14-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1301. Yana bir fakt: Petr I davrida SHUNDAY odamlardan mahsus soliq olingan ekan. Sharqda esa oq SHUNDAYlardan soliq olinmagan aksincha ularga shogird bo’lishga shoshishgan.
Diqqat Savol: qanday odamlardan?

Javob: Soqolli odamlar

1302. Ko’p odamlar UNI borligiga ishonadi. Immanuel Kant fikricha, inson bilgan barcha narsalar U orqali boshlangan. Va yana aytishadiki, u faqat kimda bor bo’lsa, o’sha odamgagina pand beradi.
Diqqat savol: UNI ayting?

Javob : Intuitsiya

1303. Okean va dengizda suzish kimga yoqmaydi? Lekin qayiqchada suzsangiz, sal xavfliroq. Xuddi, Yana Martella ahvoliga tushasiz.
“Ularning hujumi ostida qoldim, ularning har biri meni nayzadek jarohatlar edi” deydi Yana xonim.
Diqqat savol: Yanaga dengizda nima hujum qiladi?

Javob: uchar baliqlar.

1304. Hozirgi kundagi xazilkash psixologlarning fikricha,
“Erkak – Marsdan, Ayol esa Venera sayyorasidan kelmagan” deydilar.
Balkim, bu ikki kompaniya mahsulotidek. Faqat birining ichida yong’oq ko’proq.
Diqqat savol: Bu ikki kompaniya mahsulotlarni ayting?

Javob: Mars va Snikers.

1305. Salvador Dali juda tejamkor va mashhur odam bo’lgan. O’zining dastxatini ULARNING orqa tarafiga yozgan.
Diqqat Savol: dastxatni nimaning orqasiga yozgan?

Javob: chek.
Izoh: Chek berilgan odam uni yechib olishga shoshmaydi, sababi bu dastxat tushurilgan chekni Dali muxlislariga qimmatroq sotishi mumkin.

1306. Gollandiyada qadimdan shunday ishonish bor: “shu oyda tug’ilganlar oyoqlari kalta bolarmish”
Diqqat savol: qaysi oy?

Javob: Fevral

1307. Meditsina jurnalida shunday topishmoq bor: “men OQlar tomonidaman-u ammo, QIZILlarni himoya qilaman” topishmoq javobi grekcha so’z.
Diqqat savol: Topishmoq toping?

Javob: Leykositlar

1308. Luvr muzeyining kirish binosi bu shaklda uning shakliga 603 ta romb va 70 ta uchburchak oyna bo’laklari ishlatilgan ekan.
Diqqat savol: Luvr kirish bino qanday qurilgan?

Javob: Piramida shaklida

1309. Savolimizning javobini qumsoat hal qilib beradi.
Diqqat savol NIM kompyuter o’yini qaysi ingliz so’zidan kelib chiqqan?

Javob: WIN
Izoh: “Nim” teskarisi “Win”

1310. Metro mavzusidan savol. Metroda ogohlantirguvchi ovozli hamda yozilgan ogohlantirgichlar talaygina. Masalan, suyanmangiz, yoki ogohlikka chaqirib buyumlarni qoldirmaslik va hokazo.
Diqqat savol: Qaysi hollarda yo’lovchilar mashinist bilan bog’lanish kerak?

Javob: vagonda tutun chiqsa yoki nosozlikni payqasangiz!

1311. Zakovat markaz bo’lgan yana u bilimdonlarni yaratgan, barcha bilimdonlar zakovatga boradi.
Diqqat savol: bu to’qima tushuncha, siz menga asl tarqalgan tushunchani ayting?

Javob. Barcha yo’llar Rimga olib boradi.

1312. Birinchi marta bu yangilik 28 iyun 1998 yilda jahon chempionatida amalda qo-llanilgan. O’yin Loran Blanning 114-daqiqadagi goli bilan yakunlangan.
Diqqat Savol: bu qanday yangilik?

Javob: Oltin gol (birinchi golgacha)

1313. 1999-yilda Gretsiyalik Avramis bir sportda Jahon chempioni bo’ldi. Undan oldinroq 1987-yili esa jahon chempioni, Italiyalik Maensa ismli sportchiga nasib qilgan.
Diqqat savol: Bu qaysi sport turi?

Javob: Yunon-Rum kurashi
Izoh: biri Gretsiyalik (Yunonlik), ikkinchisi Italyan( Rimlik)

1314. Fransuzchada bu ibora
“un cope de foudre” – chaqmoq chaqnashi. Inglizchada bu
“Blind date” – ko’rona uchrashuv.
Diqqat savol: o’zbeklarda bu ibora qanday?

Javob. Bir ko’rishda sevgi

1315. Qozoq xalqida aldar, Bolgarlarda ayyor,
Bizda – ?

Javob: Nasiriddin Afandi

1316. Suelning ilk rivojlanish paytida uylar past qavatli edi. Joniga suiqasd qilganlar “Indogiyo nomli birinchi inshoatni “sevib qolishadi”.
Diqqat savol: bu qanday inshoat edi?

