77-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7601. Alloh dunyoda 3 mavjudotni dumbali qilib yaratgan
1 Odam
2 Qo’y
3 ..
Uchinchisini siz ayting?

Javob: Chumoli

7602. Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud. (bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?
Javob Poetik va she’riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo’ladi.

7603. Bir donishmanddan “dunyoni kengligi qancha kelarkin” deb so’rashibdi. Donishmand esa undan so’ranglar deb javob beribdi. U kim yoki nima?
Javob: Go’rkov

7604. Singapur shahar ko‘chalari va jamoat transportini ifloslantirganligi sababli uning eksportini, 1992-yilda o‘z hududida uni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatib qo‘ydi. Lekin yaqin vaqtlargacha uni ishlatish Singapurda qattiq jinoyat hisoblanardi. Endilikda, uni tibbiy preparat sifatida tish tozalash uchun shifokor tavsiyasi bilan faqatgina dorixonadan sotib olish mumkin. Savol: Uni ayting?
Javob: Saqich

7605. Falonchi! Harbiy komissariyatning asosiy vazifasi nimadan iboratligini bilasiz, chamamda. Harbiy xizmatni o’taganmisiz? Demak, harbiy bo’limlar hozir asosan yigitlarni harbiyga safarbar qiladi. Va ularni harbiy tayyorgarligiga javobgar tashkilot. Qadim Misrda va Xitoyda harbiy bo’limlar zimmasida yana bir mas’uliyatli vazifa bo’lgan. Hurmatli bilimdonlar, harbiy bo’limlar yana qanday vazifani bajarishgan?
Javob: Ular yangi lashkarlarni urushga safarbar qilishdan tashqari, yana qancha lashkar voyaga yetayotganidan xukumatni xabardor qilib turishgan, ya’ni aholini ro’yxatga olish ishlari ham ular zimmasida bo’lgan.

7606. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo

7607. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday “mashina” ?
Javob: Tikuv mashinasi

7608. Olimlarning fikricha bu o’simlikning 90% dan ko’prog’ini suv tashkil qilar ekan. Bu o’simlikning vatani qayer va o’simlik nomini toping?
Javob: Hindiston bodring

7609. 1918 yili endigina 18 yoshga to’lgan Berlinlik bu etikdo’z yigitchani omadi kelib, harbiy xizmatdan qolib ketadi. Balki u xizmatga ketganda, o’sha paytda birinchi jahon urushi hali davom etayotgan edi, urushda oddiy bir jangchi sifatida vafot etib ketishi mumkin edi. U 1972 yili dunyoga mashhur firmaning asoschisi sifatida dafn etiladi. Hurmatli bilimdonlar, sizlardan bu kishining ismi-sharifini emas, uning dunyoga mashhur firmasi nomini so’ramoqchimiz?
Javob: U firmasini o’z nomi bilan atagan. Oddiy etikdo’z borib-borib dunyoning ko’zga ko’ringan poyabzal magnatiga aylanadi. Uning ismi Adi Dassler. Adidas firmasi asoschisi.

7610. Hammom -bu odamzotning eng lazzatli kashfiyotlaridan biri. Chunki poklik a’mollar ichidagi eng keragi, foydalisi hisoblanadi. Xatto «Kaykovus»da «hammomga bormoq zikrida» degan bandi ham bor. Hammomga poklanish uchun borurlar deymiz, negadur «kobusnoma»da hammomga qanday kirgan bo‘lsang shunday chiqgil deb yozib qo’yilgan. Hurmatli bilimdonlar, ne sababdin bunday jumla yozilgan?
Javob: «Qobusnoma»da hammomga qanday kirsang, ya’ni quruq kirgach, chiqayapganda ham albatta quruq chiqib ket deyilgan.

7611. Monastirlar, ibodatxonalar tepasiga qo’ng’iroq ilib qo’yiladi. Va qo’ng’iroq vaqti-vaqti bilan chalinib turadi. Kishilarni ibodatga da’vat qilib, lekin XI-XII asrlargacha ayrim ibodatxonalarda Qo’ng’iroqlar vaqti-bevaqt uzoq muddat chalingan. Masalan yarim kechasi tunda. Savol: yarim tunda ibodatxonada nima voqea sodir bo’lmoqda?
Javob: Bilasiz ilgari shifoxonalar bo’lmagan. Davolash ishlari bilan
cherkov shug’ullangan. Narkozsiz operatsiyalar vaqtida bemorlar baqirig’i chor-atrofga eshitilmasligi uchun qo’ng’iroqlar chalinib turgan.

7612. Bu savol ushbu turnir uchun tanlab olinmasligi mumkin edi.
Askarning savoliga dehqon”- shunday balki keyingi yil deb javob beradi. U odamning oldida kompyuter va uning ekranida 4ta so’zdan iborat inglizcha yozuv bor edi. Man sizdan u yozuv nimaligini so’ramayman
Diqqat savol:
Ushbu karikatura qaysi shoirning qaysi she’ridan ilhomlanib yaratilgan?

Javob: Muhammad Yusufning “Iqror” she’ri

7613. U ekinni Norvegiyada qadimiy Rasenlar qabilasi ekib kelgan. Bu xarakterli o’simlikdan kemalarga yelkanlar tayyorlangan. O’zbekistonda ham bu o’simlik ekib turiladi, ayrim hududlarda. Xo’sh, bu qaysi o’simlik?
Javob: Kanop o’simligi

7614. Ovchi o’rmonda bitta hayvonni otibdi lekin otgan hayvon ham otganda teygan joyi ham bir xil aytilarkan.
Ovchi qaysi hayvonni otgan va qayeriga otgan.
Masalan, aka teskari o’qisa ham aka o’ng o’qisa ham. Ya’ni Palindrom so’zlar
Topilarchi?

Javob: Kiyik. Qovoq. Menda esa Quvuq

7615. 1997 yilda suratga olingan ilmiy-fantastik janrdagi “Kontakt” filmida bosh qaxramon o‘zga sivilizatsiyalarni izlash loyihasi ishtirokchisi bo‘ladi. Uzoq yillik izlanishlardan so‘ng nihoyat kosmosdan o‘zga sivilizatsiyadan signal olinganda, bu voqea butun dunyoga shov-shuv bo‘lib ketadi. Filmning lavhalaridan birida ushbu voqeani e’lon qilayotgan teleboshlovchi bir tadbirning shu paytgacha nohak o‘tkazilganligini va uni endi ta’qiqlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tahminini ta’kidlab o‘tadi. Aytingchi, teleboshlovchi qaysi tadbirni nazarda tutgan?
Javob: “Koinot go‘zali”, “Miss Vselennaya”.
Qabul emas: “Dunyo go‘zali” tanlovi

7616. Bemor yotgan xonadonga, bemorning yaqinlari va advokat kirib kelishdi. So‘ngra unga vasiyatnomani o’qib berishdi. Bemor esa joni uzilib qolishidan qo‘rqib shoshardi.
Tezroq vasiyatnomaga qo‘l qo‘yib orom olishni xohlardi. Lablari titrab, «Barcha qilgan gunohlarimni shu vasiyatim bilan qisman yuvsam rozi bo‘lardim» – deb pichirlab qaltiroq qo’llari bilan imzo chekdi. Hurmatli bilimdonlar, bemor qanday vasiyatga imzo qo’ydi?

