ARIXO’RLAR

ARIXO’RLAR (Pernis) — yirtqich qushlar turkumining qarchig’aysimonlar oilasiga mansub urug’ning nomi. Ularning ikki turi bulib, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Arixo’rlar qishlash uchun Afrika va Osiyoning Janubga uchib ketadi. O’zbekistonda bitta turi har zamonda (bahor yoki kuzda) uchrab qoladi. Arixo’rlar baland daraxtli o’rmonlarda yashaydi. Uyasini daraxtlarga quradi. Ba’zan ikkita tuxum qo’yadi va tuxumini urg’ochisi bosadi. Jo’jalarini boqishda erkagi ham yordamlashadi. Bu qush ari, qovoqari, asalari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. Ana shu hasharotlar tarqalgan joylarda uchraydi.