Javob: ko’prik

1317. Buyuk faylasuf Emanuel Kant shunchalar tartibli va intizomli bo’lgan ekanki, Kyoninsberg aholisi chindan Kant ko’chada yurganida unga qarab bir narsani bilishar ekan.
Diqqat savol: Kantga qarab nimani bilishgan?

Javob: Aniq vaqtni

1318. Savolda “ko’rinish” so’zi almashtirilgan:
Agarda sher hayvonlar orasida qirol bo’lmaganida, unvon UNGA nasib qilardi. U haqiqiy o’lim mashinasi va gecham uning KO’RINISHIga ishonib adashmang.
Diqqat savol: “Ko’rinishi” qaysi 3 so’zlar bilan almashtirilgan?

Javob: oppoq va maymoqligi
Izoh: bu hayvon oq ayiq, siz uni yumshoq va maymoqligiga ishonmang!

1319. “Doim menga odamlar tosh uloqtirgandan keyin, kim ham meni yoqitirishi mumkin?”
Bu Toni Espoziti so’zlari edi.
Diqqat savol: uning kasbini ikki so’z bilan ayting?

Javob: hokkey darvazaboni

1320. Yeketerina II ning umurtqa pog’onasi shikaslanadi. Davolashda esa bir kasb egasi unga muolaja ko’rsatadi.
Bu kasb egalari o’z vaqtida ishlarini sifatli bajarish uchun odam anatomiyasini yaxshi o’rganishgan.
Diqqat savol: Bu qaysi kasb?

Javob: Jallod
Izoh: jallodlar o’z ishlarini aniq va mijoziga uzoq og’riq bermaslik uchun anatomiya o’rganishgan

1321. Bir komputer o’yinida qisqa vaqt ichida Kalashnikov miltig’ini yig’ish kerak bo’ladi, monotorning o’ng tomonida U turadi. Agar singan Uni tanlasangiz omadingiz kelmagani aniq.
Diqqat savol: U ostida nimani yashirdik?

Javob: gugurt cho’pi.
Izoh: muzokara paytida singan gugurtni tanlagan odam doim noqulay ish bajarishi kerak bo’ladi.

1322. Bir XIX asrga oid rasmda bolalar jar yoqasida o’ynayotgani tasvirlanadi. Rasmda yana ALFALAR chizilgani ko’nglni xotirjam qiladi. Alfalar qandayligini ko’rmaganman, ammo bir taniqli filmda ularni kichkinaligi aytib o’tiladi.
Diqqat savol: Qaysi film?

Javob: kichkina tabib
Izoh: alfa bu farishtalar.

1323. Birinchi kitob 1887 yilda rus tilida, Birinchi kitob 1887 yilda polyak tilida, Birinchi kitob 1887 yilda fransuz tilida, Birinchi kitob 1887 yilda nemis tilida, va yana bir necha tilda nashr etildi. Har bir gapda bir so’zni tushirib qoldirilgan.
Diqqat savol: qaysi so’zni?

Javob: esperanto.
Izoh: birinchi esperanto kitobi.
Esperanto – olimlar tomonidan yaratilgan sun’iy til.

1324. 3 mamlakat vakili bir stolga yig’ilishibti.
Hindistondan yoga,
AQShdan kovboy,
Angliyadan jentelmen,
Diqqat savol: stol ostida nechta oyoq bor?

Javob: Bir dona oyoq.
Yogachi chordana,
Kovboy oyoqlarini stol ustiga, jentelmen oyoq chalkashtirib o’tiradi.

1325. Kristianu Ranaldu hozirgacha quyidagicha ishlar bajardi: Cheshir Grafligidagi uyni sotib Madrid yaqinida o’zi uchun uy oldi, oyisiga Madeyr orolida penthaus oldi, singillari uchun kiyim kechak do’konlari ochishiga investitsiya qildi, akasiga C.Ronaldu muzeyini ochib berdi, Manchester United klubidagilar agar C.Ronaldu faoliyati shu tarzda davom ettirsa U YERGA sig’dirishi mumkin bo’lgandan ko’ra ko’proq mulkga ega bo’lar ekan.
Diqqat savol: u yerda o’rnida qaysi so’z almashtirilgan?

Javob: monopoliya o’yinida.

1326. Milord Pavich “dunyoda hamma narsa balansda (teng) bo’lishi kerak” deydi. Masalan, “sanoqlilarga sanoqsizlar, o’ng va chap, erkak va ayol” lekin bir o’yinga uning nafrati bor edi.
Diqqat savol qaysi o’yinga?

Javob: shaxmat
Izoh: oq ustidan qora
qora ustidan oq g’alaba qilishi

1327. Bu qurolning vazifasi nishonni poylash uchun emas, ogohlantirish uchun.
Diqqat savol: quroldan foydalanmaganda qanday inglizcha so’z aytiladi?