Javob: 1901 yildan beri eng kuchli olimlarga berib kelinayotgan Nobel mukofotini ta’sis etish to’g’risidagi vasiyatnomaga, portlovchi dinamit ixtirochisi Alfred Nobelning vasiyati edi.

7617. Jaloliddin Rumiy uni yo’lchini adashmay manziliga eltuvchi sokin otdir. U otni oz-ozdan minib, kam-kam o’rgatish darkor. U idrok va farosat chashmasining ko’zini ochur. Garchi bu ot inson tanasini azoblanishiga olib kelsa ham, sizni bardoshingiz undan charxlanib, foydasi tanangizga qolur. Hurmatli bilimdonlar Rumiy hazratlari bu hikmatlarida nimani sokin otga qiyoslaganlar?
Javob: Bu ot sizni sabru-bardoshli qilib, tanangizni bo’lar-bo’lmas xiltlardan tozalar, ruhiyatingizni chiniqtiradi. Bu otning nomi – ochlik.

7618. Tarixchilar fikricha, barchasiga Gollivud aybdor ekan. 16 va undan yuqori yoshdagi 12069 ta insonlar bir savol yuzasidan so‘rovdan o‘tkazildi hamda tadqiqot asosida quyidagi natijalar olindi:
Mashhur shaxslar:

1.Uilyam Uolles — 42%
2.Chingizxon – 38%
3.Mussolini – 33%
4.Gitler – 11%
5.Uinston Cherchill – 9% va xokazo.
Voqealar:
1.Balga yaqinidagi jang – 52%
2.100 yillik urush – 44%
3.Sovuq urush – 32% va xokazo.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ushbu ro‘yhatning qarama-qarshisi ham mavjud.
Sizdan sinaluvchilarga qanday savol berilganligini so‘ramaymiz. Aytingchi, yuqoridagi ro‘yhat qanday javob asosida yuzaga kelgan?

JAVOB: Uydirmalar, hayotda mavjud bo‘lmaganlar, o‘ylab topilganlar.

7619. Vikipediyaga ishonadigan bo‘lsak, O‘rta asrlarda ritsarlik turnirlarini dastlab shunday atashgan. Keyinroq, XVIII asrda esa xuddi shu ritsarlik turnirlariga tayyorlanish qurilmasi sifatida uning hozirgi shakliga o‘xshash ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Uni deyarli butun dunyoda uchratish mumkin, faqat u hozirda insonning bir davri bilangina bog‘liq deb aytishimiz mumkin. U haqidagi topishmoqda mashina, arava, raketa va albatta, ot ishtirok etadi. Agar nima haqida gap ketayotganligini fahmlagan bo‘lsangiz, aytingchi, uning AQSHdagisi Buyuk Britaniyadagidan qanday muhim farqqa ega?
Javob: Harakat qilish yo‘nalishi bo‘yicha. AQSHda soat strelkasiga qarshi, Buyuk Britaniyada soat strelkasi bo‘yicha.

7620. Qadimda XVII-XVIII asrlarda oralig’ida yevroppada bazi bir ayollarga ko’zingiz tushsa g’alati bir narsaga guvoh bo’lasiz ya’ni ayollarning qoshlari qirilgan bo’larkan. Savol nima sababdan ayollarning qoshlari qirilgan bo’lgan?
Javob: XVII-XVIII asrlar oralig’ida eri o’lgan ayollarning qoshi qirilgan bo’larkan.

7621. Svetaforda qizil chiroq yondi u yerda motosikl ot arava va yuk mashinasi yon mayon to’xtadi. Yuk mashinasi qattiq signal chalib yuborgandi shunda ot xurkib motosiklchini qulog’ini tishlab oldi. Diqqat savol bu yerda qoidani kim buzdi?
Javob: Qoidani motosikilchi buzdi chunki motosikilchi kaska kiymagan bo’ladi

7622. U faqat hozirgi zamonda yoziladi: muallif ayni paytning o‘zida ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisadan olgan bevosita taassurotini yozib boradi. Uning an’anaviysi nomga ega bo‘lmaydi va g‘arb uchun odatiy bo‘lgan ifodaviy vositalardan foydalanilmaydi.
Savol: Uni toping?

Javob: hokku, xayku.

7623. Metodist cherkovi asoschisi Djon Uesli ularni la’natlagan, o‘rta asrlarda kema kapitanlari matroslarni uni bortga o‘zlari bilan olishlariga ruxsat berishmagan, bugungi kunda shaxtyorlar konga tushayotganlarida uni olishmaydi, xonadon o‘g‘rilari esa uydan hamma narsani olishsa ham, uni uy egalariga qoldirishadi. Shunday bo‘lsa-da ularning mashhurligi umuman kamaymaydi. Ularni 2 so‘z bilan yozib bering?
Javob: O‘yin kartalari.

7624. Dengizchilarning qadimgi an’analaridan biri sifatida tatuirovkalar ham muhim ahamiyatga ega. Tatuirovkalar yordamida dengizchilar dengiz xudolarining sahovatiga erishishga va uyga sog‘-omon qaytib kelishga harakat qilishgan. Dengiz, qora mushuk, taqa kabi tasvirlar omad keltiradi deb hisoblangan. Bundan tashqari yana bir turdagi tatuirovkalar ham keng tarqalgan ediki, ular o‘ziga hos amaliy vazifani ham bajarishgan. Qanday turdagi tatuirovkalar haqida gap ketayotganligini topgan holda ular bajargan amaliy vazifani yozib bering?
Javob: Qaysi dinga e’tiqod qilishini aniqlash uchun.
Izoh: Bu yerda diniy tatuirovkalar haqida aytib o‘tilgan. Bunday suratlar ham ancha keng tarqalgan. Dengizchilar qandaydir ofatlar tufayli halok bo‘ladigan bo‘lsa, uni qaysi din vakili sifatida narigi dunyoga kuzatishni aniqlab olish uchun o‘ziga hos amaliy vazifani bajargan.

