Veksler (Wechsler) Devid
Veksler (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — Amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York universiteti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi professori. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish bo’yicha mashhur. Intellektni o’lchash Veksler shkalasi, “xotiraning Veksler shkalasi” testlarining muallifi. Birinchi bo’lib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar g’oyasini ilgari surgan. Veksler “yolg’onni aniqlash detektori” moslamasidan birini taklif etgan. Asosiy ishlari intellekt nazariyalari, dinamikasiga, katta yoshdagilarda intellect va xotiraning yoshga ko’ra o’zgarishi kabi masalalarga bag’ishlangan.