Javob: Start

1328. Bu taomning aslini yaponiyaliklar akula terisidan oladi.
Diqqat savol: qaysi taom?

Javob: Vassabi

1329. “Bu harakatim o’zimni himoya qilshim uchun edi. Agar birinchi bo’lib harakat qilmaganimda u meni nobud qilgan bo’lardi”
Diqqat savol:. 1893 yilda bu so’zlarni ommaga kim oshkora aytgan?

Javob: A.K. Doyl
Izoh: Sherlok Holms so’nggi ishi asaridan so’ng. Ammo bir necha vaqtdan so’ng Sherlokni yana tiriltiradi.

1330. Mog’ullarda ba’zi yoshi katta erkaklar qo’llarini orqaga jipslashtirib yuradilar. Ammo mabodo kichkina yoshdagi bolalar bunga taqlid qilishsa kattalar xafa bo’lishadi va bunday qilmaslikni uqtirishadi.
Diqqat savol: qachon mog’ul odam qo’lini orqaga qilib yurishi mumkin?

Javob: ota onasi vafotidan so’ng
Izoh: oila boshi bo’lgandan keyin. Agar bola bu harakatni qilsa otasi meni o’ldiga chiqazdi deb xafa bo’ladi.

1331. XIX asr oxirlari Fransiyada yuqoridagi rasmdagi kabi yengil kiyimlarda balga kelish yosh ayollarda urf bo’la boshladi. Fransuz moda jurnalida bu kiyim kiyishdan oldin bir joyga borishni maslahat berishgan.
Diqqat savol: Qayerga?

Javob: Qabristonga
Izoh: shu paytlarda bu kiyimni kiygan ayollarning ko’pchiligi shamollashdan vafot etgandi

1332. XIX asr afishalarida ULARNING ismini defis bilan yozishardi. Ularga bag’ishlangan Bobbi va Piter Farellilar filmining nomi esa ” senda tiqilib qoldim”( Застрял в тебе) deb nomlanadi.
Diqqat savol: Ularni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Siam egizaklar
Izoh: Fineasa Barnuma sirkining Siam egizaklari ismlari afishalarda -defis bn yozilgan (Changa-Enga), hayotda ham ular ajralmasdek. Farellilarning filmi ham siam egizaklariga bag’ishlangan.

1333. Italyan ruxshunoslari aytishicha BIRINCHINI – ” xotin”, “oila” va “uyning shinamligiga” qiyoslaydi.
IKKINCHINI esa “o’ynash ayolga” qiyoslaydi sababi uni deb siz uyingizdan chiqishingiz kerak. Ammo hozirgi kunda “o’ynashni” uyga taklif qilsa boladi.
Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHINI bir xil harf bn boshlanuvchi so’z bn yozing?

Javob: pasta/pitsa.
Pasta italyaliklarda milliy uy taomi, pitsa esa buyurtmali taom.

1334. -VOVOCHKA nima uchun diktantingda bo’shliqlar qoldirib ketgansan?
-MARIYA IVANNA bu … uchun.
Diqqat savol: nima uchun?

Javob: Reklama

1335. Suxoy zakon (qonun tomonidan ichkilik taqiqlangan payt) rus bolsheviklar tomonidan rad etilgandan so’ng. Nikolay II va Lenin narigi dunyoda uchrashibdi.
-Janob Lenin, siz ham aroqni ishlab chiqarishga ruxsat berdingizmi?
nechi gradus?
30 gradus?!
Bor yog’u 2 gradus uchun …
diqqat savol: anekdotni yakunlang?

Javob: Revolutsiya qilish kerakmidi

1336. Yumor qiroli Yuriy Krayney aytishiga ko’ra: telefon bo’lsa bu qulaylik, telefon 2 ta bo’lsa to’kinlik, telefon 3 ta bo’lsa dabdabalk.
Diqqat savol: qanday holatda g’oyat baxtli bo’lish mumkin?

Javob: Telefon bo’lmaganda

1337. Klivlindda er-xotin ajrashish jarayoni. Xotin bir sabab tufayli eri bilan ajrashmoqchi, sudya ish ko’rib chiqqach, ayolni tushunib ajrashishga ruxsat beryapti. Sababi eri xotining o’qiyotgan asarning taxminan 30 chi betlarida bir narsani yozib qo’yar ekan.
Diqqat savol: Nima yozganini ikki so’z bilan ayting?

Javob: qotil ismi
Izoh: xotin dedektiv asarlarni yoqtirar ekan, eri esa u o’qiyotgan kitobni o’rtalarida qotil ismini yozib kayf beliga teparkan

1338. Brus Li xujum qilishda katta tezlikka ega bo’lgan. Kinoprodusserlar uning tez harakatlari tufayli suratga olish jarayonida bir muammoga duch kelishgan. O’sha paytgacha kinoda ULAR odatda 24 talik bo’lgan Li janoblarida ULAR soni 32 taga yetardi.
Diqqat savol: Ularni nimaligini toping?

