Visla-oder operatsiyasi

Visla-oder operatsiyasi – 2-jahon urushi davridagi harbiy operaysiya (1945.12.1—3.2). 1-Belorussiya va 1-Ukraina frontlari (Sovet Ittifoqi Marshallari G. K. Jukov va I. S. Konev) Visla daryosi bo’yida nemis qo’shinlarining “A”, shuningdek 26 yanvarda esa “Markaz” (gen.-polkovnik I. Garpe, 17 yanvardan — gen.-polkovnik F. Shyorner) armiyalari mudofaasini yorib o’tib Varshavani ozod qilganlar (17 yanvar), Breslau va Poznanda dushmanning yirik qo’shinlar guruhini qurshovga olganlar. Polshaning g’arbiy qismini ozod qilganlar, Oder daryosini kechib Germaniya hududiga kirganlar va Berlinga hujum qilish uchun qulay mavqeni, egallaganlar.