Penalti

Penalti (inglizcha penalty — jazolash) — sport atamasi; sport o’yinlarida jarima maydonchasida qoidani buzganlik uchun jazolash. 1891 yil futbolda joriy qilingan (qoidani buzgan jamoaning darvozasiga 11 metrdan to’p tepiladi). Shuningdek, gandbolda (7 metrdan), suv polosida (4 metrdan) ham qo’llaniladi. Xokkey Penaltisi (bullit) o’yinchining maydon markazidan darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi tarzida bajariladi.