Javob: Kadrlar

1339. Tush tabiriga ko’ra: 《agarda siz UNI tushungizda o’qisangiz, demak o’zingizga ishonch yo’q》
Diqqat savol: UNI ikki so’z bilan ayting?

Javob: tush tabiri

1340. Bir jismoniy tarbiya o’qituvchisi ikkilarni IKSga o’xshatib qo’yar ekan. Zakovatda Uni ko’p qo’llaymiz.
Savol: IKSni toping?

Javob: so’roq belgisi (?)

1341. Boris Akunin romanlarida o’zini ham kamtarona rollarda asosan qahramonlarga yo’l ko’rsatuvchi qilib tasvirlagan, shuni o’rgatishim mumkinki bunday odamni teatrda ham ko’rish mumkin.
Diqqat savol: Akunin asarlarida kimni ijro etgan?

Javob: Suflyor

1342. Antik davr teatrlarida shunday qullar bo’lganki ulardan bir qo’li yo’q xarbiylar maxsus xizmat uchun foydalanishgan va qul doim egasining oldida o’tirishi shart bo’lgan. Bu qul nima maqsadda ishlatiladi demayman, siz menga bu qulning boshqa qullardan farqini ayting?
Javob: kal bo’lishgan
Izoh: kal qullar boshi yordamida chapak chalishgan.
465 savol bilan o’xshashlik tomoni bor.

1343. Agar yo’lingiz bexatar bo’lsin desangiz BUNI QILING. Dortmunlik bir odam Rim papasini yo’lda ko’rib qolib unga jarima tortilishini talab qilganmush, sababi Papa BUNI QILMAGAN ekan.
DIQQAT SAVOL BUNI QILING o’rnida qaysi 3 so’z yashiringan?

Javob: Xavfsizlik kamarni taqmoq

1344. Berdichev shaxrida ULARNING xotirasiga bag’ishlab haykal o’rnatishga mahalliy aholidan pul yig’ish boshlaganlarida Avval hayratlanib keyinchalik rozi bo’lishibti chunki odamlar un bu qiziq edi. Aqshda 1967 yilda olingan kinoda esa ULARni ichki azolari ko’rsatishadi lekin bu yolg’on bo’lib chiqadi.
Ular ostida nima yashiringan?

Javob: o’zga sayyoraliklar

1345. Napaleon III ning dengiz jangchilari 1854 yil 14 noyabrda og’ir yo’qotishlarga olib kelgan ekan, shundan so’ng bir jamoa tuzdiradi, ularga yangi maxsus bir xizmat yuklanadi.
diqqat savol: doimiy ogohlantirib turishi kerak bo’lgan bu maxsus guruh qanday xizmat bilan shug’ullanishgan?

Javob: ob- havo

1346. Ingliz Vikipediyasiga ko’ra bu so’zcha xarbiylarning raportida “o’lganlar yo’q” so’zidan kelib chiqqan emish.
Bu qanday so’zcha?

Javob: OK
Izoh: 0 killed

1347. Bir aforizmga ishonadigan bo’lsak BUNI QILADIGAN odamlar gunohlaridan voz kechish maqsadida qilar ekan. Korolenko hikoyasidagi qahramon pakana nogironning BUNI QILGANIDAN hayron qoladi.
Aytingchi gap nima haqida?

Javob: sadaqa berganidan

1348. Astranavt Villiam Andersning o’g’li otasidan so’rayapti kosmosda “Apollon- 8″ni kim boshqaradi? Anders “asosan Azimov boshqaradi” deydi.
Aytingchi Azimovni qaysi familya bilan almashtirdik?

Javob: Nyuton
Izoh: tortishish kuchi qonuni Nyutonga tegishli, Azimov ham Isaak bo’lgankan

1349. Chapeka hikoyasida nogironni shunchalar haqiqiy ijro etgan aktyorni ko’rishga ULAR kelishgan ekan. 1879-1884 yillarda Anton Chexov ham ULARDAN biri bo’lgan ekan.
Maksimal aniq qilib ayting Ular bu kimlar?

Javob: talaba medik

1350. Sobiq ittifoq davridagi karikaturalarda g’iybatchilik bilan kurashish maqsadida quyidagi so’zlar yozilgan edi: mana ikki quloq, bir tomonidan BIRINCHI kirib MILLIONINCHI chiqib ketyapti.
Diqqat savol birinchi va millionchi qaysi ikki so’zga almashtirdik?

Javob: pashsha va fil
Izoh: pashsha kirib fil chiqqan

1351. O’ushenning 11 do’sti filmida bir qahramon “sezar palas” kazinosini o’g’irlay olmagani uchun uch so’zlik mashhur frazani 2 so’z bilan tugatadi.
bu qanday fraza?

