19-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1801. Bir necha yil avval so‘zlagan nutqida, britaniyalik lord Saks zamonaviy jamiyat a‘zolari faqat o‘zlarini o‘ylashlari, bu esa yakunda g‘am va qayg‘uga yetaklashini takidlaydi. Hozir biz har qayoqda ” men , men , men ” so‘zlarini eshitmoqdamiz, deydi lord.
Diqqat savol. Lord Saks bu holatning asosiy aybdori deb kimni ko‘rsatgan ?

Javob. Stiv Jobs deb ko‘rsatgan. Ya‘ni: iPhone, iWatch, iPad shularni nazarda tutgan.

1802. Har bir davlatning raxmiy “U” bor va bu “U” ni hamma ishlatadi. Ba‘zi davlatlarda “U” 2 ta yana ba‘zilarda esa 3 ta. O‘zbekistonda “U” XX asr oxiridan beri rasmiy sanaladi. AQSH da esa bu rasmiy “U” yo‘q. AQSH da ham “U” ni hamma ishlatadi. Shunga qaramasdan “U” ning rasmy shakli yo‘q.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob. Til. Rasmiy davlat tili. AQSH da rasmiy davlat tili yo‘q.

1803. Bu ishga dayarli barcha davlatlarda erkaklar jalb qilinadi. Ayollar esa o‘z xoxishlari bilan borishadi. Ya‘ni ayollarni bu ishga rasman chaqirilmaydi. Lekin faqatgina Isroil davlatida bu ishga ayollar ham chaqiriladi.
Diqqat savol. Bu qanday ish ?

Javob. Harbiy xizmat. Armiyaga chaqiruv.

1804. Bu ishni deyarli hamma joyda texnika vositalari boshqaradi. Chunki ularning ishini inson qilishi anchayin murakkab hisoblanadi. Lekin Shimoliy Koreyada bu ishni insonlar bajarar ekan. Kunduzi ayollar, kechasi esa erkaklar shug‘ullanar ekan. Bu ishni bajaruvchi texnika vositalari 3 ta qismdan iborat.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda (bu qanday ish) ?

Javob: Svetafor

1805. Uning dastlabki versiyasi Londonda 1863-yilda yaratilagan ekan. Uning uzunligi o‘sha paytda 6 km ni tashkil qilgan. Hozirgi kunda juda ko‘plab davlatlarda undan keng foydalaniladi. Asasan yer ostida yuradi. O‘zbekistonda ham Uning faoliyati 1977-yildan boshlangan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: Metro

1806. Bu so‘z ” to‘rtta tomon ” ni birlashtirishdan hosil bo‘lgan. Bu so‘zni biz deyarli har kuni eshitamiz. Bu so‘z nomli gazeta, kanal,radio eshittirishlar va kitoblar ham bor.
Diqqat savol. Bu qanday so‘z ?

Javob: Bu so‘z yangilik ya‘ni NEWS edi. To‘rtta tomon bu North, East, West va South.

1807. Hamma bilsa kerak samolyot uchuvchilari ikkita kishi bo‘ladi. Bir qiziq fakt uchuvchilarga umuman bir xil taom (ovqat) yeyish mumkin emas va ularga styuardesa tomonidan bir xil ovqat berilmas ekan. (Uchayotgan paytda).
Diqqat savol. Nega ularga bir xil ovqat yeyish mumkin emas ?

Javob. Ikkalasi ham birdaniga ovqatdan zaharlanmasligi uchun. Ya‘ni agarda biri zaharlansa ikkinchisi boshqarib ketish uchun.

1808. Uning og‘irligi 225 tonna bo‘lib, U yasalgan joyida emas boshqa joyda o‘rnatilgan. Uni bir joydan boshqa joyga olib o‘tish uchun 350 ta bo‘lakka bo‘lingan va 214 ta sandiqqa joylab olib ketilgan. Uning umumiy uzunligi 93 metrni tashkil qiladi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: ozodlik haykali

1809. Yer yuzidagi barcha “Y” lar Xitoyga tegishli. Xitoy “Y” larni boshqa davlatlarga ma‘lum mablag‘ evaziga, qaytarib berish sharti bilan berib turar ekan. Afsonalarga ko‘ra bu “Y” In va Yan “birlashishidan” hosil bo‘lgan degan gap ham bor.
Diqqat savol. ” Y ” ni toping?

Javob. Panda edi. Pandalarning barchasi Xitoyga tegishli.(In va Yan bu oq va qora ranglar jamlanmasi kunfudagi).

1810. U o‘simlik barglari va o‘simlik yong‘oqlaridan tashkil topgan. Dastlab farmasevt Jon Pemberton tomonidan asab kasalliklari uchun dori sifatida petentlangan va dorixonalarda sotilgan ekan. U hozirgi kunda shunchalik ommalashib ketdiki Uni deyarli barcha davlat do‘konlaridan topish mumkin.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob. Coca cola. Koka barglari va kola yong‘oqidan tashkil topgan.

