“Vertikal”

“Vertikal” — yer atmosferasining yuqori qatlamlarini o’rganish uchun mo’ljallangan geofizik raketa. “Vertikal”ning asosiy qismi yerga qaytarib tushiriladigan bo’lma va asboblar bo’lmasidan iborat. Ikkala bo’lmaga ham apparatlar joylashtiriladi. Bu apparatlar yordamida quyosh atmosferasidagi hodisalar, Quyoshdan tarqaladigan ultrabinafsha va rentgen nurlarining yer atmosferasiga ta’siri, mikrometeorit moddalarning yer atrofidagi bo’shliqqa tarqalishi, ionosfera va hokazolar o’rganiladi. “Vertikal” yordamida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari “Interkosmos” dasturi bo’yicha o’tkaziladigan tajribalar ma’lumotlarini to’ldiradi. 1970-78 yillar mobaynida 6 ta “Vertikal” uchirilgan.