14 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Qorag’at (smorodina) kuni.
? Akulalar haqida xabardorlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya ‐ Milliy soliq kuni.
?? Fransiya – Bastiliya kuni.
?? Iroq – Respublika kuni.
?? Shvetsiya – Valiahd malika Viktoriyaning tug’ilgan kuni.
?? Buyuk Britaniya – «Qora mamlakat» kuni.
?? Yangi Zelandiya ‐ Matariki (Maori Yangi yili).

? VOQEALAR:

  • 1099 – Salib yurishlari:  Quddus qamali boshlandi.
  • 1410 – Shohrux Mirzo Movarounnahrda tinchlik o‘rnatgach, Samarqandga kirib keldi.
  • 1789 – Bastiliya qal’asi Parij isyonchilari tomonidan egallab olindi. Bu Buyuk Fransiya inqilobining boshlanishi edi.
  • 1860 – Rossiya Davlat banki tashkil etildi.
  • 1867 – Alfred Nobel  dinamitni  namoyish qildi.
  • 1896 – Birinchi rus avtomobili chiqdi.
  • 1902 – Venetsiyada Mark cherkovi qulab tushdi.
  • 1905 – Oklahoma hindulari Sekvoya hindular shtati tuzilganini e’lon qilishdi (AQSh Kongressi uni tan olishni rad etdi).
  • 1912 – Buxoroda o‘zbek tilida “Turon” gazetasi chop etila boshlandi.
  • 1941 – Katyusha qurilmasining birinchi qo’llanishi.
  • 1952 – Amerikaning General Motors kompaniyasi dunyodagi birinchi bo‘lib avtomobillarga konditsionerlarni o’rnatishni boshlaganligini e’lon qildi.
  • 1958 – Iroqda inqilob (14-iyul inqilobi). Monarxiyaning ag’darilishi va Qosimning hokimiyat tepasiga ko’tarilishi.
  • 1967 – Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to’g’risidagi konvensiya imzolandi.
    -1969 – Salvador va Gonduras  oʻrtasida futbol urushi.
  • 1976 – Kanadada o’lim jazosi bekor qilindi.
  • 1990 – Gorbachyov va Ivashkodan tashqari, KPSS Markaziy Qo’mitasining Siyosiy byurosi tarkibi to‘liq o’zgartirildi.
  • 1993 – Tatariston Respublikasining madhiyasi tasdiqlandi.
  • 1997 – Qashqadaryo viloyatida Ko’‘kdumaloq kompressor stansiyasi ishga tushirildi.
  • 2015 – “Yangi ufqlar” XAS Pluton yaqinida uchib o‘td, minimal masofa uning markazidan 13691 km uzoqlikda edi.
  • 2016 – IShID terrorchisi boshqargan yuk mashinasi Nitsa shahrida olomonni bosib o‘tdi.
  • 2017 – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat Faxriysi” ko’krak nishonini ta‘sis etish to‘g‘risida”, “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarorlari qabul qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1454 – Anjelo Poliziano (1494) – italiyalik shoir va dramaturg, gumanist.
  • 1602 – Julio Mazarini (1661) – cherkov va siyosat arbobi, Fransiyaning birinchi ministri (1643-1651 va 1653-1661).
  • 1743 – Gabriel Derjavin (1816) – rus davlat arbobi va shoiri, klassika namoyandasi.
  • 1800 – Jan Dyuma (1884) – fransuz kimyogari, organik kimyoning asoschisi.
  • 1816 – Jozef de Gobino (1882) – fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasining asoschisi.
  • 1913 – Jerald Ford (2006) – AQShning 38-prezidenti (1974-77). 
  • 1918 – Jey Forrester (2016) – amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi.
  • 1921 – Jefri Uilkinson (1996) – ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973).
  • 1928 – Saʼdulla Karomatov (1987) – jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).
    1928 – Nodar Dumbadze (1984) – gruzin sovet yozuvchisi.
  • 1933 – Nusrat Abdullayev – patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989).
  • 1939 – Oʻtkir Sultonov (2015) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003).
  • 1942 – Xaver Solana – ispaniyalik fizik va siyosatchi, 1995-1999-yillarda NATO Bosh kotibi.
  • 1945 – Shiv Nadar – hindistonlik yirik sanoatchi va xayriyachi
  • 1952 – Muhammadali Abduqunduzov – aktyor, O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti. 
  • 1960 – Polina Dashkova (Tatyana Polyachenko) – rus yozuvchisi.
  • 1987 – Sara Kanning – kanadalik kino aktrisasi.
  • 1988 – Konor MakGregor – irlandiyalik aralash yakkakurashchi, sobiq UFC chempioni.
  • 1990 – Yan Nepomnyashiy – rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster (2007).