1811. Aslida Unda tam, rang va hid mavjud emas. Shunchaki bizga Uni sezish oson bo‘lishi uchun Unga hid qo‘shiladi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob. Tabiiy gaz. Asl holatida gazda hid, tam va rang umuman yo‘q.

1812. Gretsiyada erkaklar ayollarga ko‘proq Uni sovg‘a qilishar ekan. U Gretsiyada muhabbat ramzini anglatar ekan.
Diqqat savol. “U” ni toping?

Javob. Olma. Gretsiyada olma sevgi ramzi ekan.

1813. Bu meva hatto go‘daklarda ham allergik reaksiya qo‘zg‘atmaydigan yagona meva hisoblanadi. Ammo bu mavaning yana bir xususiyati bor bo‘lib bu xususiyat radiatsiya tarqatish ya‘ni radiaktiv meva hisoblanar ekan.
Asosan tropik hududlarda o‘sadi.
Diqqat savol. Bu qaysi meva ?

Javob: Banan

1814. Bu davlatda politsiya va politsiya mashinalarini suratga olish man etiladi. Hattoki “temir odam” ni suratga olganda ham politsiya tasodifan rasmga tushib qolsa, bu ham muammo keltirishi mumkin ekan.
Diqqat savol. Bu “temir odam” qaysi davlatda joylashgan ?

Javob. Fransiya davlati. “Temir odam” deganda Eyfel minorasi nazarda tutilgan edi.

1815. Tarixiy savol. Bu shaxs sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun boshiga dafna gulchanbarini taqib yurgan ekan. Bu shaxsga atab ko‘plab kino va multfilmlar olingan.
Diqqat savol. Bu shaxs kim ?

Javob. Y. SEZAR

1816. O‘zbekistonda rasmiy ular soni 2 ta, Turkmanistonda ham ular soni 2 ta. AQSH da esa ular soni 46 ta.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Prezidentlar soni ya‘ni mustaqillikdan so‘ng bo‘lgan prezidentlar soni.

1817. U bir ish qilayotgan paytda qo‘lini ishlata oladi. Boshqa sheriklari bu ishda qo‘lini ishlata olmaydi. Oldinlari Ular boshqalardan faqat kepka orqali farq qilgan. Hozirda esa kiyimlari bilan farq qilmoqda.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Futboldagi darvozabon

1818. Bu hodisa ayrim manbalarga “Bir kunlik hodisa” deb kiritilgan. Aslida bunday emas edi. “Bu bir kunlik hodisa” butun dunyoni alg‘ov – dalg‘ov qilishga ulgurgan. Yer yuzida radiatsiya miqdorini ham oshirgan. Juda ko‘plab odamlar qurbon bo‘lishgan.
Diqqat savol. Bu “Bir kunlik hodisa” ning sababchisi kim bo‘lgan ?

Javob. Adolf Gitler sababchisi. II jahon urushi edi. Bir kunlik hodisa ya‘ni 1939-yil 1 sentabrda Polshaga hujumdan boshlangan va 1945-yil 2-sentabrda rasman tugagan.

1819. 1. “Uyda yolg‘iz 2 ” filmida suratga tushgan AQSH prezidenti kim ?
2. AQSH va Rossiya orasidagi eng qisqa masofa qancha ?
3. Fransiyada qaysi hayvonga “Napaleon” deb ism qo‘yish taqiqlangan ?

Javob. 1. Donald Tramp.
2. 4 km eng qisqa masofa.
3. Cho‘chqaga

1820. Uchta do‘st dunyo kezar, birinchisi chapdan o‘ngga, ikkinchisi o‘ngdan chapga, uchinchisi esa tepadan pastga harakatlanar ekan.
Diqqat savol. Uchta do‘stning ismlarini toping?

Javob: Yozuvlar ya‘ni lotin, arab va xitoy yozuvlari.

1821. Insonlar nafaqat barcha jonzotlar ham U siz yashay olmas ekan. Uning eng tozasi Shvetsariyada ekan. Eng notozasi esa Pekinda.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Havo. Eng toza havo Shvetsariyada.

1822. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ida shunday yozilgan : ” Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir “. Birinchisi tabiiyki kitobxondir.
Diqqat savol. Ikkinchi hakamni toping?

Javob: Vaqt

1823. Bodrirallar aytgan : ” U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir “
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Xizmatkor bu – ” ichkilik ” edi. Aroq degan javob ham qabul qilindi.

1824. Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. Eramizdan avvalgi 327 – yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlari Uni ” arisiz asal” deb atagan.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Shakarqamish

1825. Savol qisqa. Qadimgi lotin aforizmlaridan biriga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, ” U ” ning keragi yo‘q.
Diqqat savol. Uni toping?

Javob. Guvoh edi. Haqiqatni gapirganda guvohning keragi yo‘q.

