Vahobovlar
Vahobovlar (Vahobov Ismoil, 1949.19.1 va Vahobov Isroil, 1951.19.1, Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobod qishlog’i) — aka-uka hamnafas xonandalar, O’zbekiston Respublikasi xalq hofizlari (1999). Vahobovlar doimo bolalik davridan birga kuylab, o’zlarining yoqimli, baland va tiniq ovozlari bilan shuhrat qozonishgan. Toshkent davlat konservatoriyasini tugatishgan (1973). Ichki ishlar ko’shinlari ansambli (1973-74), O’zteleradio qoshidagi “Maqom” ansambli (1975-92), “Tanavor” milliy raqs ansambli (1992-96)da ishlashgan. 1996 yildan “maqom” ansambli xonandalari (1996-99 yillar Isroil Vahobov mazkur jamoaning badiiy rahbari). Ijro uslubining o’ziga xosligi, qo’shiqlardagi jo’shqinlik, baland, lekin mayinlik bilan kuylash, ovozlar hamohangligi xonandalar ijodiga xos. Repertuaridan Shashmaqom sho’balari va Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari (“Mo’g’ulchai Navo”, “Talkini Ushshoq”, “Bayot III”, “Bayot uforisi” va boshqalar), o’zbek mumtoz ashulalari-(“Bebokcha”, “fig’on”, “Sharob” va boshqalar), zamonaviy bastakorlar (I. Ikromovning “bir kulib qo’y”, O. Qosimovning “kutarman”) hamda o’zlari yaratgan asarlar (“seni o’ylayman”, “Shirin zabonim”, “jon O’zbekistonim”, “Yashar sevgim”, “do’stlarim” va boshqalar), shuningdek Sharq xalqlari qo’shiqlari (Eroncha “muborak”, turkcha “Xolida”, Arabcha “Habibiy”, afg’oncha “Laylijon”) keng o’rin olgan.