Vitgenshteyn
Vitgenshteyn (Wittgenstein) Lyudvig (1889.26.4, Vena – 1951.29.4, Kembrij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929 yildan Angliyada yashadi, Kembrij universiteti professor (1939-47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chiqdi. Vitgenshteyn “Mantiqiy-falsafiy risola” (1921) asarida o’zi yaratgan sun’iy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-ko’st, ya’ni oddiy (tabiiy) tildagi ko’p ma’noli so’zlardan, mantiqiy noaniqliklardan xoli. Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari ob’yektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning ta’kidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi.