Perlit

Perlit, metallshunoslikda — po’lat va cho’yan strukturasining tarkibiy qismi. Ferrit va tsementit aralashmasidan iborat. Issiqlik ishlovchi berilishiga qarab, donachali va plastinkali tuzilishda bo’ladi. Perlit mustahkam va ancha plastik bo’lgani uchun po’lat va cho’yanning asosiy mustahkamlovchi tarkibiy qismi hisoblanadi.