? BAYRAMLAR:
?? BMT – Xalqaro oila kuni.
? Xalqaro vijdonli eʼtirozchilar kuni.
? Xalqaro Huntington kasalligidan xabardorlik kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Paragvay – Mustaqillik kuni.
?? Paragvay – Onalar kuni.
?? Ukraina – Oila kuni.
?? Janubiy Koreya – O‘qituvchilar kuni.
?? Meksika – Oʻqituvchilar kuni.
?? Kolumbiya – O’qituvchilar kuni.
?? Falastin – «Nakba» kuni.
?? Sloveniya – Qurolli Kuchlar kuni.
?? Eron – Fors tili kuni.
?? Litva – Ta’sis Assambleyasi kuni.
?? Burkina-Faso – Urf-odatlar va an’analar kuni.
?? AQSh – Tinchlik zobitlarini xotirlash kuni.
?? Kambodja – Qirol Norodom Shiamoni tug’ilgan kun.
? VOQEALAR:
- 1157 – Suzdal va Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy kiyevlik boyar Petrilaning ziyofatida zaharlandi.
- 1484 – Moskva Kremlida Blagoveshensk soboriga asos solindi.
- 1525 – Tomas Myunzer boshchiligidagi qo’zg’olonchi dehqonlar Frankenhauzen jangida mag’lub bo’ldilar, Dehqonlar urushi tugadi.
- 1618 – Nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi.
- 1648 – O‘ttiz yillik urushga chek qo‘ygan Vesrfaliya sulhi imzolandi.
- 1682 – Moskvada kamonchilar qo‘zg‘oloni.
- 1756 – Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: Yetti yillik urushni boshlandi.
- 1811 – Paragvayning Ispaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1836 – F. Baley „Beyli nuqtasi“ni kashf etdi.
- 1922 – Germaniya Yuqori Seleziyani Polshaga berdi.
- 1930 – Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessaga aylandi.
- 1932 – Yaponiyada davlat to‘ntarishiga urinish.
- 1935 – Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi.
- 1987 – “Energiya” raketa tashuvchisining parvozi.
- 1988 – Sovet qo’shinlarining Afg’onistondan chiqarilishi boshlandi.
- 1989 – Moskvadagi ta’sis yig’ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganligini e’lon qildi.
- 1992 – Ozarbayjonda davlat to’ntarishi, siyosiy oppozitsiya tomonidan Ayaz Mutalibovning ag’darilishi.
- 2009 – Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiylarga o‘zi bilan bir xil portretlarda suratga tushishni taqiqladi
? TAVALLUDLAR:
- 1567 – Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi (1643) – italyan kompozitori, Opera janrining ilk klassik namunalarin yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan.
- 1625 – Karlo Maratta (1713) – barakko davri italyan rassomi va arxitektori.
- 1845 – Ilya Mechnikov (1916) – rus biologi va immuniologi, ilmiy gerontologiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1908).
- 1848 – Viktor Vasnetsov (1926) – rus rassomi, tarixiy va folklor janri rassomchiligi ustasi.
- 1859 – Pyer Kyuri (1906) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1891 – Mixail Bulgakov (1940) – atoqli rus adibi.
- 1904 – Botu (taxallusi; asl ismi Mahmud Hodiyev) (1938) – shoir, jurnalist.
- 1905 – Abraxam Zapruder (1970) – amerikalik tadbirkor, prezident J. Kennediga suiqasdni kinoplyonkaga tushirib olgan.
- 1910 – Razzoq Hamroyev (1981) – SSSR va O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor, pedagog.
- 1912 – Vohid Abdullayev (1985) – adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).
- 1915 – Paul Samuelson – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1970).
- 1922 – Xiuaz Dospanova – (2008) – Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004).
- 1926 – Muxtor Sultonov (1998) – Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985).
- 1932 – Jon Glen – ingliz kinorejissori va montajchisi, Jeyms Bond haqidagi beshta filmning muallifi.
- 1951- Abdusaid Koʻchimov – shoir, adib, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.
- 1980 – Slava (haqiqiy ismi Anastasiya Slanevskaya) – rus qo’shiqchisi, kino aktrisasi, qo’shiqlar muallifi.
- 1987 – Ser Endi Marrey – britaniyalik tennischi, 2012-yilgi Olimpiada chempioni, US Open-2012 musobaqasi g‘olibi.
- 1989 – Sulemdal Syunnyove – norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.