Javob: keldim ko’rdim
Izoh: keldim ko’rdim yuttim
Bu safar u eplay olmadi

1352. Bir necha yil oldin internetda mashhur brendlarning inqirozga uchraganda logotipi qay ahvolga tushishi tasvirlanadi. Masalan, apple kompaniyasi olmaning ikki tarafi tishlangani tasvirlanadi.
qaysi yunoncha nomli kompaniyaning logotipi oxiriga borib oqarib borayotgani tasvirlanadi?

Javob: Xerox (printerda qora rang tugashi)

1353. Eskimoslar UNI qor ustiga bir usulda joylashtirishadi, agar bunday qilmasa u yopishib qolishi mumkin ekan, ba’zi rus boylar esa UNI ikkinchi usulda joylashtiradilar.
Aniq qilib aytingchi gap nima haqida?

Javob: Ayiq terisi (oq ayiq terisi agar juni tepada qolib ichki tomoni qor ositda qolsa u albatta yopishib qoladi

1354. Bir multfilmda qurbaqalar qimirlamasdan UNDAN komar chiqishini kutib o’tirishadi. Yoshligimizda esa UNDAN bir boshqa jonzot chiqadi deb ishonardik.
Undan so’zi qaysi so’z yashiringan?

Javob: Fotoapparat

1355. Bir teatr postonovkasida Aktyor Vuels birinchi qatorda o’tirgan bir tomoshabin qo’li cho’ntagiga solinganidan qo’rqib ketadi, ammo cho’ntakdan qurol chiqmaydi lekin teatr tugaganda Vuels Undan ko’ra qurol chiqazsa yaxshi bo’lardi deb xafa bo’ladi.
Tomoshabin cho’ntagidan nimani chiqazadi?

Javob: qo’lsoat ( sabrsiz tomoshabin qachon teatr tugarkan deb toqatsizlangan ekan)

1356. Aqshda 1980 yilda qo’yib kelinayotgan “Simpsonlar” nomli multfilmda Gomer Simpson bir kunlik umri qolganidan xabar topadi, shunda darhol qilishi kerak bo’ladigan ishlar ro’yhatini tuzadi. Uning qiladigan ishlar ro’yhatidagi birinchi punktini darxol qiladi.
Aytingchi birinchi punktida nima yozilgan edi?

Javob: Ro’yhat tuzish

1357. Fyoder Shalyapin ikki marta BU ISHNI qiladi. Birinchisi, 1915 yilda, ammo muhlislari uning ovozidan bahramand bo’la olmadilar, shundan keyin xonanda anchagacha bu ishni qilgisi kelmadi. Faqatgina ikkinchi marotaba 1935 yildan so’ng butun dunyoga mashhur bo’ldi.
Xonanda nima ish qilganini ayting?

Javob. kinoda o’ynash/ kinoda rol ijro etish
Izoh: birinchi marta ovozsiz kinoda keyin ovozli kinoda rol ijro etgan.

1358. Royalda ikkita pedal borligidan bir odam bu royal shunaqa ekanda der ekan
Savol bu qanday royal edi?

Javob: Avtomat karobka

1359. 1924 yilda Ivanovo shahrida bir tikuv sehi ishga tushibti, yillar o’tib sehga “parvoz” nomi berilibti.
Savol: aytingchi bu sehning asosiy mahsuloti nima edi?

Javob: Parashut

1360. Bir fantastik romanda quyidagi 6 olimlarning ismi bor ekan ular:
AY, AY-AY, AY-AY-AY, …
Siz menga qolgan uchtasini ismini ayting?

Javob: AY-BI, BI, BI- AY
Izoh: I- II- III- IV- V- VI

1361. Bir xazilona serial qahramoni ôta pessimist do’kon egasi ekan, chunki Yopiq so’zini osib qo’yibti.
Aniq ayting qayerga?

Javob: eshik tashqi va ichki tomonidan( ichkaridagi mijozlarni qo’yib yuborishni begonalarini kiritmaslikni)

1362. Menda 3 ta ULAR borligi uchun qirol LIR rolini ijro etishim katta qiyinchilik keltirmadi deydi aktyor Piter Ustinov. Ingliz Adabiyotida asarlari bilan katta his qo’shgan 3 ta ULAR bir familyaga ega.
Ular ostda qaysi so’z yashiringan?

Javob. Qizlar (opa singil Brontelar, qirol Lirda 3 nafar qizi bo’lgan)

1363. Berner Varber qahramonining tayyor so’zlarni masalan ibora va aforizmlarni yoqtirmas ekan, bunday so’zlarni muzlatilgan fikrlar va tez xazm bo’ladigan intelektual ULARGA o’xshatadi.
Nimaga o’xshatadi?

Javob: Fastfood

1364. Bu qahramon bir umr unga tegishli bo’lgan narsani qidirib kelarkan. Xatto Vashington Irvingning bir asarida ham bu qahramon o’zining ahvoliga boshqalarni solarkanu ammo hech ham … to’g’ri kelmas ekan.
Bu asar nomi yoki qahramon qidirgan narsani ayting?

