Mehnat predmeti

Mehnat predmeti – kishi mehnati sarflanadigan ob’yekt. Shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moliga yaroqli shaklga keltirish uchun predmetlar qayta ishlanadi. Masalan, kalava tayyorlashda paxta, kanop, jun yoki gazlama to’qishda kalava, temir tayyorlashda temir rudasi, mashinalar tayyorlashda temir Mehnat predmeti hisoblanadi.