Qoraqush

Qoraqush— qarg’asimonlar oilasiga mansub parranda. Eng yirik individlari qanotini yozganda 2 metrga yetadi. Qanotining uzunligi 52-64 santimetr. Yerga va qum tepalariga uya quradi. Aprel — iyulda 1-3 ta tuxum qo’yib, 1,5 oycha bosadi. Asosan, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Bolasini boqishda nari va modasi qatnashadi. Jo’jalar uyada 2 oycha bo’lib, so’ngra mustaqil yashashga o’tadi.