1826. Eramizdan avvalgi V asrda yashagan Geradot : ” U Nilning sovg‘asi ” degan.
Diqqat savol. U nimani nazarda tutgan ?

Javob: Misr edi.Nilning sovg‘asi bu Misr.

1827. Bugungi kunda deyarli hammaning xonadonida bor bo‘lgan bu Buyum xitoyliklar nazaricha kelajakni bashorat qiladi. Bu Buyum yasalganiga ming yillardan oshdi. Uni O‘zbekiston hududida ham yasashgan.
Diqqat savol. Bu qaysi buyum ?

Javob: Ko‘zgu edi

1828. Balzakning fikriga ko‘ra : ” Agar ” X ” katta bo‘lsa, uning ortida, albatta, jinoyat yotadi “.
Diqqat savol. ” X ” ni toping?

Javob: Boylik

1829. Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada ” Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q ” degan maqol bor.
Diqqat savol. Ular deb kim nazarda tutilgan ?

Javob. Egizaklar.
Izoh. Egizaklarga qo‘shni xonadondagi hamma narsalardan foydalanish mumkin bo‘lgan.

1830. Bu adibning shoh asari hali nashr qiladigan uskunalar chiqmasidan avval yozilgan bo‘lib qo‘lda 7 marta qayta qayta ko‘chirilgan ekan.Bu asarda qarama qarshilik aks etgan.
Diqqat savol. Bu qaysi asar ?

Javob. Urush va tinchlik asari edi. [ Tolstoy]

1831. Artur Konan Doyl ” Yo‘qolgan dunyo ” asaridan takabbur va qo‘pol professor Chellenjerning gaplari : ” Mening “X” im juda qimmat turadi. Menikachilik bo‘lmasada, sizning “X” ingiz ham qimmat turishini tan olaman.
Diqqat savol. “X” ni toping?

Javob: Vaqt

1832. Bu belgi aytishlaricha deyarli barcha qit‘alarni birlashtirib turar ekan. Bu belgi asosan 5 xil tusda va bunga yarasha sababi bor. Sabablardan biri qit‘alardagi shart sharoit ham tasir qilgan.
Diqqat savol. Bu qanday belgi ekanligi emas, bu belgi qachon ishlatiladi ?

Javob. Olimpiada o‘yinlarida ishlatiladi.

1833. U har safar boshini pastga qaratganda miyaga qon quyulishi tufayli halok bo‘lishi kerak edi. Lekin bunga bo‘ynidagi qon tomirlar to‘r hosil qilib yo‘l qo‘ymaydi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Jirafa

1834. O‘rta asrlar davrida bankrot bo‘lgan savdogarlar o‘zlarining bu ahvolini tevarak-atrofdagi odamlarga ko‘rsatish uchun “X” va “Y” rangli bosh kiyimlarni kiyib yurishgan.
Diqqat savol. X va Y ni toping?

Javob. Yashil va sariq rangli bosh kiyimda yurishgan.
Izoh. O‘rta asrlarda yashil boylik, sariq esa aksincha ma‘noni bildirgan.

1835. Asab kasalliklari mutaxassisi Per Dyubua Unga shunday ta’rif bergan : ” Uni tutush uchun harakatni boshlashing bilanoq, U qushlardan ham tezroq uchib ketadi “
Diqqat savol. Dyibua nimaga nisbatan shunday ta’rif bergan ?

Javob: Tush

1836. Dostayevskiy fikricha, ahmoq o‘z ahmoqligini chek qo‘yish uchun “U” ni qilish kerak.
Diqqat savol.Nima qilish kerak ?

Javob. Ahmoqligini tan olishi kerak.
Haqiqiy ahmoq esa o‘z ahmoqligini umuman tan olmas ekan.

1837. Maxsus bo‘linmalar uchun shahar sharoitida qo‘llanilishga mo‘ljallangan avtomatda ovoz so‘ndirgich, tungi ko‘rish moslamasi va shunga o‘xshash qurilmalardan tashqari bir mato bo‘lagi ham bor.
Diqqat savol. Mato bo‘lagi nimaga kerak ?

Javob. O‘t ochganda bosh glizalar yerga tushmasligi uchun. Shovqinsiz ishlashga moslashgan maxsus bo‘limlar

1838. Akademik Pavlov ta‘limotida shunday ibora muxrlangan.
Tibbiyot hodimi – insonni davolaydi.
Veterimariya hodimi esa – … … …
Diqqat savol. Jumlani davom ettiring?

Javob: Insoniyatni davolaydi degan.

1839. Mutaxassislar unga ta’rif berganda shunday so‘zlar bilan etirof etishadi : ” U shayton kabi qop – qora, farishta kabi top – toza, muhabbat kabi shirin bo‘lmog‘i kerak “
Diqqat savol. Nimaga shu kabi so‘zlarda tarif berishgan ?

