Vibrafon
Vibrafon (lotincha vibro — tebranaman va Yunoncha phone — tovush) — urma cholg’u asbob, metallofon turi. Tovushlari muayyan balandlikka ega. 20-asr boshida ixtiro qilingan. Fortepiano klavishlariga o’xshash ikki qator joylashgan turli uzunlikdagi metall plastinkalardan iborat. Uchi yumshoq cho’plar bilan chalinadi. Plastinkalar ostida tsilindrsimon rezonatorlar, ular ustida kichik elektr dvigateli yoki prujinali mexanizm aylantiradigan parraklari bo’ladi. Tovushi mayin, ohangdor, tebranma (dirillama) xususiyatga ega. Odatda, estrada, opera, simfonik orkestrlarda ishlatiladi.