Pavlodar

Pavlodar — Qozog’iston Respublikasidagi shahar (1861 yildan), Pavlodar viloyati markazi. Irtishdagi yirik port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 300,5 ming kishi (1999). Pavlodarda ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, traktorsozlik, kemasozlik — kema ta’mirlash va boshqa zavodlar bor. Temir-beton buyumlari kombinatlari, issiqlik elektr markazi (tes) lari mavjud, oziq-ovqat va yengil sanoatlari katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmui rivojlangan. Pavlodar yonidan Irtish — Qarag’anda kanali o’tgan. Yirik aeroport, 2 oliy o’quv yurti, drama teatri, o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzeylari bor. Pavlodarga 1720 yilda asos solingan.