{"id":99910,"date":"2023-08-21T13:32:21","date_gmt":"2023-08-21T10:32:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99910"},"modified":"2023-08-21T13:32:24","modified_gmt":"2023-08-21T10:32:24","slug":"vokzal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vokzal\/","title":{"rendered":"Vokzal"},"content":{"rendered":"\n<p>Vokzal (inglizcha Vauxhall \u2014 Londondagi sayrgoh bog&#8217;ning nomi) \u2014 yo&#8217;lovchilar va transportga xizmat ko&#8217;rsatish uchun mo&#8217;ljallangan bino yoki binolar majmui. 17-asrda ingliz Jeyn xonim voks (Jane Vaux) London yaqiniga bog&#8217;va Koshona zal qurdirdi. Temir yo\u2019l qurilgandan keyin stansiyadagi bino ham &#171;voksal&#187; (Vokszali) deb yuritildi. Dastlabki Vokzal (Angliyada Stokton\u2014Darlington liniyasidagi Vokzal) 19-asr boshlarida qurildi. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida deyarli barcha katta shaharlarda Vokzallar paydo bo&#8217;ldi. Vokzalning temir yo\u2019l vokzali, aerovokzal, avtovokzal xillari bor. Vokzalda stansiya binosi, yo&#8217;lovchi platformalari (perron) va o&#8217;tish yo&#8217;llari bo&#8217;ladi. Vokzal binosida bilet kassalari, ma&#8217;lumotlar byurosi, kutish zali, pochta va telegraf, tibbiyot punkti, bolali onalar xonasi, restoran va bufetlar, yuk xonalari, qo&#8217;l yukini saqlash kameralari; katta Vokzallarda esa avtomatik yuk saqlash kameralari, bilet bosish va sotish mashinalari, elektr komposterlar va ma&#8217;lumot berish avtomatlari ham bo&#8217;ladi. Toshkentda ikki temir yo\u2019l vokzali \u2014 &#171;Markaziy&#187; (birinchi binosi 1901 yilda, hozirgi 1957 yilda qurilgan) va &#171;Janubiy&#187; (1985 yil) vokzal bor. &#171;Markaziy&#187; temir yo\u2019l vokzalida yuqoridagi qulayliklardan tashqari, perronga olib chiqadigan yer osti yo&#8217;lagi ham bor. Avtovokzal shaharlar orasida va shaxar atrofiga qatnaydigan avtobus yo&#8217;lovchilarga xizmat ko&#8217;rsatish uchun mo&#8217;ljallangan inshootlar majmuidan iborat. Toshkentdagi &#171;Toshkent&#187; va &#171;Samarqand&#187; avtovokzallarida yuqorida aytib o&#8217;tilgan qulayliklarning ko\u2019pi bor. Aerovokzal havo transporti yo\u2019lovchilariga xizmat ko&#8217;rsatish uchun mo&#8217;ljallangan binolar majmui; Aeroportning asosiy inshooti. Aerovokzalda biletlar sotiladi va qayd qilinadi; bagajlar qabul qilinadi va beriladi; samolyotlarning kelishi va ketishi haqida ma&#8217;lumot berib turiladi; yulovchilarga pochta va tibbiyot xizmati ko&#8217;rsatiladi va hokazolar. Xalqaro havo yo&#8217;llaridagi aerovokzalda chet elga ketayotgan va chet eldan kelayotganlarning hujjatlari va bagajlari tekshiriladigan bo&#8217;lim ham bo&#8217;ladi. Aerovokzaldagi barcha binolar vazifasiga qarab 3 guruhga bo&#8217;linadi: yo&#8217;lovchilar uchun mo&#8217;ljallangan zallar (bilet sotish va qayd qilish zallari; kutish zali; kafe va restoranlarning savdo zallari); qo&#8217;shimcha binolar (yukxonalar, bolali ayollar uchun ajratilgan xonalar, aloqa bo&#8217;limi va boshqalar); Yo&#8217;lovchilarga qulaylik tug&#8217;dirish va asosiy aerovokzalning ishini yengillatish uchun katta shaharlarda qo&#8217;shimcha aerovokzallar tashkil qilinadi. Masalan, Toshkentdagi aerovokzali prik Vokzallar jumlasiga kiradi. Unaa mahalliy trassalarda qatnaydigan samolyotlar uchun mo&#8217;ljallangan qo&#8217;shimcha aerovokzal bor. O&#8217;zbekistonning deyarli barcha viloyatlari markazlarida temir yo\u2019l vokzali, aerovokzal va avtovokzal bor. Bir yo&#8217;la temir yo\u2019l avtobus, suv va havo transporti yo&#8217;lovchilariga xizmat qiladigan Birlashgan (kompleks) Vokzallar ham bo&#8217;ladi. Birlashgan Vokzal yo&#8217;lovchilarga juda qulaylik tug&#8217;diradi. Masalan, bir shahardan poezdda bir Vokzalga kelib tushgan yo&#8217;lovchi o&#8217;sha joyning o&#8217;zida boshqa shaharga yoki atrofiga qatnaydigan avtobusga bilet olishi mumkin va aksincha. O&#8217;zbekyastonda Birlashgan Vokzallar yo&#8217;q.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vokzal (inglizcha Vauxhall \u2014 Londondagi sayrgoh bog&#8217;ning nomi) \u2014 yo&#8217;lovchilar va transportga xizmat ko&#8217;rsatish uchun mo&#8217;ljallangan bino yoki binolar majmui. 17-asrda ingliz Jeyn xonim voks (Jane Vaux) London yaqiniga bog&#8217;va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vokzal\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99910","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99910","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99910"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99910\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99911,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99910\/revisions\/99911"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99910"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99910"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99910"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}