ARILAR
ARILAR, arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kovlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yig’uvchi apparatni hosil qiladi, uzun xartumi esa guldan nektar yig’ishga moslashgan. Arilarga 7 oila, 30 mingdan ko’proq to’r kiradi, O’zbekistonda bir necha yuz turi uchraydi. Ko’pchilik Arilar yakka yashaydi, ulardan faqat ayrim Arilar koloniya hosil qiladi (mas, andrenalar), boshqalari jamoa bo’lib yashaydi. Barcha arisimonlar uya quradi, bolasini nektar va chang aralashmasi bilan boqadi. Arisimonlar orasida uya parazitlari (kakku-ari) uchraydi. Arilar gulli o’simliklarning changlanishida katta ahamiyatga ega.