Peseta

Peseta (ispancha peso — vazn, bo’lak) — 1) Ispaniya pul birligi. 1868 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Peseta =100 sentimo. Xalqaro ifodasi ESP. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =188,2 P.; 10p.=36 so’m (2002, Fevral). 2002 yildan yevro muomalaga kiritilishi bilan Peseta muomaladan to’xtatildi; 2) Andorra pul birligi. 1.P.=100 santimo.