Vismut rudalari
Vismut rudalari – vismut olinadigan birikmalar. Sof tug’ma vismut, vismutin, tetradimut, kozalit, bismit, bismutit minerallaridan tashkil topadi. Qalay, volfram, mis, qo’rg’oshin va boshqa metallarning rudalari bilan ko’pincha birga uchraydi. Dunyoda olinadigan vismutning 90% tarkibida vismut bo’lgan qo’rg’oshin, rux, mis, qalay rudalari va kontsentratlarining metallurgiyada qayta ishlanishidan olinadi. Rudalarda vismutning mikdori 0,01, ba’zan 0,1%. Vismut olinadigan konlarda 1% dan ko’proq. Bunday konlar juda kam. Vismut rudalari endogen konlari postmagmatik va gidrotermal bo’lib, granit tog’ jinslari bilan genetik bog’liq. Vismut rudalarini greyzenli,’ kvars-tomirli (volframit, berill, molibdenit, vismutin, kozalit), skarnli (sheelit, mis, polimetalli), kolchedanli (vismut bilan), oltin-vismutli va boshqa ko’p konlari ma’lum. Ekzogen sharoitlarda tub konlarni emirilishidan bazobismutit va bismutitli allyuvial va delyuvialallyuvial sochmalari hosil bo’ladi. Yirik Vismut rudalari konlari Boliviya, Meksika, AQSh, Peru va boshqa mamlakatlarda, Rossiya Federatsiyasi (Zabaykale), O’zbekistonda (Ustarasoy) topilgan. Vismut rudalari oson eriydigan qotishmalar olishda va shisha sanoatida nur sindirish ko’rsatkichi yuqori bo’lgan shishalar i.shlab chiqarishda, shuningdek tibbiyot va boshqa sohalarda qo’llaniladi.