Javob. Kofe, qahva edi

1840. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo‘mondon vafot etsa uning hamma boyliklari va … si ham birgalikda dahmalarga ko‘mishgan.
Diqqat savol. Jumlani to‘ldiring?

Javob. Kemasi bilan birga dafn etishgan. Ularning qabrlari anchagina katta bo‘lgan kema ham sig‘ishi uchun.

1841. 1821- yili Taleyranga bu haqda aytishganda ” Bu endi e‘tiborga molik voqea emas shunchaki bir xabar ” deb aytgan.
Diqqat savol. Qaysi xabarni shunday degan ?

Javob. Napaleonning o‘limi haqidagi xabar edi

1842. Yaponiya va Norvegiya davlatlarida o‘ziga xos urf – odat bor ekan. Bu urf shundan iboratki ular ” U ” ni faqat juft holatda ulashishadi. Faqatgina motam marosimlarida ” U ” ni toq holatda berishar ekan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Gul berish ularda juft holatda ekan. Chunki toq gul yolg‘izlik ma‘nosini berarkan.

1843. Mangoliya urf – odatiga ko‘ra : agarda siz Mo‘g‘ulistonga ( Mangoliyaga ) mehmonga borsangiz, ular sizni to toyib kekirmaganizgacha “X” ni yedirisher ekan. Chunki ularda “X” juda ham ko‘p ekan. Shu sababli ham u yerga “Y” lar mehmonga borishi unchalik ham to‘g‘ri emas ekan.
Diqqat savol. X va Y ni toping? (Ular bir -biriga bog‘liq so‘zlar)

Javob. X – go‘sht va Y – vegeteriyanlar edi.

1844. Bir kuni graf Zavodovskiy mashhur rus adibi Pushkin bilan bo‘lgan suhbatida o‘zining katta miqdordagi mulkka egaligi va bu mulk unga yaxshigina daromad olib kelishi bilan maqtanadi. Bunga javoban rus adibi men sizdan boyroqman va menda doimiy 36 ta daromad manbai bor.
Diqqat savol. A.S.Pushkin nimani nazarda tutib shunday degan ?

Javob. Rus tili alifbosi unda 36 ta harf ( tovush ) bor.

1845. Lion Izmalyov fikricha – ” U insonning to‘rt oyoqli do‘sti “. Ko‘pkina xristian qaydnomalarida Uni o‘lim belgisi ekani yozilgan. Igor Polki qissasida U ko‘p hollarda nogironlar foydalanadigan predmet deb ta’rif bergan.
Diqqat savol. U ning ruscha yoki yunoncha nomini ayting (yozing) ?

Javob. Karovat

1846. Bu predmet 40 asr oldin paydo bo‘lgan. Lyudovik XIV, Napaleon , Gyote , Anatol Frans va bir qancha mashhur shaxslar Uni kolleksiya qilishgan. Gerbert Uels hatto U haqida kitob yozgan. Biz o‘zbeklar ko‘p hollarda Uning xizmatidan voz kechib, ota-bobolarimiz usulidan foydalanamiz.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob. Qoshiq edi. Ota bobolarimiz usulidan foydalanish bu ovqatni qo‘lda yeyish edi.

1847. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi bog’lardan biriga qor olib kelishadi. Qor erib ketishini oldini olish uchun ushlash yoki ushlab ko’rish qonun bilan taqiqlanadi. Faqatgina ULAR bu qonundan mustasno edi.
Diqqat savol: ULAR ni toping?

Javob: Ko’zi ojizlar edi. Ular qorni ushlab his etib ko’rishadi

1848. 1999 – yil 6 – iyun esingizda bo‘lsa kerak. Parijda Rossiya futbol terma jamoasi fransuzlarni mag‘lubiyatga uchratadi. Ayrim gazetalarda bu g‘alabani quyidagicha tariflaydi. ” Biz alamimizni oldik ” – deb. Chuqurroq o‘ylab ko‘ring.
Diqqat savol. 1999 – yil 6 – iyundagi g‘alabani ular qanday izohlashgan ?

Javob: Pushkinning alamini olishgan. Ya‘ni Pushkinni fransuz o‘ldirgan. 1799 – yil 6 – iyunda A.S.Pushkin tavallud topgan kun. 200 yilligi bag‘ishlab fransuzlarni mag‘lub etgan.

1849. Bir necha yillar oldin Parijda an‘anaviy itlar vistavkasi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning hamma burchagidan keltirilgan itlarga narxlar qo‘yildi. Yaponiyadan keltirilgan ” Do‘st ” laqabli 8 ta it har biri 10 ming dollardan ( $ ) sotildi.
Diqqat savol. Nega bu itlar 3-4 baravar qimmat sotildi ?

Javob. Robot itlar edi ular. Shu sababli ham qimmatroq sotilgan bu itlar.