Javob: Boshsiz chavandoz (Boshini qidirgan

1365. Tasavvur o’yini, Chorsu gumbazida ikkita xaridor bozor qilishga tushibti biri tezroq yurib sovdalasharkan ikkinchisi cho’loqlanib uzoqroq bozorlik qilarmish.
Aytingchi tepadan qarasak bu ikkisi nimaga o’xshaydi?

Javob: Minut va sekund

1366. Ozzi Osborn musiqachi yaqinda bir guruh odamlar rasmga tushayotganlarida ularni qorqitib yuboradi.
Aytingchi bu voqea qayerda bo’layotgan edi yoki qanday qo’rqitib yuboradi?

Javob: Madam Tyusso haykal muzeyida (Mashhurlarning Haykallari qo’yilgan, musiqachi haykaldak qotib turgan)

1367. Gibraltar bo’ylaridagi quyilishda bir orol bor, antik davrlarda bu orolni dengizchilar hech aylanib öta olmasdilar bundan mahalliy orol aholisi yaxshigini foydalanishar edi, yani turli xil Katta kichik pul undirish yo’llari bilan foyda ko’rishgan ekan. Hatto o’sha paytdagi orolga berilgan nom ham Kundalik hayotimizda amalga qo’yilgan ekan.
Orol nomi nima?

Javob: Ta’rif

1368. Xitoy ierogliflarini o’rganayotganingizda BU so’zni yasalishida: tirnoq, tom( yoki ko’rpa), yurak va do’st degan ieroglifdan yasaladi.
Savol bu qaysi so’z?

Javob: sevgi (do’stdak kirib kelib tirnoqlari bilan yurakni tirnab ko’rpadek o’rtib oladi)

1369. Bir yevropa shahrida muzey ochiladi. Muzeyning bir vaqtda sig’imi 3500 kishi. Muzey nomida kino ham bor.
gap qaysi muzey haqida?

Javob: Titanik

1370. Taturovka ishqibozlari yozuvlariga etibor berganmisiz?
Bir kishida U borligi uchun taturovkada shunda yozuv yozdirgan ekan:
D i a b …
To’liq siz yozing?

Javob. Diabet (taturovkalarga nima yozishni bilmaganlar o’zlarini kasaligini yozib qo’yisharkan, kasalikdan qutilmaslik uchundir)

1371. Barselona klubiga Fabregaz Seskaning qayta qaytishini muhbirlar maqola sarlavhasini XVII asrdagi bir asar nomini ishlatishadi.
Asar nomini ayting?

Javob. Daydi o’g’ilning qaytishi (Rembrandt)

1372. 1927 yilda Charlz Lindberg U yerda turgan, 1938 yilda Adolf Gitler u yerda turgan, 1939- 1942 yilda esa Stalin u yerda ikki marta turgan.
Aniq ayting qayerda turgan yoki ularga qanday umumiy nominatsiya berilgan?

Javob: Tayms jurnali (yil odami nominatsiyasi)

1373. 80 yil oldin Rossiyada U YERDAN, “Ё, Й, Ь, Ъ, Ы ” harflar u yerdan iste’moldan olinib tashlangan, keyinchalik u yerdan 16 tasi olib tashlangan, bizda esa u yerda lotinchasi ishlatiladi.
Savol qaysi lotincha harf bizda u yerda ishlatilmaydi?

Javob. i (avtomobil raqamlarida)

1374. Normaga ko’ra BU narsa 1 soat davomida selsiy bo’yicha 1100 gradusga chidashi kerak, ЧГКda esa BUning boshqachasini savolda ko’p qo’llashadi.
Bu nima?

Javob: qoraquti (bartovoy samopisets- qoraquti)

1375. Diqqat savol:
Suratda qanday jarayon ko’rsatilgan?

Javob: Hayvonlarning og’irligini o’lchash.

1376. Fransuz harbiysi Sharl Barbe Napaleon buyrug’iga binoan bir kashfiyotni ochishga birinchi qadam qo’yadiyu lekin bizga bu ixtironing 12 yoshlik maktab o’quvchisi nafaqat harbiylar uchun ammo bazi bir odamlar uchun ham foydali bo’lib chiqadi.
Ixtirochinin familyasini ayting?

Javob: Brayl

1377. Aytishlaricha sevgi vaqtga bo’ysunmasmish bunga misol tariqasida.
Aqshda bir muzeyda bir eksponat saqlanar ekan bu eksponatda ikki sevishganning hoki bor ekan.
Aytingchi muzey hodimlari sevishganlarni hokini bir qilib nimaga solib saqlashayaptilar?

Javob: qumsoat

1378. O’tgan asrning 20 yillarida Angliyaning BU bino tomlariga ” iltimos bu yerdan uchib o’tmang” degan yozuv yozilgan edi.
Diqqat savol: bu qanday obyekt edi?