7625. Tug‘ilganda uni Kindzaku deb atashgan, balog‘atga yetganda esa Munefusa nomini olgan. U shogirdlari tomonidan berilgan oddiy chayla-uyda yashab yurganda u yerga o‘z qo‘llari bilan banan palmasini ekadi va aynan shu daraxt biz uni taniydigan taxallusini olishiga sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Ushbu taxallusni siz ham yozib bering?
Javob: Matsuo Basyo

7626. Ushbu fantastik asar qahramonlari professor Aronask, xizmatkori Konsel, garpunchi Ned Lend, endi siz ushbu asarning bosh qahramoni ismini ayting?
Javob: Kapitan Nemo

7627. Tarix otasi Geradot juda ko’p Nil daryosi haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Dunyodagi eng suvi ko’p daryo deb, u Nilni birinchi o’ringa qo’ygan. Ikkinchi o’ringa u Borisfen daryosini qo’ygan. Hurmatli bilimdonlar, Geradot tilga olgan Borisfen daryosini
bugun qanday nom bilan ataymiz?

Javob: Dnepr

7628. 1969-yili Britaniya televideniyesi o‘n yillikning eng mashhur uch kishisi nomini e’lon qiladi. Ular bir ingliz, bir Amerikalik va bir Xitoylik. Ular kimlar?
Javob: Mao Szedun, Jon Lennon, Jon Kennedi.

7629. 1599 yili Ispaniyalik Gubernator Jivaro qabilasiga shu darajada ko’p soliq soladiki maskur qabila Gubernatorni tutib tamog’iga qaynab turgan ………. quyib jazolashigacha borib etadi, keyinchalik ushbu jazo usuli inkfizisa tamonidan ko’p yillar davomida odamlarga nisbatan munosib qo’llab kelingan,
Savol Gubernator qabilaga qanday soliq solgan va Gubernatorni ushlab qanday jazo qo’llashgan?

Javob: Gubernator Jivaro qabilasiga juda ko’p miqdorda oltin solig’i solgan va qabila Gubernatorni ushlab og’zidan qaynab turgan oltinni quygan

7630. Ushbu so’z Firdavsiyning SHOXNOMA asarida ”Alfa” ”Pul solingan qopcha” Ma’nosini anglatuvchi so’z sifatida qo’llanilgan bo’lsa, XIV asrda Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi hisoblangan, muayyan ogʻirlikdagi kumush quymasi(yombi)ni ifodalagan. Hurmatli bilimdonlar gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Milliy valyutamiz So’m

7631. Qadimda bu ulug’ ishni uddalagan ayol sharafiga Arabiston podshosi tuni bilan to’p ottirgan. Hindistonda uni bir kun taxtga ham o’tkazishgan, Misrda shaxsan malika ularga sarpolar tarqatgan. Savol: Qanday ayollarga?
Javob: Og’il ko’rgan ayollarga, Chunki o’g’il bu jangchi, bu kuch va aql degani

7632. Bir necha yil oldin:
“Manchester Yunayted”ning afsonalaridan biri bo‘lgan Denis Loudan so‘rashibdi:

-Sizning 60-yillardagi MYUingiz hozirgi MYUni yuta oladimi?
-Menimcha, ha, 1-0 ga yutsak kerak.
Diqqat savol, Lou nega aynan bu hisobni aytgan?

Javob: Chunki biz 70 yoshga kirib qoldik, bundan katta hisobda yuta olmasak kerak.

7633. Xitoy tilida bir nechta iyerogliflar birlashib, yangi murakkab iyeroglif va yangi so‘z hosil qilishi mumkinligini bilasiz.
Masalan, “it” va “og‘iz” iyerogliflari birlashib “hurmoq” so‘zini, “devor” va “tom” iyerogliflari birlashib “uy” so‘zini hosil qiladi.
Diqqat savol, “bug‘ular podasi” va “yer” iyerogliflari birlashishidan qaysi so‘z paydo bo‘ladi?

Javob: Chang

7634. O‘rta asrlarda freskalar majmuasi odatda bir nafar rassom tomonidan emas, rassomlarning bir guruhi tomonidan ishlangan. Zamonaviy italiyalik san’atshunos Zanardining fikricha, freskalar ustida ishlash oddiy surat chizish jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu fikrlarini ayta turib, mutaxassis bir o‘xshatish qiladi hamda boshqa bir san’at asarini yodga olib o‘tadi. Agar siz yuqorida qaysi san’at asari yodga olinganini topgan bo‘lsangiz, san’atshunos Zanardi fikrlarida kimni yodga olganini topib berishingiz lozim?
Javob: Uolt Disney
Izoh: Zanardi freskalar bilan ishlashni multfilm yaratish bilan tenglashtirgan.

7635. Fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter inson psixologiyasini mukammal o’rgangan shaxs sifatida yodda kolgan. Ayniqsa, ayollar ichki dunyosini bilishga butun umrini bag’ishlagan. O’zini ta’kidlashicha, ko’pchilik ayollarni ichida sir turmaydi – deyishadi. Volter aksincha ular o’zlari bilan bog’liq bir ma’lumotni o’ta sir saqlashadi. Volter naqadar haq ekanligiga siz ham to’g’ri javobni eshitib ishonch hosil qilasiz. Savol: Volter qanday sirni nazarda tutgan?
Javob: Hech bir ayol necha yoshga kirganini aytmaydi, sir tutadi.

7636. Hindistondagi bir soha vakillari 1988 yil 6 oy mobaynida 3200 kg oltin topishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu miqdor esa oltin qidiruvchilar va shaxtyorlar o‘ljasidan ikki barobar ortiqdir.
Savol: ular kimlar?

Javob: Bojxona xodimlari.
Izoh: chegaradan noqonuniy olib o‘tilayotgan oltinlarni musodara qilib

7637. Savol miloddan avvalgi 3-2 ming yillikga oid kuzgular qaysi manzilgohdan topilgan?
Javob: Zamonbobo

7638. Charli Chaplin tishlarni saqlab qolishning 3 yo’li borligini aytgan:
Birinchi: kuniga 2 marta yuvish,
Ikkinchi: har 6 oyda shifokorga borish;
Chaplinning hazilkash ekanini hisobga olgan holda 3-yo’lni toping?

Javob: Birovlarning ishiga aralashmaslik. Chunki musht keb qolishi mumkin jag’iga qarab

7639. Qadimgi Misr xalqi yozuvlarida «odillik»
so’zi tuyaqush patlari bilan izohlangan. Hurmatli bilimdonlar, bir daqiqadan so’ng nega aynan tuyaqush patlari orqali u so’zni ifodalashganligini aytasiz?

Javob: Tuyaqush patlari hammasi bir xil uzunlikda bo’ladi. Odillik barchaga barobar bo’lishiga ishora qilishgan.

7640. Matematik boshqotirma
Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi, Usta esa g’aladonda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi. Keyingi odamga ham shu qaytarildi va uchinchi odam ham g’aladonda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va g’aladonda pul tugadi.
Savol g’aladonda necha so’m pul bo’lgan. izohlab bering?

