Purpura
Purpura (lotincha purpura — to’q qizil rang), trombositope nik purpura, gemmoragik purpura — gemmorragik diatez guruhiga mansub kasallik. Odam va hayvonlarda ko’p uchraydi. Qonda trombositlarning kamayishi va qon ivishining buzilishidan kelib chiqadi. Purpurada, asosan, teriga qon quyilib, shilliq pardalar qonaydi. Simptomatik (septik endokardit, splenomegaliya, leykoz) va doridan (analgetiklar, sulfanilamidlar) bo’ladigan Purpura ajratiladi.