? BAYRAMLAR:
? Fillarni qadrlash kuni.
? Astronomiya kuni.
? Butunjahon avtomobilsiz kuni.
? Butunjahon karkidonlar kuni.
? Butunjahon narkolepsiya kuni.
? Butunjahon surunkali miyeloid leykemiya kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Estoniya – Qarshilikka qarshi kurash kuni.
?? Latviya, ?? Litva – Boltiq birligi kuni.
?? Ukraina – Partizan shon-sharafi kuni.
?? Tojikiston ‐ Rudaki kuni.
?? Barbados – Daraxt ekish kuni.
?? Urugvay – O’qituvchilar kuni.
?? AQSh – Amerikalik ishbilarmon ayollar kuni.
?? Mali – Mustaqillik kuni.
?? Bolgariya ‐ Mustaqillik kuni.
? 22-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:
- 1236 – Saul jangi.
- 1499 – Bazel shartnomasiga binoan Shveytsariya Konfederatsiyasi Muqaddas Rim imperiyasidan mustaqil bo’ldi.
- 1692 – Salemda so’nggi sakkiz “jodugar” osilishi.
- 1789 – Turk armiyasi rus-avstriya qo’shinlari tomonidan tor-mor qilindi.
- 1792 – Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.
- 1792 – Fransuz respublikasi taqvimidagi birinchi kun.
- 1862 – AQSh prezidenti Avraam Linkoln negr qullarni ozod qilishni e’lon qildi.
- 1869 – Avstriyada dunyoda birinchi pochta otkritkalari chiqarildi.
- 1908 – Bolgariya Usmonli imperiyasidan mustaqillikka erishdi.
- 1908 – Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford- T deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi.
- 1921 – Latviya, Litva va Estoniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi.
- 1939 – Vermaxt va Qizil Armiyaning birgalikdagi paradi.
- 1960 – Mali Respublikasi Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
- 1974 – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida birinchi marta mustaqil “Falastin masalasi” kun tartibiga kiritildi.
- 1980 – Eron-Iroq urushining boshlanishi.
- 1989 – qozoq tili Qozog’istonning davlat tili deb e’lon qilindi.
- 1991 – Tojikistonda Kommunistik partiya faoliyati taqiqlandi.
- 1991 – Mustaqil Kosovo Respublikasining birinchi marta e‘lon qilinishi.
- 1993 – Suxumi uchun jang: Abxaz qo’shinlari Tu-154 yo’lovchi samolyotini urib tushirdi. 108 kishi vafot etgan.
- 2010 – Isroilda dinsiz fuqarolar uchun fuqarolik nikohi to’g’risidagi qonun kuchga kirdi.
? 22-SENTABRDAGI TAVALLUDLAR:
- 1791 – Maykl Faradey (1867) – ingliz fizigi va kimyogari, elektromagnit induksiyani kashf etgan, generatorni yaratgan.
- 1835 – Aleksandr Potebnya (1891) – ukrain-rus slavyanshunos filoligi, so’zning ichki shakli qoidalari muallifi.
- 1835 – Potanin Grigoriy Nikolayevich (1920) — rus sayyohi, etnografi, folklorshunosi.
- 1842 – Abdulhamid II (1918) – Turkiya sultoni (1876-1909).
– 1891 – Viktor Bunak (1979) – antropologiya maktabi asoschisi, biologiya fanlari doktori (1935). - 1900 – Sergey Ozhegov (1964) – sovet tilshunosi, leksikograf, rus tilining izohli lug’atini tuzgan.
- 1905 – Eygen Zenger (1964) – nemis raketasozi, Xalqaro astronavtika federatsiyasining birinchi prezidenti.
- 1915 – Shomatov Nasriddin (1987) – travmatolog-ortoped, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972).
- 1917 – Sohiboev Rixsi (1974) – jurnalist, jamoat arbobi. Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi (1968).
- 1922 – Yang Chen Ning – xitoy fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1932 – Algirdas Brazauskas (2010) – Litva Respublikasi Prezidenti (1993-1998) va Bosh vaziri (2001-2006).
- 1938 – Din Rid (1986) – amerikalik qo’shiqchi, kinoaktyor, kinorejissyor va jamoat arbobi.
- 1953 – Nosirov Elyor – O’zbekiston xalq artisti (2003).
- 1958 – Andrea Bocelli – italiyalik qo’shiqchi (tenor).
- 1976 – Ronaldu – braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1994, 2002).
- 1981 – Serdar Berdimuhamedov – turkman davlat va siyosat arbobi, Turkmaniston prezidenti (2022-yil 19-martdan).
- 1989 – Sabina Lisitski – nemis tennischisi, ayollar ichida koptokcha tezligi bo’yicha jahon rekordchisi.
- 1997 – Halima Aden – somali-amerikalik model, 2021-yilda u BBCning 100 ayoli roʻyxatiga kiritilgan.
- 1999 – Kim You Jung – janubiy koreyalik aktrisa.