Javob: 1750 bor
Birinchi kishi shuncha tashasa 3500 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. Ikkinchi kishi 1500 tashasa 3000 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi, uchinchi kishi 1000 tashasa 2000 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa pul qomaydi

7641. Dunyo okeani terminining boshqacha talqini galosfera deyiladi. Bu yer sharining suv qobig’i qismining uning eng asosiy xususiyati bilan birlashtirilgan so’zlar kombinasiyasidan kelib chiqqan. Savol aynan qaysi xususiyat?
Javob: Galo-tuz sfera-shar

7642. Uni qo’limga olib go’yo ichganday bo’ldim. To’yib hidlab yuzlarimga surtdim, so’ngra bilaklarimga o’rab boshim uzra ko’tardim va uni oyoqlarim ostiga tashladim va bundan ko’nglim to’lmay uni yana qo’limga oldim va shundagina jismu-jonim orom topdi.
Hurmatli bilimdonlar yuqorida qanday jarayon ta’riflanmoqda?

Javob: Suvni qo’lga quyib ichgandek bo’lib, uni hidlab, bilaklaringiz bilan aylantirasiz. 3 karra bu amallar ado bo’lgach, jismu-joningiz rohat topadi. Bu har bir musulmonni namoz oldindan bajarajak tahorat amallaridur

7643. Men shunday kuchga egamanki imkoniyatim bo’lmasa ham sizni xarakatga keltiraman, siz meni ko’rmaysiz mobodo ko’rsangiz ham mendan boshqa hech narsani ko’rolmaysiz! men kim yoki nimaman?
Javob: Tush.

7644. Napaleon armiyasi bilan butun Yevropa urishgan. Shuning uchun Birinch
jahon urishi nomini olgan. Avstriyaning Krenkel shaharchasi azaldan mohir kishilar bilan nom qozongan. 1816 yili urush tugagach Krenkelga qaytib kelgan askarlarning barchasi ko‘sha-ko‘sha orden-krestlar bilan qaytishadi. Krenkel shaharchasi nima bilan dong taratgan edi?

Javob: Ular usta temirchilar o’zlariga orden krestlar yasab olishgan.

7645. Tibet medisinasida nimani kasalliklar darvozasi deb atashadi ?
Javob: Og’iz

7646. Qadimgi hind tabiblari inson 500 yildan oshiq umr ko’rishi mumkin
deyishgan. Avvalo parhez va ular maxsus giyohlardan tayyorlangan eleksir taklif etishgan. Qizig’i eleksirga biz iste’mol qiladigan 2 ta ozuqa maxsuloti ham qo’shilgan.
Savol. Qanday ikkita maxsulot?

Javob: Sut va Asal

7647. Shahrimizdagi ma’lum bir turdagi kiyim-kechak mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘kon “X (iks) va Y (igrek)” deb nomlanadi. X (iks) 1924 yilda yozilgan asar nomi bo‘lib, unda X(iks) larning ismlari aytib o‘tilmaydi. Y (igrek) esa mashhur tetralogiyaning bosh qaxramoni. U asarning to‘liq nomida dastlab bir kasbda, keyin esa boshqa buyukroq kasbda namoyon bo‘ladi.
Savol: X (iks) va Y (igrek) ni toping?

Javob: Uch baqaloq va Gulliver

7648. Xitoyliklar shirin taom tanovul qilishni juda ham xush ko‘ruvchi xalqlardan biridir. Aytishlaricha, Xitoyda choyxona va restoranlar kioskalardan ham ko‘p ekan. Shu tufayli ham xitoyliklarning taomxonalarga e’tibori o‘zgacha va ular ham an’analardan xoli emas. Xitoyda, shu bilan birga turli davlatlardagi Xitoy restoranlarida ULARning tutgan o‘rni katta. ULARning soni taomgohning darajasini bildirgan: ULAR qanchalik ko‘proq bo‘lsa, bu joydagi sharoit va xizmat ko‘rsatish shunchalik yuqori bo‘ladi. ULARning rangi ham o‘ziga hos belgi vazifasini bajaradi: agar ULAR ko‘k bo‘lsa, bu yer musulmonlar oshxonasi, agar sariq bo‘lsa, vegeterianlar uchunligini bildiradi va hokazo.
Savol: Xitoy an’analaridan kelib chiqqan holda ULARni toping.

Javob: Xitoy fonarlari, chiroqlari.

7649. “Ko‘pgina Franchesko, Dominiko va Benedettolar ulardan oldin ham ko‘pchilik yegan taomni bir necha marta iste’mol qilishadi va ular tilga kirishlari uchun yana ancha oy kerak bo‘ladi”. Savol Gap Qanday “taom” haqida ketmoqda?
Javob: Ona suti

7650. Yefron va Brogauz lug‘atida keltirilishicha, XIX asrda Vena aholisining 83% aynan shunday toifa shaxslardan iborat ekan. Diqqat Savol qanday shaxslar?
Javob: Savodxon

7651. Ushbu qasr sobiq Avstriya imperatorlarining qarorgohi bo‘lgan bo‘lib, hozirda muzeyga aylantirilgan va 1996 yili Yunesko qaramog‘iga olingan.
Diqqat Savol gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Shenbrunn

7652. Savol Cherchilning aytishicha uning chegaralari Baltikaning Shtettinidan Adriatikaning Triestigacha borar emish?
Javob: «Temir parda»

7653. Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa ……
Jumlani to’diring?

Javob: Qizingdan ayrilasan

7654. Barkarola-mayin va sekin templi italyancha qo‘shiq turi bo‘lib, uni asosan ular ijro etishadi kimlar?
Javob: Gondolerlar

7655. 1370, 1562, 1679, 1718 yillari bu shahar aynan shunday falokatga yo‘liqdi. Diqqat Savol qanday falokatga yo’liqdi?
Javob: Chuma epidemiyasi tarqagan

7656. Tibbiyot mutaxassislari fikricha, u predmet sizni kundalik shok holatiga tushiradi. Kundan-kun unga koxnikib, tabiiy zavq xissi sizni tark eta boshlaydi. Asabiy va darg’azab bo’lishingizni tezlashtirar ekan. Hozir turli davlatlarda turli ko’rinishlari ishlab chiqarilmoqda. Ammo hammamizni ongimizda u serjahl koxrinishda saqlanib qolgan. Savol: nima u serjahl yo badjahl?
Javob: Budilnik

7657. 1978 yili aynan shu ingliz pop guruhi tuzildi?
Diqqat Savol qaysi pop guruhi tuzildi?

