Xudoyberdiyev Raxim Egamberdiyevich
Xudoyberdiyev Raxim Egamberdiyevich (1922.1.1— Toshkent — 2003.17.3) — anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971); tibbiyot fanlari doktori (1957), professor (1958). Toshti ni tugatgach (1943), shu institut anatomiya kafedrasida aspirant (1943— 46), assistent (1946— 50), dotsent (195057). 1960 yildan ToshTi anatomiya kafedrasi mudiri, Pediatriya (1960-71), stomatologiya fakultetlari (1971-73) dekani. Ilmiy ishlari turli a’zolarning kon bilan ta’minlanishi va qon tomirlar jarohatlanganda yangi qon aylanish yo’llari hosil bo’lishiga oid. As: Plastichnost venoznogo rusla v usloviyax ostroy travmi osnovnix venoznix Magistraley konechnosti, T., 1974; odam anatomiyasi, 2nashr, T., 1975.