1850. Kambag‘alda tor, boyvachchada ombor,
Yillab dengiz kezgan sayyohu-qulni ham.
Musofirning murodi ham, oddiy xalqning,
Istagi ham, faqat Uni erkalash.
Bordiyu, inson jilovini qo‘ldan chiqarsa,
O‘z boshiga yetadi, o‘zi.(Gomer. “Illada” dostonidagi qo‘shiq)
Diqqat savol. Bu ta’riflar aynan nimaga nisbatan aytilgan ?

Javob. Oshqozon. Bu ta’riflar qo‘shiqda aynan oshqozonga berilgan edi.

1851. Shimoliy Amerika hindularida shunday bir qurol borki, Uni ishlatganda bizon hatto hushdan ketgan. Undan ayiqlar qo‘rqib daraxt ustiga chiqib ketishgan. Bu qurolni ishlatishga hindu bolalari erta o‘rgatila boshlanadi. Bu mashqni bolalar tog‘ tagida va daralarda mashq qilishgan ekan.
Diqqat savol. Bu qurol nima ?

Javob: Baqirish

1852. Amir Temur qo‘shinida har 10 ta jangchiga 1 ta kerki, bir donadan o‘roq, bitta bolta, arra, tesha, 2 dona belkurak va igna, ip kabi oddiy narsalar ham berilgan. Eng asosiysi 10 ta kishiga ham birdek kerak bo‘lgan narsa ham bo‘lganki, Uni alohida otda olib yurilgan.
Diqqat savol. Otda olib yurilgan narsani toping?

Javob: Chodir

1853. Keyingi vaqtlarda Angliyalik bolalar orasida ko‘z shifokoriga murojat qiluvchilar ko‘payib ketdi. Nima qilsayu, ko‘zoynak taqsa, oynalari dumaloq va opravasi qora bo‘lishini xohlashmoqda. Ko‘zoynak ustalari bu kabi ko‘zoynaklarni ko‘plab sotishayotganidan hursand.
Diqqat savol. Ustalar bu kabi ko‘zoynaklarni nima deb atashayapti ?

Javob: Garry Potter deb atagan

1854. Unday kusrlar avval Amsterdamda ochilib, keyinchalik Istanbulda, Osloda va Londonda ham ishlayapti. Bu kurslarda haydovchilarga agar ekstremal holatlarga tushib qilishsa, qanday harakat qilishga o‘rgatishadi.
Diqqat savol. Haydovchilar qanday holatlarga tayyorlanganligini aniq aytib bering?

Javob. Haydovchi mashina bilan suvga tushib ketganda qanday harakat qilishni o’rgatadi. Chunki bu shaharlar hammasi port shaharlar hisoblanadi.

1855. Biz so‘ramoqchi bo‘lgan narsaning soni insoniyat paydo bo‘lgandan beri o‘zgarmagan, tashqi tasirlar tufayli kamaymasa agarda. Ular ikki guruhga bo‘linadi. O‘z navbatida yana ikki turga bo‘linadi.Ularni har biri besh turga bo‘linadi. Agar savolni tushungan bo‘lsangiz.
Diqqat savol. Hayot – mamot masalasini hal qiluvchisini nomini ayting?

Javob. Bosh barmoq

1856. Uning tarkibiga 8 xil buyum kiradi. Bular : papka, qalam, kitob, daftar, kley, ruchka, o‘chirg‘ich va chizg‘ich.
Bu yildan u ko’rsatkich 4 taga oshdi
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Prezident sovg‘asida 1 – sinflar uchun.

1857. Pol Gogen Uni ” Temirdan yasalgan badiiy asar ” deb atagan.
Diqqat savol. Biz bu badiiy asarni nima deb ataymiz ?

Javob. Eyfel minorasi

1858. Buyuk Xitoy faylasufi Konfutsiy ta‘limotiga ko‘ra ” Farzand ota – onasiga g‘amho‘rlik qilgan holda ota – onasini o‘ylab yana Unga ham qayg‘urishi kerak ” deb yozgan edi.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. O‘ziga edi javob. Chunki ota-ona farzandi uchun qayg‘uradi.Farzand barkamol bo‘lsa ota-ona baxtiyor.

1859. U shunday joyki, uning tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi 75 ta kimyoviy element aniqlangan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Dengiz suvi

1860. 1945 – yil Indoneziya o‘z mustaqilligini e‘lon qildi. Bir necha kundan so‘z yosh Monako qirollig‘ining rasmiy qarshiligiga uchradi. Lekin Monakoning talabi qondirilmadi.
Diqqat savol. Qarshilik aynan nimaga qaratilgan edi ?

Javob. Monako bayroqni almashtirishni aytgan, lekin bu taklif qondirilmagan. Ikki davlat bayrig‘i bir xil.