Javob: Dyuran-dyuran

7658.Chexov yoshligida aynan shu taxallus bilan ijod qilgan. Savol qanday taxallus bilan ijod qilgan?
Javob: Ayatosha Chexonte

7659. Qadimgi Hindistondagi qishloq xududlarida yashovchi dehqon oilalari dalada hosil pishish oldidan ertalabdan kechgacha sholipoya atrofida qo’shiqlar aytib, raqslarga tushib, quvlamachoq, berkinmachoq o’yinlari o’ynab kunni kech qilishgan. Hosilni yig’masdan oldin boshlanib ketgan bu bayramdan maqsad nima bo’lgan?
Javob: Qushlardan asrashgan

7660. 2011 yili suratga olingan “Оливе” (Olive) filmining rejissyori AQSHlik Xuman Xaliliy hisoblanadi. U bu filmni yaratish uchun 500 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflagan. Ekspertlarning fikricha film sifatli chiqqan. Endi biroz g‘alatiroq savolni eshiting. Ushbu filmni yaralishida muhim rol o‘ynagan vositani bitta lotin va bitta grek so‘zlari bilan yozib bering?
Javob: Mobil Telefon
Izoh: mobil telefonda suratga olingan film

7661. Diqqat qiling savolda o‘zgarish bor.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Genrix Gimmler qo‘l ostidagi Daxau lagerida NA’MATAK MEVALARI ustida tadqiqotlar olib borilgan. 1944 yilda Germaniya qurolli kuchlari 200 tonna NA’MATAK MEVALARIGA buyurtma bergan. Buyurtmaning 65 tonnasi neytral hudud hisoblangan Shveysariyaning Roche firmasi tomonidan yetkazib berilgan. Savol: NA’MATAK MEVALARI so‘zlari bilan qaysi so‘zlarni almashtirdik?

Javob: “C” vitamini.
Izoh: Eng ko‘p tabiiy C vitamini na’matak mevalarida uchrar ekan.

7662. Afrika va Lotin Amerikasi, Osiyoning bir qancha xududlarida har yili yoz oylari turli yuqumli kasalliklar qo’zg’alib turadi. Har bir davlat bu borada o’z loyihalarini ishlab chiqqan. Braziliya bu borada juda katta mablag’li reja tuzgan. Unga ko’ra uzun-uzun trassalarda har 50 metrni kavlab quvurlar yotqizish aytilgan.
Hurmatli bilimdonlar, yo’lga yotqiziladigan quvurlar orqali kasalliklar oldi qanday olinadi. Quvurlar nima uchun yotqiziladi?

Javob: Kasalliklar asosan chivin-hasharotlardan tarqaydi. Ularni terib yeydigan jonzot bu qurbaka. Qurbakalar yo’lni kesib o’tayotib juda ko’plab nobud bo’lib ketadi. Qisqa hayoti mobaynida qurbaka bir necha 10 minglab chivinlarni quritadi. Qurbakalar trubadan o’tishlari uchun ularga yo’l ochib qo’yishni taklif etishgan.

7663. Qadimdan Sharq tabiblari bemorni davolashda benazir bo’lishgan. Shunday xalqona usullardan foydalanishganki, haligacha dunyo tibbiyotida bu usullar qo’llaniladi. Savolimiz davolash usullari haqida emas. Davolanishga to’lanadigan haq to’g’risida. Sharqda xususan Xitoy, Xindiston, qisman bizda ham, davolaganlari uchun kasal haqi emas, chiroq haqi olishgan. Nega davo haqi emas, chiroq haqi olingan?

Javob: Albatta og’ir kasaldan tuzalgan bemor, chin dildan ataganini tabibga beradi. Tabib esa bu pulni chiroq puli deb oladi. Chunki ilgari chiroqlar yoxq paytida (el.energiyani nazarda tutayapman)
kechqurunlari odamlar tabib kerak bo’lganda uni uyini qidirib yurmasliklari uchun, tabibni uyi oldida doimo lampa-chiroq yonib turgan. Zimiston qishloqda shu tahlit tabibni topish oson bo’lsin deb chiroq yoqib qo’yilgan. Lampa-chiroqlar esa qimmat bo’lgan.

7664. Gapirsa yolg’on gapiradi, Va’da bersa bajarmaydi, Omonatga esa hiyonat qiladi .
Diqqat savol bu nimani alomati?

Javob: Munofiqlik

7665. Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Fransiyada topildi. Keyinchalik u o‘zining Yevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetib boradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Ho‘sh endi aytingchi, u AQSh ning qaysi shtatidan kelgan?
Javob: Kolorado.
Izoh: Bu yerda gap kolorado qo‘ng‘izi haqida ketmoqda.

7666. Yevropaning eng bahavo, mo’tadil, go’zal shaharlaridan biri Madriddur. Yil 12 oy ilik, mayin ob-havo Madridda hukmronlik qiladi. Shu sababli XVII-XVIII-XIX asrlarda Yevropadagi ko’plab qirol oilalari muhim bir hodisa tufayli Madridga tashrif buyurib turishgan. Savol: nima sababdan ular Madridga kelishgan?

Javob: Madrid barcha qulayliklarga ega shahar bo’lgani uchun malikalar shu yerda ko’zlari yorishni xohlashgan.

7667. Rivoyatda aytilishicha M.Ulug‘bek, bobosi – Amir Temur taqdirini yulduzlar orqali bashorat qilib, o‘limdan saqlab qolgan. M.Ulug‘bek bobosining tole’nomasini aniqlab, o‘lim bilan bog‘liq xavf-xatar borligini ko‘radi, lekin aynan qanday turdagi xavf ekanligini bilmay turganida: «… minora koshini ko‘chib, tole’noma darajasi harfi ustiga tushib, uni ezib tashlaydi». Ushbu belgini ma’nosini to‘g‘ri tushungan M.Ulug‘bek bobosini aynan qanday xavfdan saqlash kerakligini tushunadi. Bu qanday xavf ekanligini siz ham ayting?
Javob: Zilzila
Izoh: «Bobom hayotiga bo‘lgan xavf zilziladandur va u bir soat ichida bo‘lajak».
Manba: X.Davron «Sohibqiron nabirasi» kitobidan.

7668. Arximedning “Menga dunyoni tayanch markazini topib bering va men uni ostun ustun qilib tashlayman” degan jumlasini eshitgansiz. Rene Dekartda ham shunga o‘xshash tarzda “Menga materiya va harakatni bering men koinotni yarataman” degan jumlalar bor. Shunga o‘xshagan yana bir gapni Diyego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomuseno Mariya de los Remedios Sipriano de la Santisima Trinidat Martir Patrisio Ruis ham ayta turib o‘z gapini “va men uni to‘ldirib tashlayman” so‘zlari bilan tugatgan.
Savol: ushbu inson aytgan jumla boshidagi uchta so‘zni yozib bering?

Javob: “Menga muzeyni ko‘rsating”
Izoh: Bu inson Pablo Pikasso

7669. Chingiz Aytmatovning “Oq bulut” asarida mug’ul istilochisi Chingizxon jangga kirganida yonida egarlangan,- jangovar holatda suvoriysiz ot olib yurganligi haqida yozib qo’yilgan. Nimaga u suvoriysiz otni yonida olib yurgan?
Javob: Chingizxondan buni sababini so’raganda, u bizni g’alabaga yetaklaydi. Chunki u ot urush xudosi uchun tayyorlangan deb javob qilgan.