Javob: kinostudio
Izoh: endigina ovozli kino yozilayotgan paytlar edi

1379. “Palermoda ishq” filmdagi qahramon qiz kamondan o’q otadigan yigit bilan tanishib qoladi va qiz UNDAN qörqishini yigitga aytadi.
Qiz qo’rqadigan UNI yunon xudosi nomi bilan ayting?

Javob. Amore( sevgi xudosi o’z o’ljalarini kamon bilan nishonga oladi)

1380. Bir gazeta sarlavhasida “Taniqli sovet GEOLOGI vafot etdi” so’zi yozilgan edi. Men uning haqiqiy GEOLOG ekanligiga shubham bor, chunki malakalisi hatto iz ham qoldirmasdi.
Geolog so’zi almashtirilganini bilgan holda ularning orasidagi mashhuriga tegishli raqamni ayting?

Javob: 007
Izoh: agar mashhur shpion bo’lsa uni professionalligiga shubxa bor. agent Jeyms Bond (007)bilamizki kinodagi ajoyib ayg’oqchi

1381. Shampan vinosi asosan bayramlarda dasturhonga tortiladigan ichimlik, bruks restoranida 1861 yilda qirolicha Viktoriyaning eri Albert motamiga shampanga bir narsa aralashtirib motam belgisi sifatida tarqatilgan ekan.
Shampanga nima qo’shib mijozlarga tarqatilgan?

Javob: pivo
Izoh:Shampan+ pivo qora rangga kirarkan

1382. Margaret Etvud Yozayotgan ruchkaning harakatini bir jonzotning harakatiga o’xshatibti.
Savol qaysi jonzotga?

Javob. krabga (yon tomoni bilan yurish)

1383. Agar sutkaning o’tgan vaqti qolgan vaqtidan ikki marta kam bo’lsa, hozir soat necha?
Javob. Soat 8:00 boldi.
Chunki sutka tugashiga yana 16 soat bor.

1384. Sinfda 36 ta o’quvchilar bor.
Yigitlar qizlardan 3 taga ko’p.
Ularning sonini toping?

Javob: Savol yechimga ega emas.
Sababi bir son ikkinchisidan 3 taga ko’p bo’lsa ulardan biri albatta toq bo’lishi kerak. Toq va juft sonlarning yigindisidan doimo toq son kelib chiqadi va hech qachon juft son hosil bo’lmaydi.

1385. Bloknot o’rama jildi bilan 11 so’m turadi.
Agar bloknotning o’zi jildidan 10 so’mga qimmat.
Ular alohida narxini toping?

Javob: Bloknot 10.5 so’m.
Jildi 0.5 so’m.
10.5 so’m-0.5 so’m=10 so’m.

1386. Eng katta 3 xonali sonni hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa eng katta ikki xonali sonni necha martta qo’shish kerak?
Javob. 10 marta.
9+99+99+99+99+99+99+99+99+99+99=999.
9-eng katta bir xonali.
99-eng katta ikki xonali.
999- eng katta uch xonali.

1387. 1 dan 100 gacha bo’lgan juft sonlarning yig’indisi toqlari yig’indisidan qanchaga katta?
Javob. 50 taga katta.
Sababi 100 gacha 50 ta juft son bor va har biri o’zidan avvalgi toq sondan bittaga katta

1388. Eng katta 1 xonali 2 xonali 3 xonali va 4 xonali sonlarning yig’indisini toping?
Javob. 9+99+999+9999=111 06.
Demak javob 111 06.

1389. 1)Musbat sonlarning eng kichigi?
2)Manfiy sonlarning eng kichigi?
Qaysilar?
(Diqqat bu yerda eng kichik butun sonlar so’ralmoqda.)

Javob: 1)Musbat sonning eng kichigi – 0
2)Manfiy sonning eng kichigi – mavjud emas.

1390. Futbolda turli xil qiziqarli holatlar, ajoyib gollar, hayratlanarli statistikalar, oʻzaro bogʻliqliklarni, rekordlarni koʻrishimiz mumkin. Bazi fudbolchilar esa faoliyati davomida “bu ishni” qilishga erishadi. “Bu ishni” hamma ham qila olmaydi. Chunki “bu ishni” qilish uchun har bir fudbolchiga har bir musobaqada faqat bitta imkon boʻladi. “Bu ishni” ajoyib tarzda uddalagan deya birgina Manchester Yunayted fudbolchisini eslasak boʻlgani…
Agar savolni javobini topgan boʻlsangiz, sizlar ham qaysidir maʼnoda “bu ishni” bizni turnirda bajardingiz!
Diqqat savol: “Bu ishni” maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Debyut oʻyinida gol urish!

1391. U shunday yozuvchi bo’lganki mahoratiga tan bermoqlikning iloji yo’q.Juda ko’p davlat arboblari,siyosatchilar, va hattoki davlat boshlig’i undan maslahatlar so’raganida u o’zi yaratgan
qahramonning usuliga tayanib yordam bergan ekan!
Savol: Oʻsha mashhur yozuvchini ism familiyasini 3 soʻzda ayting?

