Qaroqchitog’

Qaroqchitog’ — Nurota tog’larining Janubiytarmoqlaridan biri. Janubiy sharqdan shimoli g’arbga 40 kilometrga cho’zilgan. Eni 10-15 kilometr. O’rtacha balandligi 700-800 metr, eng baland joyi 1103 metr. Janubiydan Zarafshon daryosi, shimoldan Sangzor — Nurota botig’i bilan chegaradosh. Shimoli g’arbda Oqtov, Janubi Sharqda G’ubdin tog’laridan Zarafshon daryosining o’ng irmoqlari bilan ajralgan. Uning shimoliy g’arbiy qismida Zarafshon daryosining o’ng irmoqlaridan biri Sag’anaq ko’ndalang kesib o’tgan. Yon bag’irlari ko’plab quruq soy va jarliklar bilan kesilgan. Paleozoy davri slanes, qumtoshlaridan tashkil topgan antiklinal strukturadir. Iqlimi kontinental. Bo’z tuproqlarda dasht o’simliklari tarqalgan.