? BAYRAMLAR:
?? Rossiya – Ayiqlar kuni.
?? Polsha – Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni.
?? Xitoy – Nankin qirg‘ini qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Indoneziya – Nusantara kuni.
?? AQSh – Skripka kuni.
?? AQSh – Milliy ot kuni.
?? AQSh – AQSh Milliy gvardiyasining tug’ilgan kuni.
?? Braziliya – Dengizchilar kuni.
?? Sent-Lyusiya – Sent-Lyusiya milliy kuni.
?? Malta – Respublika kuni.
? VOQEALAR:
- 1476 – Uilyam Kekston birinchi bo’lib tipografda kitob chop etdi.
- 1545 – Reformatsiyaga qarshilar Trent ibodatxonasida namoyishlar oʻtkazishdi.
- 1577 – Frensis Dreyk o’zining birinchi katta ekspeditsiyasiga jo’nadi.
- 1642 – Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman yevropaliklar orasida birinchi bo’lib Yangi Zelandiyani kashf etdi.
- 1742 – Yelizaveta Petrovnaning buyrug’i bilan yahudiylarni zudlik bilan chet elga chiqarib yuborish va bundan buyon ularni Rossiyaga qo’ymaslik buyurilgan.
- 1864 – Paragvay Braziliya imperiyasiga urush e’lon qildi. Paragvay urushining boshlanishi.
- 1888 – Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi.
- 1903 – Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi.
- 1917 – Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar.
- 1918 – “Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasi Ishchi-dehqon sovet militsiyasi to‘g‘risidagi Nizomi” ishlab chiqildi hamda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
- 1920 – Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi.
- 1937 – Nankin qirgʻini boshlandi.
- 1938 – Germaniyaning shimoli-g’arbiy qismidagi eng yirik konslager – Neuengammening ochilishi.
- 1943 – Kalavritada qirg’in sodir bo’ldi, bir yarim minggacha odam halok bo’ldi.
- 1967 – AQShda Pioneer-8 kosmik kemasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
- 1971 – Moskvada “Omadli jentelmenlar” komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1981 – Polshada harbiy holat joriy qilindi.
- 1989 – SSSRda Liberal – demokratik partiya tashkil topdi.
- 1996 – Kofi Annan BMT Bosh kotibi etib saylandi.
- 2003 – Tikrit (Iroq) shahri yaqinida Saddam Husayn asir olindi.
- 2006 – Xitoyda daryo delfinlari yoʻq boʻlib ketganligi aytildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1553 – Buyuk Genrix IV (1610) – Fransiya qiroli (1589-1610), Burbonlar sulolasining asoschisi.
- 1720 – Karlo Gotsi (1806) – italyan dramaturgi va yozuvchisi.
- 1749 – Norbo‘tabiy (1798) – Qo‘qon xoni (1763-1798).
- 1797 – Genrix Geyne (1856) – nemis shoiri, publitsist, tanqidchi.
- 1816 – Verner fon Simens (1892) – nemis muhandisi, olim, ixtirochi, “Siemens” asoschisi.
- 1873 – Valeriy Bryusov (1924) – rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.
- 1878 – Adriana Budevskaya (1955) – bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti.
- 1890 – Bertels Yevgeniy (1957) – sharqshunos olim, O’zbekiston FA a’zosi (1956).
- 1895 – Toʻxtasin Jalilov (1966) – apdoqli sozanda (gʻijjakchi) va bastakor, oʻzbek musiqali drama janri asoschilaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1937).
- 1899 – Mariya Kuznetsova (1956) – Oʻzbek professioval teatrining birinchi aktrisalaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1939).
- 1908 – Rostislav Plyatt (1989) – sovet kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1923 – Filipp Uorren Anderson (2020) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1977).
- 1930 – Nikolay Ribnikov (1990) – Sovet teatr va kino aktyori, RSFSR xalq artisti.
- 1947 – Rustambek Abdullayev – musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002).
- 1961 – Ural Rahimov – Rossiyalik yirik tadbirkor, sobiq deputat, „Bashneft“ kompaniyasining sobiq rahbari, milliarder.
- 1961 – Mirzabek Xolmedov – taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi.
- 1984 – Santyago Kasorla Gonsales – ispan futbolchisi, Yevropa chempioni (2008, 2012).
- 1989 – Teylor Elison Svift – amerikalik pop-qoʻshiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa.