Pilla losi, pillaning paxta losi

Pilla losi, pillaning paxta losi — ipak kurti pillaning tashqi yuzasini va asosini hosil qilish uchun ajratib chiqargan va saralashda pilla yuzasidan sidirib olinadigan chigal ipak massasi; Pilla losi xo’jaliklarda, pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularning qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan pilladan va dastadan terib olish davrida hosil bo’ladigan Pilla losi har yilgi mavsumda 100-110 tonnani tashkil qiladi. Tozalangan Pilla losini kanop, jun va paxta tolasi bilan qo’shib yangi turdagi mahsulot olish imkoni yaratilgan.