18 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Geliy kashf qilingan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya ‐ Konstitutsiya kuni.
?? Avstraliya – Vyetnam faxriylari kuni.
?? Tailand – Ilm-fan kuni.
?? Pokiston – Daraxt ekish kuni.
?? AQSh ‐ Milliy mustaqil ishchilar kuni.
?? Tojikiston – Sog’liqni saqlash xodimlari kuni.
?? Rossiya – Geograflar kuni.
?? Qozog’iston, ?? Ozarbayjon – Chegarachilar kuni.
?? Shimoliy Makedoniya – Armiya kuni.

? VOQEALAR:

  • mil. av. 293 – Rimda ma’buda Venera sharafiga eng qadimgi (ma’lum bo’lgan) ibodatxona qurilgan.
  • 1227 – Chingizxon vafot etdi.
  • 1304 – Filipp Chiroyli armiyasi va Flamandiya isyonchilari o’rtasida Mons-an-Pevel jangi bo’lib o’tdi.
  • 1743 – Rossiya va Shvetsiya o’rtasida Abo tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1782 – Sankt -Peterburgda Pyotr I ga atab “Mis chavandoz” haykali ochildi.
  • 1791 – Usmoniy-Rus urushiga barham bergan Kalas sulh bitimi imzolandi.
  • 1826 – Aleksandr Gordon Leing Tombuktuga yetib bordi.
  • 1845 – Rossiya Geografiya Jamiyati tashkil etildi.
  • 1868 – fransuz astronomi Pyer Yanssen quyosh spektrida yangi element – geliyni kashf qildi.
  • 1877 – Asaf Xoll Marsning yoʻldoshi – Fobosni kashf etdi.
  • 1877 – Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi.
  • 1917 – Saloniki shahrida yirik yongʻin sodir boʻldi.
  • 1920 – AQSh Konstitutsiyasiga ayollarga ovoz berish huquqini beruvchi 19 -tuzatish tasdiqlandi.
  • 1924 – Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi.
  • 1945 – Samarqandda T. Jalilov nomidagi musiqa bilim yurti ochildi.
  • 1968 – Varshava shartnomasi davlatlari rahbariyati Chexoslovakiyaga qo’shin kiritishni ma’qulladi.
  • 1980 – Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi.
  • 1984 – Moskvada “Drujba -84” musobaqalari ochildi.
  • 1991 – Mixail Gorbachyov Foros (Qrim) da uy qamogʻiga olindi.
  • 2009 – iyul oyi oxirida Boltiq dengizida qaroqchilar tomonidan qo’lga olingan “Arktik Si” quruq yuk kemasi Rossiya dengiz floti tomonidan ozod qilindi.
  • 2018 – Kipr tinchlik rejasi bilan tanilgan “Nobel” tinchlik mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibi Kofi Annan Shveysariyada vafot etdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1685 – Bruk Teylor (1731) – Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan.
  • 1750 – Antonio Salyeri (1825) – Avstriyalik italiyan bastakori, dirijyor, pedagog.
  • 1824 – Pyer Marten (1915) – fransuz metallurgi, ochiq o’choq (Marten) jarayonini ixtiro qilgan.
  • 1830 – Frans Iosif I (1916) – Avstriya Imperatori (1848-1916) va Vengriya Qiroli (1867-1916), I Jahon urushini boshlab bergan.
  • 1869 – Vasiliy Vyatkin – arxeolog, Samarqand o’lkani o’rganish muzeyining tashkilotchisi.
  • 1912 – Chingiz Ahmarov – Monomentalist, rassom.
  • 1912 – Ertugʻrul Usmon (2009) – Usmonli imperiyasining shahzodasi va Usmonli imperatorlik uyining 43-imperatori edi.
  • 1917 – Jo‘raxon Rahmonov (1977) – sovet teatr va kino aktyori, O’zSSRda xizmat ko’rsatgan artist. 
  • 1933 – Shavkat Akmalxonov – zootexnik  olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 
  • 1938 – Marks Jumaniyozov (2012) – oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi (1992-96).
  • 1957 – Karol Buke – fransuz aktrisasi (“Nemo”, “Bingo Bongo”), “Chanel” parfyumi reklamasi modeli.
  • 1971 – Avstraliya va Yangi Zelandiya Vyetnam urushidan qo’shinini chiqarishga qaror qildi.
  • 1980 – Esteban Matias Kambiasso Delo – argentinalik futbolchi, Argentina yarim himoyachisi.
  • 1983 – Magomed Ibragimov – rus va oʻzbek erkin kurashchisi, Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori (2004), Osiyo chempionati chempioni va sovrindori.
  • 1997 – Jozefin Lengford – avstraliyalik aktrisa.