28 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Islom olamida Ashuro kuni.
?? Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni.
?? Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni.
? Tizim administratorlari kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ispaniya – Kantabriya institutlari kuni.
?? Kanada ‐ Buyuk qo’zg’olonni xotirlash kuni.
?? Avstraliya ‐ Maktab daraxti kuni.
?? Tailand – Qirol tug’ilgan kun.
?? Peru – Mustaqillik kuni.
?? San-Marino – Fashizm ustidan qozonilgan G’alaba kuni.

? VOQEALAR:

  • 754 – Papa Stefan II Pipin Pakanaga qirollik tojini kiydirdi.
  • 1299 – Mashhur italyan sayyohi Marko Polo Venetsiyaga qaytib keldi
  • 1586 – Ser Tomas Xarriot Buyuk Britaniya va Irlandiyaga kartoshka olib keldi.
  • 1741 – Vitus Bering kemasi Alyaska sohillariga yetib keldi.
  • 1794 – Robespyer,  Sen-Just  va yana 20 kishi qatl qilindi.
  • 1821 – Peru Ispaniyadan mustaqillik e’lon qildi.
  • 1851 – Dunyoda birinchi marta to‘liq quyosh tutilishi suratga olindi.
  • 1858 – Birinchi marta barmoq izlari tanib olish uchun ishlatilgan.
  • 1878 – Varna rus qo’shinlari tomonidan Usmonli imperiyasi boshqaruvidan ozod qilindi.
  • 1914 – Avstriya-Vengriya Serbiyaga qarshi urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushining boshlanishi.
  • 1919 – Xalqaro Astronomiya Ittifoqiga asos solindi.
  • 1928 – Amsterdamda yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1929 – Urush asirlariga doir Jeneva Konventsiyasi 48 davlat tomonidan imzolandi.
  • 1976 – Xitoyning Tangshan shahrida 8.2 bal yer qimirlashi oqibatida 242 ming 769 kishi halok bo’ldi, 164 ming 851 kishi yaralandi
  • 1980 – Vladimir Visotskiy Moskvada dafn qilindi.
  • 1984 – Los-Anjelesda sotsialistik mamlakatlar boykot qilgan XXIII yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1989 – Latviya SSR Oliy Kengashi Latviya suverenitetini e’lon qildi.
  • 1994 – Moldova Konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1995 – Bombey Mumbay deb nomlandi.
  • 1997 – SSSR qulaganidan keyin Kubada birinchi xalqaro yoshlar va talabalar festivali ochildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1165 – Ibn Arabiy (1240) – Islom ilohiyotchisi, so’fiylik nazariyotchisi.
  • 1635 – Robert Guk (1703) – ingliz fizigi, kimyogar, matematik, astronom, biolog, ixtirochi va me’mor.
  • 1804 – Lyudvig Feerbax (1872) – nemis faylasufi.
  • 1904 – Pavel Cherenkov (1990) – sovet fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1909 – Enne Burda (2005) – nemis nashriyotchisi, Burda moden jurnalining asoschisi.
  • 1915 – Charlz Xard Tauns (2015) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1925 – Barux Blamberg (2011) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1976).
  • 1929 – Jaklin Kennedi (1994) – 1961-yildan 1963-yilgacha AQShning birinchi xonimi.
  • 1930 –  Klara Yusupova – raqqosa, balerina, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1934 – Ilya Averbax (1986)  – sovet rejissyori, ssenariy muallifi.
  • 1952 – Maha Vajiralongkorn Bodindradebayavarangkun – Tailand qiroli (2016-yildan).
  • 1954 – Ugo Chaves (2013) – Venesuela Prezidenti (1999-2002, 2002-2013).
  • 1972 – Elizabet Berkli – amerikalik aktrisa va model.
  • 1979 – Shahzoda – oʻzbek pop qoʻshiqchisi, “Shuhrat” medali sohibasi.
  • 1983 – Dilmurod Musayev – xonanda, YUNESKOning san’at yo’nalishi bo’yicha eng yosh  a’zosi.
  • 1993 – Sher Lloyd – britaniyalik qo’shiqchi, aktrisa va model.