? BAYRAMLAR:
?? BMT — Butunjahon matbuot erkinligi kuni.
? Xalqaro Quyosh kuni.
? Turkiylar birdamligi kuni.
? Spam tug’ilgan kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Filippin – Santa Kruz kuni.
?? Yaponiya – Konstitutsiyani xotirlash kuni.
?? Polsha – Konstitutsiya kuni.
? VOQEALAR:
- 1241 – Piza va Sitsiliyaning birlashgan floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya flotini butunlay tor-mor qildi.
- 1494 – Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.
- 1791 – Varshavada seym Yevropada birinchi Rech-Pospolita konstitutsiyasini qabul qildi.
- 1802 – Derpt universiteti ochildi.
- 1803 – Rossiya imperatori Aleksandr I Moskvada Hospis uyi (keyinchalik Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etishga ruxsat berdi.
- 1808 – Rus-Shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.
- 1815 – Polsha Qirolligi tashkil topdi. Vena kongressining qaroriga ko‘ra Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi.
- 1815 – Tolentino jangida Neapol urushi hal boʻldi.
- 1841 – Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.
- 1867 – Birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilinganidan uch yil o’tgach, Rossiyada Qizil Xoch jamiyati tashkil etildi.
- 1902 – AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
- 1904 – Amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.
- 1919 – Bavar Respublikasining soʻnggi hukumat majlisi boʻldi.
- 1920 – Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi.
- 1932 – G. M. Beriev MBR-2 uchuvchi qayig’ining birinchi parvozi.
- 1937 – Margaret Mitchellning «Shamollarda qolgan hislarim» romaniga Pulitser mukofoti berildi.
- 1946 – Tokioda yaponiyalik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni boshlandi (1948-yil 12-noyabrgacha davom etgan).
- 1947 – Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1953 – Germaniyada «Deutsche welle» («Nemis to‘lqini») radiostansiyasi eshittirishlarini boshladi.
- 1957- Qorachoy xalqi vataniga qaytarildi.
- 1958 – AQSh prezidenti Eyzenxauer Antarktikani demilitarizatsiyalashni taklif qildi.
- 1968 – Parijda talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
- 1978 – Yoqmaydigan reklama xabari – spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.
- 1991- Namibiya poytaxtida «Vindxuk deklaratsiyasi» imzolandi. Unda dunyo mamlakatlari hukumatlari matbuot erkinligini ta’minlashga chaqiriladi. YUNESKO qarori bilan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
- 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekneftgaz” – O‘zbekiston neft va gaz sanoati” Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida” Farmon chiqardi.
- 1994 – Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.
- 1997 – Inson va kompyuter kurashi: Garri Kasparov «Deep Blue»ga qarshi shaxmat musobaqasiga kirishdi.
- 2000 – London va Frankfurt birjalari birlashdi.
- 2004 – Yangi “Sasser” internet qurti butun dunyo bo‘ylab yuz minglab shaxsiy kompyuterlarni zararlagan.
- 2005 – Afg’onistondagi harbiy omborda portlash (Bashgah qishlog’i, Bag’lon viloyati, Kobuldan 125 km uzoqlikda). 28 kishi halok bo’ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
- 2006 – Armanistonning «Armavia» kompaniyasiga qarashli «A320» yo‘lovchi samolyoti Sochi yaqinida dengizga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 105 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
- 2009 – «The Mail on Sunday» gazetasi tanklar vatani Buyuk Britaniya ularni chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
- 2021 – Mexiko shahridagi metro estakadasining qulashi. 26 kishi halok bo’ldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1469 – Nikkolo Makiavelli (1527) – italyan davlat arbobi va mutafakkiri.
- 1845 – Ilya Mechnikov (1916) – rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Nobel mukofoti sohibi (1908).
- 1848 – Vasnetsov Viktor (1926) – rus rassomi.
- 1860 – Jon Skott Xoldeyn (1936) – shotland fiziologi.
- 1866 – Geynrix Evald Xering (1948) – ingliz fiziologi, taktil sezuvchanlikning mutlaq chegarasini oʻrganish uchun asbob ixtirochisi.
- 1874 – Vagn Ekman (1954) – shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
-1891 – Mixail Bulgakov (eski taqvim bo‘yicha) (1940) – rus adibi, “Usta va Margarita” “Ityurak” va boshqa bir qator asarlar muallifi. - 1892 – Jorj Pajet Tomson (1975) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
- 1901 – Ebbe Shvarts (1964) – daniyalik futbol funksioneri, UEFAning birinchi prezidenti (1954-1962).
- 1902 – Alfred Kastler (1984) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1966).
- 1906 – Mary Astor (1987) – amerikalik kinoaktrisa.
- 1919 – Noil Abubakirov (1998) – kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979).
- 1921 – Mirmuhsin (2005) – o‘zbek yozuvchisi va shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1924 – Izador Zinger (2021) – amerikalik matematik, Abel mukofoti sohibi.
- 1933 – Stiven Vaynberg – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
- 1940 – Hoshimjon Olimjonov (2017) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987).
- 1941 – Nona Gaprindashvili – gruzin shaxmatchisi, jahon chempioni.
- 1942 – Vera Chaslavska (2016) – chexoslovakiyalik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
- 1942 – Szin Yuyshjan – 1644-1912-yillarda Xitoyni boshqargan Aysin Gyoro imperator sulolasining avlodi. 2015-yildan beri Manchjur taxtining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi.
- 1965 – Mixail Proxorov – rossiyalik sobiq siyosatchi va tadbirkor, millarder.
- 1965 – Rob Brydon Jones – uelslik aktyor.
- 1976 – Sergey Mixaylov – bokschi, “Oʻzbekiston iftixori” (2002), “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” (2000).
- 1982 – Rebekka Mariya Xoll – ingliz aktrisasi.
- 1983 – Kamolidiin Tojiyev – Oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi himoyachi.
- 1989 – Katinka Xossu – vengriyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.