Javob: Artur Konand Doyl

1392. Ingliz yozuvchisi va faylasufi Jonatan Sviftning ULARning o’rgimchak uyaga o’xshashini. Kichik pashshani to’sib qolishi ammo qovog’arini o’tkazib yuborishini aytadi. Aslida esa bu oʻrgamchak uya pashsha uchun ham, qovagʻari uchun ham barobar boʻlish kerak.
Ularni toping?

Javob: Qonunlar
Qonunlar o‘rgimchak uyaga o‘xshaydi. Kichik pashshani to‘sib qola oladi. Ammo qovog‘arini o‘tkazib yuboradi.
© Jonatan Svift (ingliz faylasufi)

1393. Bir ijtimoiy rolikda aytilishicha, Yurtimizdagi barcha siyosatning asosiy bo’limlaridan biri Ulardir. Bir xor bo’lgan, bir zo’r bo’ladi deganidek hozirda bizda bu kasb egalarini “ichkariga” kirgizish siyosati avjida ekan.
Diqqat savol: Bu rolikda ularni tashqariga chiqarib yuborganni toping?

Javob: Xojiboy Tojiboyev.
Ular -O’qituvchilar.

1394. X juda chidamli. Xning zamonaviylari 4 mingdan ortiq buklashga chidaydi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra Xning kichigi 22 oy, Undan kattaroqlari mos ravishda 24 oy, 18 oy, 25 oy, 55 oy “yashaydi”. Biz eng ko’p biladigan X esa ko’proq ya’ni 60 oy “yashaydi”
X ni toping?

Javob: Dollar

1395. Savol: O’lmas Umarbekov ,,Sevgim, sevgilim” qissasida ,,X”ni ta’riflab ,,U naqadar murakkab va naqadar ulug‘! U insonni go‘zal va olijanob sehrgarday o‘ziga chorlaydi, erkalaydi.U inson uchun nimalar qilmagan, yana nimalar qilishi mumkin emas!” degan fikrlarni bildiradi.
X nima ekanligini toping?

Javob: Hayot

1396. X ismli buyuk shaxslarni koʻp eshitganmiz.
X ismli Novgorod knyazi XIII asrda shved va nemislarni yengib, ruslarni tahdiddan qutqarib qolgandi.
Yana bir X ismli elchi XIX asrda Buxoroga kelgani haqida ham maʼlumotlar bor.
X ismli Prezident esa doimo xalq bilan ekanini bod bod takrorlagan.
Mashhur X oʻzi va xotini uchun duelga chiqgandi
“X” ni toping?

Javob: Aleksandr
Aleksandr Nevskiy -Novgorod knyazi 1240- yil shvedlar, 1242-yil nemislar ustidan gʻalaba qozonadi.
Aleksandr Bryons – 1832-yilda Buxoroga kelgan ingliz elchisi
Aleksandr Lukashenko – Belorussiya prezidenti ” Men oʻnglar bilan ham emas, soʻllar bilan ham emas, men xalq bilan” deydi
Aleksandr Sergeyivich Pushkin – Dantes bilan duelga chiqadi.

1397. Norvegiya davlatini yaxshi bilamiz.Bu davlatda shunday odat bor ekanki siz shu harakatni amalga oshirsangiz ularning fikricha “odobdan emas”bo’lar ekan.Aytishlaricha siz bu harakat bilan o’z jismoniy baqquvatligingizni maqtagan bo’lasiz.
Bizda esa “keksalarni e’zozlash”tusiga kirgan holat nima bo’lishi mumkin?

Javob: avtobusda joy berish!

1398. Ajablanarli hol! Butun dunyoda bu so’z uchun faqat 2 ta termin ishlatilar ekan.hatto biz ham uni kundalik hayotimizda ishlatsak ham qiziqib ko’rmagan ekanmiz! yordam o’rnida bu ikkala terminni ham qadimda Xitoyliklar o’ylab topishgan ekan,nima deb o’ylaysiz?
Javob: Choy va tea

1399. Savol: Biz rus tiliga e’tibor qaratar ekanmiz uning naqadar keng qamrovli, boy til ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Lekin meni diqqatimni tortgan narsa bu tildagi ,,hukmdor” ma’nosini beruvchi 2 sinonim so’zning boshqa mamlakat yetakchilari nomidan olinganligi bo’ldi. Siz ham menga o’sha yetakchilarni yozib bering?
Javob: Buyuk Karl va Yuliy Sezar

1400. 1920-1925 yillarda ,,Malboro” sigaretasini ko’pchilik chekuvchilar yoqtirmagan. Malboro qutisini olib yurgan chekuvchi kulguga qolgan.
Savol: nega Malboro sigaretasi yangi chiqqan yillari ashaddiy kashandalar diqqatini tortmagan?

Javob: Bu sigareta avval faqat ayollar uchun chiqarilgan. Qutidagi kavboy surati keyin paydo bulgan