29 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro violonchel kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Mongoliya – Mustaqillik kuni.
?? Irlandiya – Konstitutsiya kuni.
?? AQSh – Texas shtati qo‘shib olingan kun.

? VOQEALAR:

  • 1503 – Gonsalo Fernandes de Kordoba qo’mondonligi ostidagi ispanlar Garilyano jangida fransuzlarni mag’lub etishdi.
  • 1708 – Pyotr I ning farmoniga ko‘ra Rossiya 8 ta guberniyaga bo‘lindi.
  • 1768 – Yekaterina II qog‘oz pullarni muomalaga kiritdi.
  • 1845 – Texas AQSH shtatlaridan biriga aylandi.
  • 1860 – Blekuollda HMS Warrior – zirhli kemasi suvga tushirildi.
  • 1911 – Igor Sikorskiy o’zining “S-6” rusumidagi 2 yo‘lovchili samolyotida 111 km / soat tezlikda parvoz qilib jahon rekordini o’rnatdi.
  • 1930 – Muhammad Iqbol Pokiston davlatini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
  • 1977 – IIV “Vityaz” maxsus otryadu tuzildi.
  • 1989 – Vatslav Gavel Chexoslovakiyaning prezidenti bo‘ldi.
  • 1991 – O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida referendum va O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov o‘tkazildi. I. Karimov mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
    -1993 – Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konvensiya kuchga kirdi.
  • 1996 – Gvatemaladagi  fuqarolar urushi tugadi.
  • 1998 – Qizil kxmerlar 1970-yillarda 1 million odamni o’ldirgan genotsid uchun kechirim so’radi.
  • 2012 – Vnukovo aeroportida Tu-204 samolyotining halokati.
  • 2013 – O‘zbek shaxmatchilari Butunjahon yoshlar chempionatida qatnashgan kun.
  • 2013 – Volgograddagi temir yo’l vokzalidagi portlash.
  • 2021 – 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid  yo‘nalishida eng yosh jahon chempioniga aylandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1709 – Yelizaveta Petrovna (1762) – Rossiya imperatritsasi (1741-1762).
  • 1766 – Charlz Makintosh (1843) – shotland kimyogari, suv o‘tmas plashni (makintosh) ixtiro qilgan.
  • 1788 – Kristian Yurgensen Tomsen (1865) – daniyalik arxeolog, insoniyat tarixini tosh, bronza va temir aslariga bo‘lgan.
  • 1809 – Uilyam Yuart Gladston – (1898) – angliyalik davlat arbobi, 41-chi (1868-1874), 43-chi (1880-1885), 45-chi (1886) va 47-chi (1892-1894) Birlashgan Qirollik Bosh vaziri.
  • 1813 – Aleksandr Parks (1890) – ingliz metallurgi, birinchi sun’iy plastikni ixtiro qilgan.
  • 1880 – Aleksandr Samoylovich (1938) – turkiyshunos olim, akademik (1929).
  • 1882 – Tolstoy Aleksey (1945) – Rus yozuvchisi, jamoat arbobi.
  • 1890 – Yaroslav Heyrovskiy (1967) – chex kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1959).
  • 1913 – Halima Nosirova (2003) – opera xonandasi (lirik-dramatik soprano), oʻzbek xonandalik sanʼatining yirik namoyandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1937). 
  • 1919 – Hamid  Inayatov (1987) – tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), Tarix fanlari doktori (1958), professor.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1936 – Nurmonov Ibrohim – aktyor, rejissyor.
  • 1937 – Rixsixon Ibrohimova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1979).
  • 1958 – Agrippina Shin – oʻzbekistonlik davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri (2017-yildan).
  • 1984 – Shirin Abidova – Oʻzbekistonlik volontyor va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari (2020-yildan).
  • 1991 – Olga Yakushova – rossiyalik biatlonchi, Yevropa chempioni 2016).