7670. Karfagen shahri hozirgi qaysi davlat xududida joylashgan? Tunis davlatida. Karfagenlik hunarmandlar yasagan idishlarga Yevropa boy-zodagonlari juda xaridor bo’lishgan. Eng boy kishilarga o’sha idishlarda musallaslar quyilgan. Xatto qirollar ham Karfagen ustalari yasagan qadahlarda may ichishgan. U idishlar vazni yengil va nihoyatda nozikligi bilan ajralib turgan. Aytingchi, u idishlarni narxi ko’tarilishiga va xaridorgir bo’lishiga nimadan yasalganligi sabab bo’lgan?
Javob: Chunki ular tuyaqush tuxumidan yasalgan. Tuyaqush tuxumining og’irligi 1,5 kg atrofida bo’ladi.

7671. Hazrati Umar shunday deydilar :
“Hayotimdagi bir voqeani eslasam kulaman yana birini eslasam yig’layman” deydilar
Kulganim, biz yoshligimizda hovla yasardik va unga sig’inardik, qornimiz och qolganimizda o’sha holvalarni yeb ham qo’yardik
Lekin ….. eslasam yig’layman …
Diqqat savol nima uchun Umar hazratlarini bir voqeani eslab yig’laydilar?

Javob: “Johiliyat davrini o’zimni qizimni o’z qo’lim yerga tirik ko’mganman”

7672. “Обител зла – 4: “O‘limdan keyingi hayot” filmida bosh qaxramon Elis Alyaskadan qaytarkan o‘zining kichik samalyoti bilan zombilarga to‘lib ketgan Los-Anjeles shahridagi bir muassasa binosini tomiga qo‘nadi. Binoda besh oltita kishi jon saqlayotgan edi. Ushbu bino atrofi zombilar bilan o‘rab olingan bo‘lib u yerdan chiqib ketishning iloji yo‘q bo‘lgan. Filmda bir personaj Elis va boshqalarga ushbu binodan chiqib ketish yo‘li borligini aytadi. Savol: Agar siz Elis qanday muassasa tomiga qo‘nganini bilgan bo‘lsangiz, ushbu binodan chiqib ketish yo‘lini aytgan personaj qaysi roli bilan mashhurlikka erishganini toping?
Javob: Maykl Skolfild
Izoh: Elis qamoqxonani tomiga qo‘ngan. Uentuort Miller esa “Побег из тюрми” teleserialida qamoqxonalardan qochishni rejalashtiradigan Maykl Skolfild roli bilan mashhur. Buni qarangki, “Oбител зла -4”da ham u bu ish bilan shug‘ullanishga urinib ko‘rgan.

7673. Markiz de Sadning hikoyalaridan birida bir personaj shunday deydi: “Agar xonada pashsha bo‘lmasligini xohlasang, unda xonadan shakarni chiqarib tashla”. Hikoya qahramoni bu bilan jamiyatdagi qanday salbiy holatni yo‘qotish yo‘lini tushuntirmoqchi bo‘lganligini maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Mamlakatda gadoylikka qarshi kurash (Fransiyada gadoylarni yo‘qotish)
Izoh: Personaj o‘z fikrini quyidagicha tushuntiradi. Gadoylarga qanchalik ko‘p sadaqa bersang, ularning soni ko‘payib boradi. Ularni yo‘qotishning eng samarali usuli ularga sadaqa bermaslikdir.

7674. Mutaxassislar fikricha ularni qarindoshlaridan farq qilishiga sabab ayrim pigmentlarni yetishmasligi ekan. Bundan tashqari ko‘zlarining moviyligi bilan ham farqlanadi. Savol: Uni ikkita so‘z bilan ifodalang?
Javob: Oq yo’lbars

7675. Pugachyov qo‘zg‘oloni Rossiyaning yarmigacha tarqalgan. Volga bo‘yi butunlay qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tganini xukumat chet ellik diplomatlardan yashirib kelardi. Ammo Germaniyaning elchisi bozor aylanib yurib aynan bir narsaning sotuvda yo‘qligidan Volga Pugachyov qo‘lida deb xulosa chiqaradi. Savol: U bozordan topa olmagan narsa nima edi?
Javob: Bozorda qora ikra yo‘q edi. Moskvaga qizil ikra Kasiydan, Volgadan esa qora ikra keltirilgan.

7676. Onoriy Bustos Domekning Argentinada chop etgan kitobi tez orada o‘z muxlislari hamda tanqidchilarini topadi. Xose Luis Borxes uning asarini Adolfo Kaserosning asarlari bilan soltishtirib, yozuvchi haqida shunday deydi: “Uning asarlari na Adolfo Kaserosning yozgan asarlariga, na mening yozgan asarlarimga o‘xshaydi”.
Savol: Onoriy Bustos Domek kimning taxallusi?

Javob: Xose Luis Borxes va Adolfo Kaserosning birgalikdagi taxallusi
Izoh: Uning yozgan asarlari na Adolfo Kaserosning mensiz yozgan asarlariga, na mening usiz yozgan asarlarimga o‘xshaydi.

7677. Regbichi Djonni Uilkinson har bir o‘yinda o‘rtacha 2 tadan drop gol urishi odatga aylanib qolgan. Mazkur statistikadan xabardor mutaxassislar Angliya terma jamoasi har o‘yinni shunday hisob bilan boshlaydi deb hazillashardilar. Bir necha yilgi o‘yinlarning birida o‘yin davomida jamoasi yutqazayotganiga qaramay jamoasiga mazkur hisobdagi g‘alabani olib kelgan inson 2008 yilgi qaysi terma jamoa a’zosi bo‘lgan?
Javob: “Zakovat” bilimdonlar terma jamoasi
Izoh: Har bir drop gol uchun regbida 3 ochko beriladi (2 tasi 6 ochko). Savolning 2-yarmi “Zakovat” o‘yinlari haqida edi. O‘z jamoasiga 6-0 hisobidagi g‘alaba olib kelgan inson bu Nizomiddinxo‘ja Nig‘monov va u 2008 yilning final o‘yinida “Zakovat” terma jamoasi tarkibida o‘ynagan.

7678. Ko‘plab notijorat va nodavlat tashkilotlar mavjud. Bir jamoatchilar guruhi oziq-ovqat do‘konlarida faqat yangi, sog‘lom, zararsiz bo‘lgan mahsulotlarni sotishga chorlaydi. Ular oldindan bir supermarketni tanlab, u yerga oddiy xaridorlar ko‘rinishida borishar va berkitilgan videokamera orqali sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni tasvirga tushirar edi. Ma’lum vaqt o‘tgach, huddi shu do‘konga kelib o‘z e’tirozlarini ochiq tarzda bildirishadi. Qo‘llaridagi video esa do‘kon ma’lum qoidalarni buzayotganining isboti bo‘ladi. Diqqat savol: Jamoatchilar birinchi marta do‘konga tashrif buyurishganda yana o‘zlari bilan mahsus nima olib kelishgan? Faqat aniq javob qabul qilinadi?
Javob: O‘sha kuni chop etilgan gazeta.
Izoh: Jamoatchilarning asosiy maqsadi do‘kon rastalarida faqat sifatli tovar qo‘yilishi bo‘lgan. Ayrim hollarda rastalarda muddati o‘tib ketgan tovarlar ham sotilishi kuzatiladi. Shu tovarlarni aniqlash vaqti kameraga birinchi Tovar o‘ramidagi ishlab chiqarilgan sana va amal qilish muddati tushiriladi. So‘ng esa aynan o‘sha kuni chop etilgan gazeta sanasi tushiriladi.

