Vaxtangov Yevgeniy Bagrationovich
Vaxtangov Yevgeniy Bagrationovich [1883.1 (13).2, Vladikavkaz-1922.29.5, Moskva] — aktyor, rejissyor, teatr arbobi, “talabalar drama studiyasi” (1926 yildan Vaxtangov nomidagi teatr) ning asoschisi va rahbari. O’z ijodida K. Stanislavskiy tizimi va g’oyalarini keng targ’ib qilgan. Moskva badiiy akademik teatri (MXAT)ning 3-studiyasida “to’y” (A. Chexov), “Avliyo Antoniy mo”jizasi” (M. Meterlink), 1-studiyasida “Erik XIV” (YU. Strindberg), “Gabima” yahudiy studiyasida “Gadibuk” (anskiy) kabi spektakllarni sahnalashtirdi. Vaxtangov o’zining so’nggi ishi — “Malikai Turandot” (K. Gossi) spektaklida sahnaviy talqinning yangi qaytarilmas shaklini yaratdi. Vaxtangov rejissyorlik ijodining eng muhim tomoni — teatrning etik va estetik maqsadining mushtarakligidir. O’zbek aktyorlaridan M. Uyg’ur, A. Hidoyatov, Ya. Bobojonov, S. Eshonto’rayeva, H. Islomov va boshqalar. 1924— 27 yillarda Moskva o’zbek drama studiyasida Stanislavskiy tizimi bilan bir qatorda Vaxtangov uslubida ham tarbiya topganlar, ayniqsa, bu ta’sir studiyaning “Malikai Turandot” asarini sahnalashtirishda o’z ifodasini topdi. Vaxtangov uslubining ta’siri Hamza nomidagi akademik drama teatri va boshqa o’zbek teatrlarining 20-yillarning oxiri va 30-yillarning birinchi yarmidagi faoliyatida yaqqol ko’zga tashlangan.