1861. Tasavvur qiling siz Budapeshtda honimchangiz bilan restaranga kirdingiz. Ofitsiantlar sizlarga taomnomani olib kelishdi. Sizning taomnomangizda ovqatlar narxi bilan yozilgan. Honimingizda esa taomlar X lari bilan yozilgan.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob. X – kilokalloriya (kkal) bilan yozilgan ya‘ni Vengriyada ayollar asosan parhezli taomlarni iste‘mol qilishadi

1862. 1970 – yillarda Gollandiyada shokolad va shirinlik mahsulotlari TV da reklama qilinganda, ekranning burchagida albatta U ham bo‘lgan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Tish pastasi edi. Shokolad ko‘p iste‘mol qilinsa tishlarda o‘g‘riq paydo bo‘ladi. Shu sababli tish pastasi ham reklama qilingan.

1863. Irlandiya, Krit, Yangi Zellandiya orollarida bir xil yetishmovchilik mavjud. U Singapur va Malayziya kabi davlatlarda esa anchagina.
Diqqat savol. U ning eng kattasining nomini ayting?

Javob: Anakonda

1864. Dunyoda dengizlar ko‘p. Har bir dengiz ma‘lum bir joy va davlatga tegishlidir. Lekin bir dengiz borki U dengiz, dunyo geografiyasida me‘yor vazifasini o‘taydi.
Diqqat savol. Bu qanday me‘yor hisoblanadi va qaysi dengiz ?

Javob. Boltiq dengizi. Hammamiz bilamizki davlatlar yoki biron bir joy bo‘lsa dengiz sathidan shuncha balamdda joylashgan deyishadi. O‘sha dengiz bu .

1865. Insonning eng ulkan janggi U bilan kechadi. Xitoy faylasufi Lao Szi aytganidek, boshqalarni boshqarish – kuch, U ni boshqarish esa qudratdir.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: O‘zini

1866. Deyl Karnegi yozishicha inson uchun 3 ta asosiy vosita mavjud. Birinchisining yordami bilan biz umrimizni uzaytiramiz, Ikkinchisining yordami bilan uni qo‘llab quvvatlaymiz,
Uchunchisi bilan esa o‘zga dunyoga tayyorgarlik ko‘ramiz. Diqqat savol. Bu 3 ta vositani ayting?

Javob. 1. Farzand ko‘rish.
2. Mablag‘ yig‘ish ( to‘plash ).
3. Ibodat.

1867. Qadimiy Yunon sportchisi Luis Spiris yugurish bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘lgan. Negadur unga oltin emas, kumush medali berishgan.
Diqqat savol. Nega shunaqa qilishgan ?

Javob. O‘sha paytlari eng qimmat modda bu kumush deb o‘ylashgan.

1868. Bu davlat aholisi eng tez yuruvchi xalq ekan , shuningdek eng birinchi “X” hayvonot bog‘i ham shu davlatda ekan.
Bu davlat bayrog‘ida 1 oy va 5 ta yulduz bor.
Diqqat savol. Bu qaysi davlat va X ni toping ?

Javob. Bu davlat Singapur edi. X esa bu tungi. Yani dunyodagi eng birinchi tungi hayvonot bog‘i ham shu yerda tashkil etilgan

1869. Dengiz emas, yer ham emas, yurib ham bo‘lmaydi, suzib ham bo‘lmaydi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: botqoqlik

1870. Vashington shtatida politsiyachi ishga qabul qilinayotganda balandligi 140 sm lik devordan sakrash talab etiladi.
Diqqat savol. Nega aynan 140 sm lik devordan ?

Javob. Shtatdagi devorlar balandligi 140 sm ekan

1871. XX asrning boshlarida ” U ” ni ortiqcha vazn kamaytiruvchi vosita sifatida reklama qilingan. Hozirda esa ” U ” o‘limni tezlashtiruvchi vosita deb tan olingan.
Diqqat savol. “U” ning o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Sigaret

1872. AQSH da dunyodagi eng ko‘p “Y” va “X” larga ega davlat hisoblanar ekan. Butun dunyo “X” larining ¼ qismi shu davlatda ekan. Bu borada ikkinchi o‘rinda Rossiya turadi.
Gollandiyada hozirgi kunda “Y” lar bor lekin “X” lar yo‘qligi sabab. “Y” lar boshqa narsalarga aylantirilmoqda.
Diqqat savol. Gollandiyada “Y” lar hozirgi kunda nimalarga aylantirilmoqda ?

Javob. Y – Qamoqxonalar. X esa maxbuslar edi.
Gollandiyada hozirda maxbuslar yo‘qligi sababli ular mehmonxonaga aylantirilmoqda

1873. Bu mamlakat tashkil qilingandan buyon shu kungacha politsiya tomonidan jinoyatchiga bor yo‘g‘i bir marta o‘q uzilgan ekan. Shuningdek bu mamalakatda familiya ham ishlatilmas ekan.
Diqqat savol. Qaysi davlatligini topgan bo‘lsangiz bu mamalakatning poytaxtini ayting ?

Javob. Reykyavik ya‘ni Islandiya poytaxti edi.

