Versal, Vereai

Versal, Vereai — Frantsiyadagi shahar. Ivelin departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 95 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). 1624— 26 yillarda Lyudovik XSH qurdirgan qasr o’rnida barpo qilingan. 1682— 1789 yillarda Frantsiya qirollarining qarorgohi bo’lgan. 1870-71 yillardagi Frantsiya-Prussiya askarlari Versalni okkupatsiya qilgan. Versalda 1783 yil hamda 1919 yil Versal sulh shartnomasi imzolangan. 2-jahon urushi paytida Versalni nemis qo’shinlari bosib olgan. Keyinchalik ulardan ozod etilgan. Versal muhim temir yo’l tuguni. Mashinasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha harbiy bilim yurtlari joylashgan. Shahardagi ayrim saroylar yaxlit me’moriy ansambl holiga keltirilgan (1661-1708 yillar, klassisizm uslubida). Ulug’vor saroy ulkan Park bilan uzviy bog’langan. Saroyning old tomoni salobatli, ichi hashamatli. Parkda haykallar, fontanlar bor.