7679. Birinchisini tayyorlashda, eziladigan hom-ashyo, yupqa terisini ajratib olish uchun filtrdan o‘tkaziladi. Ikkinchisini tayyorlashda esa hom-ashyoning yupqa terisi qoldiriladi. Birinchi va ikkinchini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting?
Javob: Oq vino, Qizil vino

7680. Xato qilmaslikka harakat qilib ushbu savolga javob bering. Djordj Oruelning mashhur romanidagi voqealarning boshlangan sanasini, ya’ni kun oy va yilini aniq yozib bering
Javob: 4 aprel 1984 yil.
Ya’ni “1984” asari haqida edi

7681. She’riy topishmoq.
Sham yorug‘ida pushti, shamol tebratgan gullar,
Kunduz, sham o‘chganida qanday rangda ko‘rinar?

Javob: Topishmoqda aytilganidek «sham»ni o‘chiramiz. Shamol so‘zidagi «sham» o‘chirilsa, «ol» – ya’ni qizil so‘zi qoladi. To‘g‘ri javob – qizil rang.

7682. Payg’ambarimiz SAV aytdilar. Jannatga bir kishi kirib keladi. Jannatda biror hovli egasiz qolmagan bo’ladi. Va ular marxabo marxabo biz tomonga deydilar.
Jannatga kirgan kishi kim edi?

Javob: Abu Bakr r.a

7683. Uhud jangi kuni ikki qabila va’dasiga vafo qilmay jangga kirmay Rasulullox SAV ga xiyonat qilishdi. Bu qabilalar Uzal va Kora nomli qabilalar edi.
Uhud jangidan so’ng ularga qanday xukm qildilar

Javob: Afv etadilar

7684. Rasulullox SAV bular menga Arsh ostidagi xazinadan berilgan deb
Qaysi suradagi qaysi oyatlarni aytdilar?

Javob: Baqara surasining oxirgi 2 oyati

7685. Bu sahobani kunyalari Abu Muhammad. Ansorlardan , barcha g’azotlarda qatnashganlar. Rasulullox SAV dan 47 hadis rivoyat qilganlar. Bu sahobani ismlarini ayting?
Javob: Ka’b ibn Ujra r.a

7686. Dunyo g’oyat o’zgaruvchan……. ko’p mudom sizni aldaydi.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni topamiz?

Javob: Makrlari

7687. Bu hayvon -Yevropa, old Osiyo va markaziy Osiyoda yashaydigan ajoyib hayvon. Bu juda ham yuvosh va dovyurak jonzot, u inson va qolgan hayvonlar uchun xavfli emas. U doim odamlardan yashirinib yuradi, ortiqcha muamolardan qochib. Bu hayvon uzunligi maksimum 90 sm ga teng, dumi esa 20-24 smga. Og‘irligi esa 24 25 kg o‘rtacha. Ular asosan tog‘ o‘rmonlarida yashaydiganlari bor va dashtda yashaydiganlari bor. Bu hayvonlar tungi hayvon hisoblanadilar, ular asosan kechqurun ovga chiqadilar. Ularning ozuqasi qurbaqa, qushlar, kaltakesaklar, sichqonlar, qush tuxumlari va toshbaqa tuxumlari
Bu qaysi hayvon?

Javob: Bo’rsiq

7688. ,,U hech qachon Sezar yoki Rim papasidek emasdi.Uning ortida ularnikidek armiya yo’q edi. Hech qanday maxsus qo’riqchilar haqida gap ham yo’q edi. U hech qachon saroylarda yashamadi, hech qanday boyliklarni ko’zlamadi. Agarda kimda kim diniy qonunlar bilan insonlarni ortidan ergashtirgan bo’lsa ham ,u aynan Muhammad s.a.v edi. U hech qachon qo’llab quvvatlanishga muxtoj emasdi, hech qachon maxsus kiyimda yurmas edi. U hech qachon o’zini ilohiy deb maqtanmadi, Payg’ambar nomi aynan shu inson uchun edi. Kimda kim hozirgi kunda shu insonni o’rganayotgan bo’lsa ,uning buyukligiga guvoh bo’ladi.
Men bu inson haqida juda ko’p gapirishim mumkin, shu inson aytgan gaplar menga havas va iymon baxsh etadi. Men bir umr shu insonning mexri va buyukligi asirasiga aylanaman,,
Bu so’zlar muallifi kim?

Javob: Anni Bezant

7689. Savol matnida BU ISH boshqa so’zlar bilan almashgan.
BU ISHning asosi 1745 yilda gvardiyaning elita qo’riqchilari bo’linmasi Coldstream polkida shakllangan deb ishoniladi. 1762 yilda Shotlandiya nizomlaridan birida shunday deyilgan: “Hech narsa bosh kiyimni buzmasligi va shlyapani yechish kabi bog’ichni iflos qilmasligi sababli, o’tish paytida faqat kaftni ko’tarish yetarli”.
Savol. BU ISH nima ekanligini  aniq yozib bering?

Javob. Harbiycha salomlashish.
Qa’bul. Harbiy so’zi asosidagi shu mazmundagi javoblar.
Izoh: Shotlandiya harbiy nizomida yuqoridagi jumlalar keltirilgan. Chest berib salomlashish 1745-yilda Coldstream polkida vujudga kelgan. Biz ham an’anaga ko’ra bugungi navbatchilikni salomlashishga oid savol bilan ochib oldik.

7690. Savolni Toru beradi.
Ushbu insonning sof boyligi 80 million dollarga baholangan. Shunday ekan Bu insonni KAMBAG’AL deyish noto’g’ri bo’ladi. Livejournal.com sayti ma’lumotiga ko’ra Bu inson 2006-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda “Nega biz sizni BOY bo’lishingizni xohlaymiz” kitobini yozgan ekan.
Savol. 1947-yilda Hiloda tug’ilgan bu inson kim?

Javob. Roberto Kiosaki
Qa’bul. Kiosaki familiyasi bo’yicha.
Izoh: Savol matnidagi boy va kambag’al so’zlariga urg’u berilishi sizni Kiosakining “Boy ota, kambag’al ota” asariga olib borgan bo’lsa ajab emas. Robert Kiosakining to’liq ism familiyasi Robert Toru Kiosaki ekanligini bilsangiz kerak.