1874. Bu ” Y ” davlat Yevropada futbol muhlislari bilan tanilgan davlatdir. Shu bilan birga bu ” Y ” davlatda McDonalds restoranlari umuman mavjud emas ekan
Diqqat savol. Y o‘rnidagi davlatni toping ?

Javob. Islandiya edi ( vikinglar qarsagi ).

1875. Bangladeshda 100 da ortiq “Uylar” ichida joylashgan maktablar bor va ularning har birida wi – fi , kutubxonalar mavjud bo‘lib, hamda barcha “Uylar” quyosh batareyalari bilan jihozlangan.
Diqqat savol. Uylar o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Qayiqlarda Joylashgan maktablar

1876. Ular shunday bir odamlarki har biri g‘oliblikka loyiqdirlar.
? 1977
? 1978
? 1981
? 1984
? 2005
? INBT – ?
Diqqat savol. Bu yillarni tushungan bo‘lsangiz, eng so‘ngi yilni toping?

Javob. 2019 – yil yani bu Liverpul jamoasi. Chempionlar ligasida 6 marta g‘olib bo‘lgan jamoa.( I – 2, N – 0, B – 1, T -9 yordam edi bu ya‘ni bosh harflari )

1877. Bir inson ilm o’rganmoqni istasa u uch bosqichni bosib o’tadi:
1. ” X ” bo‘lib ketadi.
2. ” Y ” bo’lib qoladi;
3. Hech narsa bilmasligini tushunib yetadi.
Sufron Savriy
Diqqat savol. X va Y ni o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. X – kekkayib ketadi. Y – kamtarin bo‘lib qoladi.

1878. Bu multfilmdagi uy bekasini faqat bitta ya‘ni Saturday Evening Puss qismida ko‘rsatgan ekan. Bu multfilm 1940 – yildan efirga uzatila boshlangan ekan.
Diqqat savol. Gap qaysi multfilm haqida ketmoqda ?

Javob: Tom & Jerry

1879. Odamlar , chumolilar va qarg‘alar.
Bularning birlashib qiladigan bir ishi bor ekan.
Diqqat savol. Bu qanday ish ?

Javob. Bular hammasi bir biriga qarshi armiya tuzib urush olib boradi.

1880. 1975 – yilgacha bir sport o‘yinchilari yuzlaridagi chandiqlardan aziyat chekishgan. Bunga sabab kuchli zarbalar ekan. Hozirgi kunda bu sport o‘yinchilariga hech qanaqa tasir yo‘q.
Diqqat savol. Bu qaysi sport turi ?

Javob. Xokkey edi. Darvozabonlar 1975 – yilgacha bosh kiyimsiz o‘ynashgan.

1881. Bu sport o‘yinchilari asosan yurak hurujidan halok bo‘lar ekan. Bunga sabab esa mo‘ljalda adashish yoki mo‘ljalga yetib bormaslik ekan. Shu sababli ham ular o‘ta asabiy bo‘lib qolar ekan.
Diqqat savol. Bu qaysi sport turi ?

Javob. Golf edi . Chuqurchaga tushirish uchun o‘yinchilar juda ham asabiylashishar ekan.

1882. Ko‘k, qora , qizil , yashil va sariq bu ranglar odamlarni “bir joyga to‘plar” ekan. Yani bir joyga yig‘ar ekan.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketyapti ?

Javob. Olimpiada halqalari haqida ketmoqda gap. Ya‘ni olimpiadada odamlarni bitlashtiradi.

1883. Onam aytardi: “Armiyaga borsang general bo’lasan, cherkovga borsang rim papasi bo’lasan.” Men esa rassomchilik maktabiga bordim va “Rassom” bo’ldim.
Diqqat savol. Rassom o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Pablo Pikasso bo‘ldim. Ya‘ni bu gaplar buyuk rassom Pikassoga tegishli edi.

1884. Insonning yagona xazinasi bu uning “X” dir. Faqatgina uning ichida uning boyliga yoki qashshoqligi bordir. ( Adam Smit ).
Bizda X nomli bayram ham bor.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. X – bu Xotira edi. Bayram esa Xotira va qadrlash kuni edi.

1885. U 8 yoshidan 85 yoshigacha bo‘lgan davr mobaynida 15 ta mamalakat valyutarida tasvirlangan ekan.
Diqqat savol. U kim edi ?

Javob. Angliya qirolichasi Yelizavetta II edi.

1886. 1. Yunonchaga “ombor” so’zini tarjima qiling. Bu jo‘y birinchi bo‘lib Bog‘dodda paydo bo‘lgan?
2. Rasmiy aloqa qog’ozlariga hujjatlariga bosiladigan muhr nima deyiladi?
3. Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining “Tamg‘a” muallifi hisoblanadi. ( Tamg‘a o‘rnidagi so‘zni toping )?

Javob. 1. Apteka.
2. Shtamp
3. Gerb

1887. Bir dona taqa topgan aytar emish :
Eh, shunga yana 3 ta “Y” bilan 1 dona “X” yetishmayapti-da !
(Gruzin maqoli)
Diqqat savol. X va Y ni toping ?

