25 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro “Salomatlik, baxt va gipnoz” kuni.
? Xalqaro qizil poyabzal kuni.
? Butunjahon cho’kishning oldini olish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tojikiston – Avtomobil transporti xodimlari kuni.
?? Filippin ‐ Milliy kampus matbuot erkinligi kuni.
?? Belarus – Yong’in xizmati kuni.
?? Tunis – Respublika kuni.
?? Kosta-Rika – Guanakastiya kuni.
?? Puerto-Riko – Konstitutsiya kuni.
?? Daniya – Isted jangi kuni.
?? Ispaniya – Galitsiya milliy kuni.

? VOQEALAR:

  • 326 – Rim imperatori Konstantin bayram paytida birinchi marta butparastlik sanamlarini olib chiqishdan bosh tortdi.
  • 1139 – Portugaliyalik Graf Alfonso o’zini qirol deb e’lon qildi. Portugaliya qirollikka aylandi.
  • 1139 – Ourike jangi.
  • 1261 – Mixail VIII Paleolog Vizantiya imperiyasini qayta tikladi.
  • 1587 – Yaponiyada nasroniylik taqiqlangan, iezuitlarga 20 kun ichida mamlakatni tark etish buyurilgan.
  • 1593 – Genri Navarrskiy oshkora katolik diniga o‘tdi.
  • 1799 – Napoleon I Abukir jangida turklarga zarba berdi.
  • 1812 – 1812 yilgi Vatan urushi: Ostrovno yaqinidagi jangning boshlanishi (27 iyulgacha).
  • 1814 – Ingliz ixtirochisi Jorj Stivenson bug’ lokomotivining birinchi sinovini o’tkazdi.
  • 1826 – besh nafar dekabristlar qatl etildi.
  • 1909 – Louie Blériot La-Mansh boʻgʻozini 37 daqiqiada bosib oʻtdi.
  • 1930 – SSSRda “Umumiy oʻrta taʻlim” toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
  • 1941 – Fashistlar Vitebskda Getto tashkil qildilar.
  • 1946 – Qo’shma Shtatlar Bikini Atollida suvosti atom qurilmasining sinov portlashini o’tkazdi.
  • 1947 – Pragada 1-Butunjahon yoshlar va talabalar festivali boshlandi.
  • 1957 – Tunisda monarxiya bekor qilindi.
  • 1963 – Buyuk Britaniya, SSSR va AQSh havoda, ochiq kosmosda va suv ostida yadro sinovlarini taqiqlovchi shartnomani imzoladilar.
  • 1973 – “Mars-5” sayyoralararo sovet stansiyasi Baykonur kosmodromidan uchirildi.
  • 1984 – Birinchi ayol kosmonavtning ochiq kosmosga chiqishi. Svetlana Evgenievna Savitskaya “Salyut-7” orbital kosmik stansiyasidan  ochiq kosmosga chiqdi.
  • 1994 – Vashingtonda Iordaniya va Isroil urushining tugaganligi tug’risida Deklaratsiya imzolandi.
  • 2000 – Parij-Sharl de Goll aeroportidan havoga ko’tarilayotgan “Konkord” samolyotining qulashi.
  • 2007 – Pratibha Patil tarixda Hindiston prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo’ldi.
  • 2018 – Suriya janubidagi Al-Suvayda shahridagi teraktlar, 200 dan ortiq kishi halok bo’ldi. Mas’uliyatni “Islom davlati” o’z zimmasiga oldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1109 – Alfons I Enrikish (1185) – Portugaliyaning birinchi qiroli (1139-1185).
  • 1734 – Ueda Akinari (1809) – yapon shoiri va yozuvchisi.
  • 1794 – Nikolay Muravyov-Karskiy (1866) – rus harbiy zobiti, diplomat va sayohatchi, imperatorning Kavkazdagi noibi (1854-1856).
  • 1841 – Emil Teodor Kocher (1917) – shveysariyalik xirurg, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1855 – Yulian Kulakovskiy (1919) – rus filologi, tarixchi, arxeolog, Qadimgi Rim va Vizantiya tarixi bilimdoni.
  • 1884 – Devidson Blek (1934) – Sinantropning qoldiqlarini topib olgan kanadalik paleontolog.
  • 1894 – Gavrilo Printsip (1918) – Avstriya taxti merosxo’riga suiqasd qilgan serb millatchisi.
  • 1905 – Elias Kanetti (1994) – Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1905 – Komil Aliyev (1939) – jurnalist, o’zbek matbuotida fel’etonchilik asoschilaridan bo’lgan.
  • 1912 – Rahmonqul Qurbonov (2012) – SSSR davlat arbobi, O‘zSSR Ministrlar Soveti raisi (1961-1971).
  • 1919 – Xosiyat Azimova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981). 
  • 1929 – Vasiliy Shukshin (1974) – sovet rejissyori, aktyor, ssenariynavis, yozuvchi.
  • 1938 – Oʻktam Usmonov (1990) – yozuvchi, jurnalist.
  • 1950 – Rustam Saʼdullaev – oʻzbek va sovet aktyori, rejissyor.
  • 1956 – Frances Hamilton Arnold – amerikalik kimyo muhandisi va Nobel mukofoti sohibi. (2018)
  • 1967 – Matt Leblan – amerikalik aktyor.
  • 1975 – Yevgeniy Nabokov – rossiyalik xokkeychi (darvozabon), jahon chempioni (2008).