7691. Uning birinchi qismi “Sherik”, ikkinchi qismi “Shayton vasvasasi” deb nomlanadi. Savol: uchinchi qismining qanday nomlanganini bir harfi bir so‘zda ayting?
Javob: Ы operatsiyasi

7692. “Savdogarlar ustozi” kitobida yozilishicha qoziga kuyov bo‘lgan Muborak to‘ydan besh hafta o‘tsa ham kelinni hatto yuziga ham qaramabdi. Buning sababini so‘ragan qozi Muborakning javobidan biroz uyalib ketibdi. Diqqat savol: Muborak nima sababdan 5 hafta o‘tib ham kelinning yuziga qaramagan va umuman yaqinlashmagan?
Javob: Qozi xonadonida mabodo harom luqma yeb qo‘ygan bo‘lsa oradan 40 kun o‘tishini kutgan.

7693. Ushbu insonning xizmatiga barchangizning ehtiyojingiz bor. Shu bois ushbu kasbning tojik tilida nomlanishi “alohida, xos, maxsus, o‘ta muhim ish bilan shug‘ullanuvchi kishi” ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida esa bu so‘z “xabar beruvchi, notiq” ma’nolarini ifodalaydi. Haqiqatdan ham ushbu insonlar xabar yetkazish barobarida, yaxshigina notiq, diplomat ham bo‘lishlari kerak. Yo‘qsa o‘zlariga yuklatilgan missiya bajarilmaydi. Savol: agar siz gap qaysi so‘z haqida borayotganligini topgan bo‘lsangiz, o‘zbek adabiyotida ushbu so‘z qatnashtirib yozilgan roman nomini yoki ushbu roman muallifini yozib bering?
Javob: “O‘zi uylanmagan sovchi” romani yoki muallifi Ahmad A’zam.
Izoh: Gap sovchi so‘zi haqida borayotganligini anglagan bo‘lsangiz kerak. tojik tilida xos – alohida, maxsus, o‘ta muhim ma’nolarini bildiradi. Xoskor esa maxsus ish bilan shug‘ullanuvchi deganidir. O‘zbek tilida esa sovchi so‘zining o‘zagi qadimgi turkiycha sav – ya’ni xabar, nutq so‘zlaridan olingan.

7694. Maxsus savol:
Ushbu kunda na xursand bo’lishni , na xafa bo’lishni bilmaymiz. Ushbu kun har birimiz uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan muhim kunlardan biri hisoblanadi. Ushbu kunda doim amal qiladigan an’ana sababchilaridan biri bo’lgan bo’lgan Husan Sodiqovdan barchamiz minnatdor bo’lsak arziydi.
Diqqat savol: Ushbu kunni ( sanani) son qatnashtirib yozib bering?

Javobi: 25-may.
Izoh: 25-mayning o’zgarmas an’analaridan biri bo’lgan ” Xayr maktabim” taronasi muallifi Husan Sodiqov hisoblanadi. Shu lahzadan foydalanib barcha bitiruvchilarni 25-may ” So’nggi qo’ng’iroq ” bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman

7695. 1930-yilda natsislar uning barcha kitoblarini yoqib yuboradilar. U bir necha bor Germaniyadagi eng nufuzli Gyote nomidagi adabiyot mukofotlarini olgan. Gebbels uning kitoblarini yo’q qila turib: “Inson qalbini shaxvoniy xirslardan tozalayapmiz” , deb da’vo qilgan.
Diqqat savol: natsislar kimning asarlarini yo’q qilishgan?

Javob: Zigmund Freyd

7696. Amir Temur Samarqandni poytaxt qilish uchun eng mohir ustalarni jalb qilgan. Samarqand bitgach sohibqiron uning eng go’zal poytaxt bo’lganini e’lon qiladi. Shundan keyin Samarqand atrofidagi qishloqlarni shunday atashga farmon bergan.
Diqqat savol: sohibqiron taklif etgan nomlardan kamida uchtasini ayting?

Javob: Qohira, Damashq , Bag’dod

7697. O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning bir ukasi bo’lgan, u O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist unvonini olib, 32 yoshida olamdan o’tgan.
Diqqat savol: uning ismini toping?

Javob: Novfal Zokirov.

7698. Diqqat savol: AQSHning qaysi shtati o’z nomi uchun Angliya qirolichasi Yelizaveta Tyudordan minnatdor bo’lishi kerak?
Javobi: Shtatning nomi Verjiniya.
Izoh: Yelizaveta Tyudorning laqabi Bokira qirolicha bo’lgan. Bokira , ya’ni qizaloq inglizchasiga ” virgin” bo’ladi.

7699. Blits
1.Ushbu kompaniya 1946 yil tashkil etilgan bo‘lib, boshida Tokio telekommunikatsiya va industriya kompaniyasi yoki qisqacha Totsuko deb atalgan. Ammo amerikaliklar uchun talaffuz qilish qiyin bo‘lgani uchun keyinchalik kompaniyaga boshqa nom tanlashadi. Ushbu nom lotincha tovush yoki ingliz tilida “quyoshli bolalar, yosh daholar” ma’nosini anglatuvchi iboraning birinchi so‘zi degan variantlar mavjud. Ushbu kompaniya nomini yozib bering?
2.Ushbu ism rus tilidan boshqa Yevropa tillarga tarqalgan. Aslida bu so‘z yunonchada “donishmandlik” ma’nosini bildiruvchi qizlar ismining ruscha erkalash varianti bo‘lgan. Keyin esa mustaqil ism sifatida shakllangan. Agar siz Dostoyevskiyni yaxshi ko‘rsangiz, uning nazari bilan qarab ushbu ismdagi qahramonni ham sevib qolasiz. Ushbu ismni yozib bering.
3.Savol juda-juda ham qisqa. Sharq islom davlatlarida ko‘p uchrovchi bu ism asosan ikkinchi qiz farzandlarga qo‘yiladi. Ushbu ismni yozib bering?

Javoblar:
1.Soni
2.Sonya
3.Soniya.
Izoh: 2.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanida tanasini sotib kun ko‘radigan Sonya ismli qiz nihoyatda muhabbat bilan tasvirlanadi. 3. Arabchada soniya – ikkinchi degani. Qolaversa savol juda-juda qisqa deb, eng qisqa vaqt belgisi soniyaga ishora qildik.

7700. Diqqat savolda almashtirish bor
2010 yil oxirida, men НТВ telekanalida DOLLAR va SЕNT jamoalari bahsining shohidi bo‘ldim. Savoldagi almashtirishlarning ma’nosini tushungan bo‘lsangiz, men qaysi jamoalarning bahsini ko‘rganligimni ayting?
Javob: Rubin va Kopengagen.
Izoh: NTV telekanalida jamoalarning qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi: RUB va KOP.