Persey

Persey (miloddan avvalgi taxminan 213-166) — Makedoniyaning so’nggi shohi (179— 168). Rimga qarshi urushda (171 — 168), Rimga qarshi koalisiyani tashkil etib va unga bosh bo’lib bir necha g’alabalarga erishgan, lekin, 168 yil Pidne jangida Persey qo’shini yengilgan; asir olingan Persey tutqunlikda halok bo’lgan.