Qurbongoh

Qurbongoh – osmonning Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi. Ikkita eng yorug’ yulduzi 2,8 va 3,0 vizual yulduz kattaligida. Kuzatish uchun eng qulay davr — iyun va iyul oylari. O’zbekistonda qisman ko’rinadi.