Pashshatog’

Pashshatog’ — Nurota tog’ sistemasining g’arbiy davomi. Eng baland joyi 850 metr. Yon bag’irlari quruq soylar bilan kesilgan. Gersin burmalanishi davrida shakllangan Oqtog’antiklinal strukturasining g’arbiy qismi bo’lib, yangi tektonik harakatlar ta’sirida ko’tarilmoqda. Paleozoy davriga mansub ohaktosh, slaneslardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o’rtacha yog’in 300 mm ga yaqin. Och va oddiy bo’z tuproqlar tarqalgan, efemer, efemeroidlar, shuvoq kabi o’simliklar o’sadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.