Videman

Videman – frans qonuni -qattiq jismlarning elektron issiqlik o’tkazuvchanligi bilan elektr o’tkazuvchanligini bog’lovchi munosabat. 1853 yilda nemis fiziklari G. Videman va R. Frans ochgan. Bir xil temperaturada elektron issiqlik o’tkazuvchanlikning elektr o’tkazuvchanlikka nisbati barcha metallar uchun bir xil. Bu nisbat mutlaq temperatura bilan universal doimiy — Lorents soni (1=2,45-yu-8 vtom/K2) orqali chiziqli to’g’ri mutanosib bog’langan. Videman – frans qonuni xona temperaturasida ko’pgina metallar uchun eksperimental tasdiqlangan. Ammo ba’zi metallar (masalan, berilliy, marganes) uchun bu qonundan chetga chiqishning tabiati noma’lum. Videman – frans qonuni yarimo’tkazgichlarga ham taalluqli, lekin bu holda Lorents soni yuqoridagi qiymatdan farq qiladi.