Periskop

Periskop (Yunoncha periskopeo — atrofga qarayman, ko’zdan kechiraman) — bronemashina (tank)lar, suv osti kemalari, pana joylar, transheya va boshqalardan turib kuzatish uchun mo’ljallangan optik asbob. Periskopning piyodalar (okoplar), artilleriyachilar, tankchilar va dengiz qo’shinlariga mo’ljallangan turlari mavjud. Periskop prizmali vaoynali xillarga bo’linadi. Prizmali Periskopning bir oz (1,2—1,5 marta) kattalashtirilganda ko’rish maydoni 40° ni tashkil etadi, ko’proq (5-6 marta) kattalashtirib ko’rsatishida esa ko’rish maydoni kichrayadi. Ba’zi Periskoplar aylanasiga kuzatish imkonini beradi.