Javob. 3 ta taqa va 1 dona ot yetishmayapti – da.

1888. «Agar taqdir sizga limonni muyassar ko‘rgan bo‘lsa, siz undan “kola” yasang».
Deyl Karnegi
Diqqat savol. Kola o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Limonad yasang

1889. Inson bir ishni qilganda butun tana a‘zolari funksiyalari shuningdek yurak ham ma‘lum vaqtga to‘xtar ekan. Bu esa hech qanaqa o‘limga olib kelmaydi.
Diqqat savol. Bu qanday ish ?

Javob: Aksi urganda hattoki yurak ham to‘xtar ekan.

1890. Yaxshiliq qil, daryoga tashla, baliq bilmasa, “Y” bilar!
Abdulla Qodiriy – “Mehrobdan chayon” romanidan.
Diqqat savol. Y o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob: Xoliqlar

1891. 1. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?
2. Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?
3. Bu so’z fors-tojikchada “kun” degan ma’noni, arabchada esa “tinch kun” degan ma’noni beradi. Gap qaysi so’z haqida bormoqda?
Diqqat savol. Ularni toping.

Javob.
1.Hech qanday harf yo‘q.
2. Xokku
3. Shanba

1892. Qadimgi rimda uning uch xil kategoriyasi bo’lgan: arilar ovozi, tomdan tushayotgan yomg’ir ovozi hamda sopol idish singan ovozi. Diqqat savol uni toping?
Javob: Qarsak

1893. Tasavvur qiling qora quti. Qora quti ichida bir jumboqning javobi bor. Bir nechta qog’oz formati, bir nechta vitaminlar, bir filmdagi robotning yarmi, avtopoygalar. Diqqat savol: qora qutida nima bor?
Diqqat savol. Ularni toping?

Javob. Shaxmat doskasi.
Izoh: Qog’oz formatlari – A4, A3, vitaminlar – B1, B2,
Yulduzlar jangi filmidagi robot R2D2, uning yarmi – D2,
avtopoygalar – F1. Bularning barchasini shaxmat taxtasida ko’rish mumkin.

1894. Angliya qonunchiligiga ko’ra, agar haydovchi yo’lda itni urib ketsa, unga odam urib ketganidan nisbatan og’irroq javobgarlikka tortilar ekan.
Diqqat savol. Aytingchi, Buning sababini ular qanday izohlaydi?

Javob. Chunki itlar qonunni bilmaydi.

1895. Olmos toshining o’z qoidasi bo’larkan. Unga ko’ra, agar olmosning massasi 50 karattan oshsa, SHU ISH amalga oshirilar ekan.
Diqqat savol. Qaysi ish ?

Javob: Olmosga nom qo’yishadi

1896. “U” ning rangi necha xil degan savolga har joyda har xil javob olasiz. Masalan : Xitoyda 5 ta , Rossiyada 7 ta , Amerikada esa 6 ta degan javoblarni olarkansiz.
Diqqat savol. U ning rangi O‘zbekistonda necha xil deb tan olingan ?

Javob: 7 ta kamalak

1897. Mendeleevning kimyoviy elementlar jadvalini hamma bilishsa kerak. U yerda deyarli barcha harflar joylashgan faqat “X” dan tashqari.
Diqqat savol. X o‘rnidagi harfni toping?

Javob: J j va Q q harfi

1898. Norvegiya davlatini ko‘pchilik bilishsa kerak. Bu davlat unchalik ham rivojlanib ketgan davlat emas. Lekin bu davlat Finlandiya, Tailand, Polsha, Niderlandiya, Fransiya va Indoneziya kabi davlatlarni bir joyda “birlashtirib turar” ekan.
Diqqat savol. Qayerda birlashtirib turadi?

Javob. Bayroqda ya‘ni Norvegiya bayrog‘ida 7 ta davlatni bayrog‘ini topish mumkin.

1899. Bu ikki prezident orasida juda ko‘plab voqealar aynan 100 yillik farq bilan sodir bo‘lgan. (O‘limi, saylanishi, v.b)
Diqqat savol. Kim ular ?

Javob: Abraham Linkoln va Jon Kennedi.

1900. Hozir 20 ta odamni ismini sanab o‘tolmayman shu sababli ayrimlarini aytib o‘taman :
P.I.Gannibal (1817),
V.K.Kyuxelbekov (1818),
A.P.Alekseev (1820),
F.F.Orlov (1820),
T.Balsh (1822),
T.Lagrene (1828),
C.C.Xlyustin (1836).
Diqqat savol. Bulardan eng oxirgisini ya‘ni 20 – sini toping?

Javob: 20 – kishi bu Dantes (1836) edi.
Izoh : Bu ro‘yhat Pushkin bilan duelga chiqqan kishilar edi. Pushkin umri davomida 20 marta duelga rasman chiqqan.