Xalifalik
Xalifalik — 7-8-asrlarda Arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharq, shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan davlat. Ibn Xaldutning yozishicha, “johiliya arablari” faqat diniy sifatdagi (payg’ambarlik, valiylik, kohinlik va hokazolar) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so’ng (622 yil) Madinada barpo bo’lgan va 630-632 yillarda butun Arabiston yarim orolini o’z ichiga olgan tuzum Islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig’i — Rasululloh — Allohttg elchisi, ammo u abadiy emasligi payg’ambarning o’zi tomonidan qaytaqayta ta’kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) — payg’ambarlarning oxirgisi (Xotam ulanbiyo). Birinchi bo’lib bu haqiqat Payg’ambar (sav) tomonidan anglandi. “Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o’ttiz yil, so’ngra amirlik (podsholik) dir”, degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat, Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg’ambar vafotidan so’ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatiga ega bo’lmagan va bunga da’vo ham qilmagan xalifalar kelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor — Amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar — muhojirlar va ansorlar o’rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar edi. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh — Alloh elchisining o’rinbosari bo’lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va hokazolar) bo’linishi va ularning, asosan, muhojirlar o’rtasida taqsimlanishi yuz bergan. Bu jarayon, ya’ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo’qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa — Abu Bakr Siddiq (632— 634), Umar ibn Xattab (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan. Ular “alxulafo arroshidun” (to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar. Ali ibn Abu Tolib vafotidan so’ng davlatni boshqargan Umaviy xalifalar (661-750) Arab tarixiy adabiyotida “diniy tarbiyadan umuman yiroq” shaxslar sifatida tavsiflanadilar. Xalifalar rasman diniy va dunyoviy yagonalikni mujassam etgan bo’lsalarda, lekin amalda jamiyatning diniy hayotiga ta’sir ko’rsatmasdilar. Diniy arboblar (muhaddislar, qorilar, mufassirlar, faqixdar) qatlami vujudga kelganki, endi diniy masalalar bo’yicha jamoatchilik fikrini xalifalar emas, balki aynan o’sha arboblar shakllantiradigan bo’lganlar. 750 yilda Abbosiylar xalifaliga boshlangan. Umaviylardan farkli o’laroq abbosiylar o’z ismlariga Alloh so’zini ko’shib martabali laqablar oldilar, shu yo’l bilan o’z hokimiyatlariga teokratik tus berishga uringanlar. Lekin amalda ularning ko’pchiligi qo’g’irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavmlar boshliqlari (Masalan, Mahmud G’aznaviy), saljuqlar sultoni To’g’rulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya’a (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. 9-asrdan e’tiboran Abbosiylar xalifaligi parchalana boshlagan. Ispaniyada Kordova, Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaliginiit vujudga kelishi xalifalik yakkayu yagona bo’lishi kerak degan tushunchaga yana bir bor zarba bergan. 12-asrda Turk sulolalari zaiflashib, Bag’dod xalifaligi qisqa muddatga o’z qudratini qayta tiklagan edi hamki, mo’g’ullarning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258 yil Huloku oxirgi Bagdod xalifasi alMusta’simni qatl qilgan. Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi mo’g’ullar tomonidan yo’q qilindi. Ammo 1261 yil Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bag’dod xalifasining amakisi almustansir, so’ng yana bir vakil alhakim I ni Qohiraga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan Abbosiylarga mansub ekanini o’z vaqgida akademik V.V. Bartold qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday bo’lganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517 yil Usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi. Oxirgi xalifa al-Mutavakkil III ni Usmonli turk sultoni Salim I Istanbulga ko’chirgan va uning avlodlari Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk tomonidan dastlab sultonlik (1922 yil), so’ng xalifalik (1924 yil) bekor qilinguniga qadar yashaganlar. Demak, Xalifalik Islom teokratik davlati tarixda bir marta tuzilgan va Muhammad paygambar shaxsi bilan bevosita bog’liq. Hozir nafaqat Islom, balki boshqa har qanday dinga asoslangan teokratik davlat tuzish samarasiz va befoydadir, zero 20-asrning yirik tarixchisi A. Toynbi ta’biri bilan aytganda, cherkov zamin muammolarini zamin vositalari orqali hal qilishga qodir emas. Bizning ko’z o’ngimizda “Tolibon” Islom dinini niqob qilib olib, teokratik davlat tuzishga urinib ko’rdi. Hozirgi paytda “Hizb uttahrir alislomiy” partiyasi xalifalik shaklidagi yagona Musulmon davlatini tashkil etishni o’z ol-diga maqsad qilib qo’ygan. Ammo uning bu xattiharakatlari batamom asossiz, g’ayriqonuniy va Islom shariatiga ziddir. Qur’oni karimda Xalifalikni barpo qilish bo’yicha buyruq berilmagan, qat’iy dalil ham mavjud emas. Ahadjon Hasanov.