;lida olib borgan yurishlari, turk sultoni Boyazid bilan qilgan jangi, O&#8217;rta Osiyoda yuritgan siyosati, Samarqandning poytaxt bo&#8217;lgani xususida hikoya qiladi. Volter Ulug&#8217;bek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu ma&#8217;rifatni taraqqiy ettirib, fan rivojiga katta hissa qo&#8217;shganini hurmat bilan ta&#8217;kidlab &#171;Ulug&#8217;bekning buyukligi, uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, yer kurrasini o&#8217;rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib mashhur jadval tuzdi&#8230;&#187;, deb yozadi. Volter ijodi frantsuz inqilobini (1783-94) g&#8217;oyaviy tayyorlashda, umuman jahon ijtimoiy- falsafiy tafakkurida muhim o&#8217;rin tutadi. Asarlari jahon xalqlari tillariga, xususan o&#8217;zbek tiliga (&#171;Zagid yoki taqdir&#187;, 1995) tarjima qilingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Volter (Voltaire) 1-taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet) j (1694. 21.11 &#8212; Parij &#8212; 1778. 30. 5) -frantsuz&#8217; yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi (1746), Rossiya Fanlar Akademiyasi faxriy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/volter-voltaire\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99908","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99908","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99908"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99908\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99909,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99908\/revisions\/99909"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99908"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99908"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99908"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}